QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят30

وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ وُقِفُوا۟ عَلَىٰ رَبِّهِمْ ۚ قَالَ أَلَيْسَ هَـٰذَا بِٱلْحَقِّ ۚ قَالُوا۟ بَلَىٰ وَرَبِّنَا ۚ قَالَ فَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning huzurida to`xtatilganlarida, U: «Mana shu haq emasmi?!» – deganida, «Robbimizga qasamki, haqdir», deganlarini, U: «Bas, kufr keltirganingiz uchun azobini cheking», deyishini ko`rsang edi.Аллоҳнинг ҳузурида тўхтатилганларида, У: «Мана шу ҳақ эмасми?!» – деганида, «Роббимизга қасамки, ҳақдир», деганларини, У: «Бас, куфр келтирганингиз учун азобини чекинг», дейишини кўрсанг эди.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Siz ularni Parvardigorlari huzurida turgʻazib qoʻyilgan paytlarida, Alloh: «Mana shu tirilish haq emasmi?!», deganida, ular: «Parvardigorimizga qasamki, haq ekan», deganlarini, Alloh esa: «Mana endi kofir boʻlib oʻtganingiz sababli azobni totib koʻringiz!», deb javob qilganini koʻrsangiz edi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Сиз уларни Парвардигорлари ҳузурида турғазиб қўйилган пайтларида, Аллоҳ: «Мана шу тирилиш ҳақ эмасми?!», деганида, улар: «Парвардигоримизга қасамки, ҳақ экан», деганларини, Аллоҳ эса: «Мана энди кофир бўлиб ўтганингиз сабабли азобни тотиб кўрингиз!», деб жавоб қилганини кўрсангиз эди.

131-sahifa · 7-juz · 13-hizb131-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْva agarва агарتَرَىٰٓkoʻrsang ediкўрсанг эдиإِذْoʻshandaўшандаوُقِفُوا۟toʻxtatilganlaridaтўхтатилганларидаعَلَىٰhuzuridaҳузуридаرَبِّهِمْ ۚRobbilariРоббилариقَالَU dediУ дедиأَلَيْسَemasmiэмасмиهَـٰذَاmana shuмана шуبِٱلْحَقِّ ۚhaqҳақقَالُوا۟dedilarдедиларبَلَىٰha, haqdirҳа, ҳақдирوَرَبِّنَا ۚRobbimizga qasamkiРоббимизга қасамкиقَالَU dediУ дедиفَذُوقُوا۟bas, chekingбас, чекингٱلْعَذَابَazobniазобниبِمَاuchunучунكُنتُمْsiz edingizсиз эдингизتَكْفُرُونَkufr keltirar edingizкуфр келтирар эдингиз
TafsirТафсир

Bu dunyoda oʻzlarini magʻrur tutib, biz qayta tiriltirilmaymiz, deyayotganlar, qiyomat boʻlib, hamma narsa oʻz oʻrniga tushganda, xoru zor boʻladilar. Ular Allohning huzurida xaloyiqning koʻzi oʻngida sharmandalarcha toʻxtatiladilar. Shunda Alloh taolo:

«Mana shu haq emasmi?» – deydi.

Yaʼni, mana shu tiriltirish haq emasmi?–deb ulardan soʻraydi. Ana oʻsha paytda ularning holini koʻrsang edi. Oʻzlarini xoru zor tutib, Robbimizga qasamki, haqdir, deyishlarini, biroq ularning bu xoru zorligi, bu qasamlari foyda bermasligini koʻrsang edi. Alloh taolo soʻnggi hukmini chiqarib:

«Bas, kufr keltirganingiz uchun azobini cheking», degach, ularning holi nechuk boʻlganini koʻrsang edi.