قَدْ نَعْلَمُ إِنَّهُۥ لَيَحْزُنُكَ ٱلَّذِى يَقُولُونَ ۖ فَإِنَّهُمْ لَا يُكَذِّبُونَكَ وَلَـٰكِنَّ ٱلظَّـٰلِمِينَ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ يَجْحَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Seni, albatta, ularning aytayotganlari xafa qilishini yaxshi bilamiz. Ular seni yolg`onchiga chiqarayotganlari yo`q, balki zolimlar Allohning oyatlarini inkor qilmoqdalar.Сени, албатта, уларнинг айтаётганлари хафа қилишини яхши биламиз. Улар сени ёлғончига чиқараётганлари йўқ, балки золимлар Аллоҳнинг оятларини инкор қилмоқдалар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ularning gaplari sizni mahzun qilishini bilurmiz. Zotan, ular sizni yolgʻonchi qilmaydilar, balki bu zolimlar Allohning oyatlarini inkor qiladilar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), уларнинг гаплари сизни маҳзун қилишини билурмиз. Зотан, улар сизни ёлғончи қилмайдилар, балки бу золимлар Аллоҳнинг оятларини инкор қиладилар.
Har bir narsadan ogoh boʻlgan Alloh taolo Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga mushriklarning tazyiqlari, Islom va Qurʼonga qarshi fitnalari qanchalik ogʻir taʼsir qilishini juda yaxshi biladi. Shuning uchun ham, habibiga tasalli berib, ushbu oyatlarni nozil qilmoqda. Alloh taolo:
«Seni, albatta, ularning aytayotganlari xafa qilishini yaxshi bilamiz. Ular seni yolgʻonchiga chiqarayotganlari yoʻq»,–demoqda.
Haqiqatan ham, Makka mushriklari hech qachon, Muhammad yolgʻonchi degan emaslar. Ular bu zotning bir ogʻiz ham yolgʻon soʻzlamaganlarini eʼtirof etar, ammo izzat-obroʻlaridan ayrilib qolishdan qoʻrqib, hasad qilib, Islomga kirishdan boʻyin tovlashar, Allohning oyatlarini inkor etishar edi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam bu inkorlari sababini ularning shaxslaridagi nuqsondan deb, oʻylamasliklari kerak.
«...balki zolimlar Allohning oyatlarini inkor qilmoqdalar».
Mushriklarning Islom diniga boʻlgan munosabatlari fitratlaridagi buzuqlikdandir. Ushbu haqiqatni ularning oʻtmishdagi qilmishlaridan bilib olsa ham boʻladi.