QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят34

وَلَقَدْ كُذِّبَتْ رُسُلٌ مِّن قَبْلِكَ فَصَبَرُوا۟ عَلَىٰ مَا كُذِّبُوا۟ وَأُوذُوا۟ حَتَّىٰٓ أَتَىٰهُمْ نَصْرُنَا ۚ وَلَا مُبَدِّلَ لِكَلِمَـٰتِ ٱللَّهِ ۚ وَلَقَدْ جَآءَكَ مِن نَّبَإِى۟ ٱلْمُرْسَلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sendan oldin ham Payg`ambarlar yolg`onchiga chiqarilganlar. Bas, ular to nusrat kelguncha yolg`onchiga chiqarilganlariga va berilgan ozorlarga sabr qilganlar. Allohning so`zlarini o`zgartiruvchi yo`q. Batahqiq, senga Payg`ambarlarning xabari kelgan.Сендан олдин ҳам Пайғамбарлар ёлғончига чиқарилганлар. Бас, улар то нусрат келгунча ёлғончига чиқарилганларига ва берилган озорларга сабр қилганлар. Аллоҳнинг сўзларини ўзгартирувчи йўқ. Батаҳқиқ, сенга Пайғамбарларнинг хабари келган.Alauddin Mansour: Maʼlumki, sizdan avvalgi paygʻambarlar ham yolgʻonchi qilinganlar. Bas, to ularga Bizning yordamimiz kelgunicha yolgʻonchi qilinganlari va ozorlanganlariga sabr qilganlar. Allohning ?»Paygʻambarlarimni Oʻzim qoʻllagayman», degan) soʻzlarini oʻzgartira olguvchi biron kimsa yoʻqdir. Axir sizga (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), oʻtgan paygʻambarlarning ayrim xabarlari kelgan-ku!Маълумки, сиздан аввалги пайғамбарлар ҳам ёлғончи қилинганлар. Бас, то уларга Бизнинг ёрдамимиз келгунича ёлғончи қилинганлари ва озорланганларига сабр қилганлар. Аллоҳнинг ?»Пайғамбарларимни Ўзим қўллагайман», деган) сўзларини ўзгартира олгувчи бирон кимса йўқдир. Ахир сизга (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ўтган пайғамбарларнинг айрим хабарлари келган-ку!

131-sahifa · 7-juz · 13-hizb131-саҳифа · 7-жуз · 13-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқكُذِّبَتْyolgʻonchiga chiqarilganlarёлғончига чиқарилганларرُسُلٌۭPaygʻambarlarПайғамбарларمِّن-dan-данقَبْلِكَsendan oldinсендан олдинفَصَبَرُوا۟bas, sabr qilganlarбас, сабр қилганларعَلَىٰ-ga-гаمَاnarsagaнарсагаكُذِّبُوا۟yolgʻonchiga chiqarilganlarigaёлғончига чиқарилганларигаوَأُوذُوا۟va ozor berilganlarigaва озор берилганларигаحَتَّىٰٓtoтоأَتَىٰهُمْularga kelgunchaуларга келгунчаنَصْرُنَا ۚBizning nusratimizБизнинг нусратимизوَلَاva yoʻqва йўқمُبَدِّلَoʻzgartiruvchiўзгартирувчиلِكَلِمَـٰتِsoʻzlariniсўзлариниٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингوَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқجَآءَكَsenga kelganсенга келганمِن-dan-данنَّبَإِى۟xabariхабариٱلْمُرْسَلِينَPaygʻambarlarningПайғамбарларнинг
TafsirТафсир

Allohning yoʻliga daʼvat qiluvchilarga doimo oson boʻlmagan. Mushrik-kofirlardan ozor topayotgan, ularning igʻvo-boʻhtonlariga uchrayotgan bitta sen emassan.

«Sendan oldin ham Paygʻambarlar yolgʻonchiga chiqarilganlar».

Sendan oldingi Paygʻambarlarning barchasi ham, sen kabi, mushrik-kofirlar tomonidan haqoratlanganlar: seni sehrgar deyishgan boʻlsa, ular yolgʻonchiga chiqarilganlar. Allohning yoʻliga daʼvat qiluvchilarning saflari bir. Safning avvali nimaga uchrasa, oxiri ham shunga duch keladi. Lekin sabr qilish kerak. Sabr bilan maqsadga erishiladi. Oʻtgan Paygʻambarlar, daʼvatchilar ham sabr bilan maqsadga erishganlar. Ishonch komil boʻlsinki, albatta, nusrat iymon tomonida boʻladi. Ertami-kechmi, Allohning yoʻlida yurganlar nusrat topadilar. Oʻtgan Paygʻambarlar ham:

«Bas, ular to nusrat kelguncha yolgʻonchiga chiqarilganlariga va berilgan ozorlarga sabr qilganlar».

Bu soʻzlar–haq soʻzlar. Alloh Paygʻambariga va u kishining merosxoʻrlari boʻlmish daʼvatchilariga aytayotgan bashorat soʻzlar.

«Allohning soʻzlarini oʻzgartiruvchi yoʻq».

Doimo Allohning diniga xizmat qiluvchilar gʻolib chiqadi. Mushriku kofirlar magʻlub boʻladilar. Moʻminlarga–Paygʻambarlar va ularga ergashganlarga gʻalaba har turli holda yetishi, baʼzida ertaroq, baʼzan ayni kutilgan paytda, goho kechroq kelishi mumkin. Ammo, albatta, keladi. Bu haqiqat Paygʻambarlarning xabarlaridan ravshan boʻladi:

«Batahqiq, senga Paygʻambarlarning xabari kelgan».

Ularni sen yaxshi bilasan. Bas, ulardan ibrat va oʻrnak olish kerak.