وَمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا لَعِبٌ وَلَهْوٌ ۖ وَلَلدَّارُ ٱلْـَٔاخِرَةُ خَيْرٌ لِّلَّذِينَ يَتَّقُونَ ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu dunyo hayoti o`yin-kulgudan o`zga hech narsa emas. Taqvo qiluvchilar uchun oxirat hovlisi yaxshiroqdir. Aql yuritmaysizlarmi?Бу дунё ҳаёти ўйин-кулгудан ўзга ҳеч нарса эмас. Тақво қилувчилар учун охират ҳовлиси яхшироқдир. Ақл юритмайсизларми?Alauddin Mansour: Bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) oʻyin-kulgidir, xolos. Albatta, Allohdan qoʻrqadigan kishilar uchun Oxirat diyori yaxshiroqdir. Aql yurgazmaysizlarmi?!Бу ҳаёти дунё фақат (бир нафаслик) ўйин-кулгидир, холос. Албатта, Аллоҳдан қўрқадиган кишилар учун Охират диёри яхшироқдир. Ақл юргазмайсизларми?!
Dunyo va oxirat ilohiy mezon bilan oʻlchanyapti. Allohning eʼtiborida bu dunyo hech narsaga arzimaydi va u dunyoga solishtirganda hech narsaga aylanib qoladi.
Oxiratni oʻylamay, bu dunyoning tashvishi ila oʻtadiganlar uchun:
«Bu dunyo hayoti oʻyin-kulgudan oʻzga hech narsa emas».
Ular ushbu besh kunlik dunyo hayotini ayshu ishrat, hoyi-havas va oʻyin-kulgu bilan oʻtkazish payidan boʻladilar. Chunki, oxiratdan umidlari yoʻq. Unga ishonmaydilar. Aslini olganda esa,
«Taqvo qiluvchilar uchun oxirat hovlisi yaxshiroqdir».
Taqvo qiluvchilar uchun bu dunyo hovlisi ham yaxshi, lekin u dunyo hovlisi ular uchun bu dunyonikidan yaxshiroqdir. Taqvodorlar bu dunyoda Alloh taologa taqvo qilib, halol, pok yashaganlari uchun betavfiqlar duchor boʻlgan muammolardan xoli, shirin turmush kechiradilar. Ammo u dunyoda ularga beriladigan jannat neʼmatlari vasfiga til ojizdir. U dunyoda taqvodorlar uchun beriladigan maqom va huzurlar eng yaxshi narsalardir. Bas, shundoq ekan,
«Aql yuritmaysizlarmi?»
Ey insonlar!
Keyingi keladigan oyatlarda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga tasalli berilib, mushrik-kofirlar tomonidan yetayotgan ranju ozorlarga sabr qilishga daʼvat bor: