QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят31

قَدْ خَسِرَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِلِقَآءِ ٱللَّهِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَتْهُمُ ٱلسَّاعَةُ بَغْتَةً قَالُوا۟ يَـٰحَسْرَتَنَا عَلَىٰ مَا فَرَّطْنَا فِيهَا وَهُمْ يَحْمِلُونَ أَوْزَارَهُمْ عَلَىٰ ظُهُورِهِمْ ۚ أَلَا سَآءَ مَا يَزِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga ro`baro` bo`lishni yolg`on deganlar, shubhasiz, ziyonga uchradilar. Hattoki, to`satdan qiyomat kelib qolganda, ustlariga gunohlarini orqalab olgan hollarida: «U(dunyo)da qilgan kamchiliklarimizga hasrat-nadomatlar bo`lsin», derlar. Ular orqalagan narsa qanday yomon-a!Аллоҳга рўбарў бўлишни ёлғон деганлар, шубҳасиз, зиёнга учрадилар. Ҳаттоки, тўсатдан қиёмат келиб қолганда, устларига гуноҳларини орқалаб олган ҳолларида: «У(дунё)да қилган камчиликларимизга ҳасрат-надоматлар бўлсин», дерлар. Улар орқалаган нарса қандай ёмон-а!Alauddin Mansour: To toʻsatdan Qiyomat kelib qolganda, ustlariga gunohlarini orqalab olgan hollarida: «U (dunyo)da qilgan sustkashligimizga hasrat-nadomatlar boʻlgʻay», deb qoladigan paytlarigacha Allohga roʻbaroʻ boʻlishni yolgʻon deb yurgan kimsalar oʻzlariga ziyon qiladilar. Ular naqadar yomon narsani orqalab yuradilar-a!То тўсатдан Қиёмат келиб қолганда, устларига гуноҳларини орқалаб олган ҳолларида: «У (дунё)да қилган сусткашлигимизга ҳасрат-надоматлар бўлғай», деб қоладиган пайтларигача Аллоҳга рўбарў бўлишни ёлғон деб юрган кимсалар ўзларига зиён қиладилар. Улар нақадар ёмон нарсани орқалаб юрадилар-а!

131-sahifa · 7-juz · 13-hizb131-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَدْshubhasizшубҳасизخَسِرَziyonga uchradilarзиёнга учрадиларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларكَذَّبُوا۟yolgʻon deganlarёлғон деганларبِلِقَآءِroʻbaroʻ boʻlishniрўбарў бўлишниٱللَّهِ ۖAllohgaАллоҳгаحَتَّىٰٓtoтоإِذَاqachonkiқачонкиجَآءَتْهُمُularga kelgandaуларга келгандаٱلسَّاعَةُqiyomatқиёматبَغْتَةًۭtoʻsatdanтўсатданقَالُوا۟deydilarдейдиларيَـٰحَسْرَتَنَاhasrat-nadomatlar boʻlsinҳасрат-надоматлар бўлсинعَلَىٰ-ga-гаمَاnarsagaнарсагаفَرَّطْنَاkamchilikka yoʻl qoʻydikкамчиликка йўл қўйдикفِيهَاunda (dunyoda)унда (дунёда)وَهُمْva ularва уларيَحْمِلُونَorqalab olurlarорқалаб олурларأَوْزَارَهُمْgunohlariniгуноҳлариниعَلَىٰustigaустигаظُهُورِهِمْ ۚorqalarigaорқаларигаأَلَاogoh boʻlingогоҳ бўлингسَآءَqanday yomonқандай ёмонمَاnarsaнарсаيَزِرُونَular orqalaganулар орқалаган
TafsirТафсир

Allohga roʻbaroʻ kelish qiyomatda roʻy beradi. Qiyomatni yolgʻon deganlar, unga ishonmaganlar Allohga roʻbaroʻ boʻlishni yolgʻonga chiqargan boʻladilar. Bu esa, bu dunyoyu u dunyoda ularning oʻziga katta ziyon yetkazadi.

«Allohga roʻbaroʻ boʻlishni yolgʻon deganlar, shubhasiz, ziyonga uchradilar».

Oyatning asosiy maqsadi oxiratda yetadigan ziyonni vasf qilishdir. Ularning holi kishilar ongiga kuchli taʼsir etadigan uslubda, badiiy boʻyoqlar bilan taʼrif etilmoqda. Goʻyo gunohlar zil ogʻir bir jismdir-u, gunohkor uni orqasida koʻtarib yurishi kerak.

«Qachonki, toʻsatdan qiyomat kelib qolganda, ustlariga gunohlarini orqalab olgan hollarida...»

Qiyomat toʻsatdan qoim boʻldi. Unda boʻlishi lozim boʻlgan hamma hodisalar yuzaga chiqdi. Barcha odamlar mahshar maydoniga toʻplanmoqdalar. Hamma bu dunyoda qilgan amaliga muvofiq turli holatda. Qiyomat kunini va Allohga roʻbaroʻ kelishni yolgʻon deganlar gunohlarini orqalagan hollarida kelmoqdalar. Aftidan, ular bu holga tushishlarini kutmaganga oʻxshaydilar. Boshlariga tushgan koʻrgulik bois u dunyoda qilgan amallariga afsus-nadomat chekmoqdalar. Gunohlarini orqalagan holda jim ketmasdan:

«U(dunyo)da qilgan kamchiliklarimizga hasrat-nidomatlar boʻlsin», deb soʻzlab bormoqdalar.

Ular bu dahshatli kunda orqalab ketayotgan narsa nima? Odatda, jamoatlar toʻplanadigan joylarga odamlar sovgʻa-salomlar, koʻz va dilni quvontiradigan goʻzal narsalar olib borar edilar. Ammo bu osiylar foniy dunyoda qilgan gunohlarini orqalab ketmoqdalar:

«Ular orqalagan narsa qanday yomon-a!».

Mashhur mufassirlardan as-Suddiy bu oyati karimani quyidagicha tushuntirganlar: «Har bir zolim qabrga kirganda, albatta, uning oldiga badbashara, qora rangli, sassiq hidli va iflos kiyimli bir kimsa keladi. Qabrda ikkovlari yolgʻiz qoladi. Shunda zolim:

«Buncha ham badbasharasan?»–deb soʻraydi.

«Sening amallaring ham badbashara edi»,–deydi boyagi irkit odam.

«Muncha ham hiding sassiq?»–deydi zolim.

«Sening amallaring ham shunga oʻxshash sassiq edi»,–deydi u.

«Kiyimlaring buncha iflos?»–deydi zolim.

«Sening amallaring ham shunga oʻxshash iflos edi»,–deydi u.

«Sen kimsan?»–deb soʻraydi zolim.

«Qilgan amalingman»,–deb javob beradi u va birgalikda qabrda qoladi. Qiyomat kuni zolim qayta tiriltirilganda amali unga:

«Men seni u dunyoda lazzat va shahvatlar bilan koʻtarib yurgan edim. Endi bugun sen meni koʻtarasan»,–deydi va ortiga minib oladi. Soʻng, uni haydab doʻzaxga olib boradi».

Ushbu oyatdan va uning tafsirida aytilgan hikmatlardan «Yoshligingda oʻynab qol, gunoh nima qiladi» degan shior ila yallo qilib yurgan kofiru mushriklar ogoh boʻlishlari kerak.

Qiyomat kunini, Allohga roʻbaroʻ boʻlishni inkor etish ham, asosan, yuqoridagiga oʻxshash bemaʼni shiorlarga mukkasidan ketishdan kelib chiqqan boʻlsa, ajab emas. Qiyomatga ishonmaslik ikki dunyo uchun ham koni ziyon boʻlganidan, Islom dinida unga iymon keltirish aqiydaning asosiy rukni deb tayin etilgan. Qiyomatga iymoni yoʻq odam, agar boshqa barcha zaruriy aqiydalarni oʻrniga qoʻysa ham, moʻmin-musulmon boʻla olmaydi.

Insonlarning qiyomatga nisbatan iymoni, qayta tirilish, hisob- kitob, mukofot va jazoga nisbatan ishonchi tufayli hayot, odob-axloq, yaxshilik-yomonlik va boshqa hodisalarga munosabati shakllanadi.

Qiyomatga iymoni yoʻq kofirlar, hayot faqat bu dunyo hayotidan iborat, qayta tirilish yoʻq, degan tasavvur asosida yashaydilar. Ular eslari kirib, to qarib hech bir narsaga yaramay qolgunlarigacha kechgan arzimagan vaqtni hayot deb tushunadilar. Ularning tasavvuri yerdagi hayotga mustahkam yopishib qolgan. Tasavvurlaridagi besh kunlik hayotda koʻproq maza qilib olishga harakat qiladilar. Ular tafakkur ufqi doiralari juda ham tor kishilardir. Ularning hayoti ham oʻsha tasavvurlariga mos nihoyatda tor. Umrlari vaqt nuqtai nazaridan, bir kishining hayotiga teng keladi yoxud kelmaydi. Makon jihatidan oʻzlari yashagan jamiyatdan tashqariga chiqa olmaydilar. Muomala jihatidan esa, qisqa muddatda, tor maʼnoda koʻrganlari bilan boʻladi, xolos. Shuning uchun ham, oʻz maqsadlariga erishish–maza qilib qolish uchun barcha qabihlikni kiprik qoqmay qila beradilar. Qiyomatga, u dunyoga, qayta tirilishga, hisob-kitobga ishonmaganlaridan keyin, ulardan boshqacha tasavvurni kutib ham boʻlmaydi.

Qiyomat kuniga, qayta tirilish, hisob-kitob, mukofot va jazoga iymon keltirgan moʻmin-musulmon tasavvurida esa, hayot tamoman boshqacha boʻladi. U, hayotni faqat bu dunyo hayoti deb emas, balki, ham bu dunyo, ham u dunyo hayotidan iborat deb, tushunadi. Uning eʼtiqodi boʻyicha, hayot besh kunlik emas, bir kishining umriga, bir qavmning umriga yoki bu dunyoning muddatiga teng emas, ushbu qisqa vaqt bilan chegaralanib qolmaydi. Balki, uning nazarida, dunyoviy hayot muddati uxroviy hayot muddati oldida besh kunlik boʻlib qoladi. U dunyo hayotini zamon chegaralay olmaydi. Qiyomatga, oxiratga iymoni borligi uchun uning tafakkur ufqi doirasi juda keng boʻladi.

Musulmon inson tasavvurida hayot makon jihatidan ham cheksizdir.

Uning hayoti faqat yer kurrasi doirasi bilan chegaralanib qolmaydi. Balki, bu koinotdan oʻtib, kengligi osmonlaru yerga teng boʻlgan jannatda haqiqiy boqiy hayot kechirishiga ishonadi.

Moʻmin insonning hayotiy munosabatlari atrofidagi shaxslar bilangina chegaralanib qolmaydi. U, Alloh taolo, farishtalar, barcha oʻtgan musulmon ummatlar, kelajak moʻminlar va jannatdagilar bilan aloqador boʻladi. Shuning uchun ham, musulmon hayotini doimo yaxshiliklar bilan toʻkis etishga harakat qiladi.

Islomda, boshqa botil dinlardagi kabi, jannat hayotini koʻzlab, bu dunyoni azob-uqubatda oʻtkazish kerak, degan tushuncha ham yoʻq. Balki, u dunyoda yaxshi holatlarga erishish uchun bu dunyoni yaxshi oʻtkazish moʻminga shart qilib qoʻyiladi. Qurʼoni Karimning aksar oyati karimalarida: «Bu dunyodagi nasibangni unutma»,–deyiladi. Islomda bu dunyo oxiratning ekinzoriga oʻxshatilishi bejiz emas. Bu dunyodagi ekinzorga kim ezgulik urugʻini qadasa, yaxshilab parvarish qilsa, u dunyoda yaxshi hosil oladi. Binobarin, inson bu dunyoda faqat yaxshi amallarni qilmogʻi, yer yuzida iymon, Islom, adolat hukm surishi uchun, zulm, istibdod va yomonlikka qarshi kurashmogʻi lozim. Ana shundagina oxirat hayotidan–jannatdan umidvor boʻlsa boʻladi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadisi shariflaridan birida: «Agar biringizga qiyomatning xabari kelsa, qoʻlida koʻchat turgan boʻlsa, uni ekib qoʻysin»,–deganlar. Islomda bu dunyoning obodligiga shu darajada eʼtibor bilan qaraladi. Islom ruhini tushunmaydigan baʼzi bir shaxslar yoki avlodlar tasavvuriga qarab, butun boshli ilohiy dinga nisbatan hukm chiqaravermaslik kerak. Shu bilan birga, inson nafsi bu dunyoga doimo qiziqib turishi eʼtiboridan Qurʼoni Karim muvozanatni saqlash uchun koʻproq zuhd va taqvoga chaqirib, dunyo hayotiga ortiqcha berilmaslikka daʼvat etib turadi: