وَأَنذِرْ بِهِ ٱلَّذِينَ يَخَافُونَ أَن يُحْشَرُوٓا۟ إِلَىٰ رَبِّهِمْ ۙ لَيْسَ لَهُم مِّن دُونِهِۦ وَلِىٌّ وَلَا شَفِيعٌ لَّعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U bilan Robbilariga to`planishdan qo`rqadiganlarni ogohlantir. Ularga undan o`zga valiy ham, shafoatchi ham yo`q. Shoyadki, taqvodor bo`lsalar.У билан Роббиларига тўпланишдан қўрқадиганларни огоҳлантир. Уларга ундан ўзга валий ҳам, шафоатчи ҳам йўқ. Шоядки, тақводор бўлсалар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), bu (Qurʼon) bilan oʻzlari uchun Allohdan oʻzga na bir doʻst va na bir oqlovchi boʻlmagan holda Parvardigorlari dargohida toʻplanishdan qoʻrqadigan zotlarni qoʻrqiting! Shoyad ular (Allohdan) qoʻrqsalar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), бу (Қуръон) билан ўзлари учун Аллоҳдан ўзга на бир дўст ва на бир оқловчи бўлмаган ҳолда Парвардигорлари даргоҳида тўпланишдан қўрқадиган зотларни қўрқитинг! Шояд улар (Аллоҳдан) қўрқсалар.
Qiyomat kunidan qoʻrqadiganlar–Robbilari huzurida toʻplanishdan qoʻrqadiganlardir.
«U bilan Robbilariga toʻplanishdan qoʻrqadiganlarni ogohlantir».
Qurʼoni Karim bilan qiyomat kunida Robbilari oldida toʻplanishdan qoʻrqadiganlarni ogohlantir. Sening ogohlantirishingni oʻshalar ixlos bilan tinglaydilar va undan foyda oladilar. Chunki, qiyomat kunida:
«Ularga undan oʻzga valiy ham, shafoatchi ham yoʻq».
Ha, oʻzlari ularga Allohdan oʻzga valiy ham, shafoatchi ham boʻlmasligini yaxshi biladilar.
«Shoyadki, taqvodor boʻlsalar».
Shoyadki, ular bu ogohlantirishingdan manfaat olib, haq yoʻlini qattiq ushlab, taqvodor boʻlsalar.
Yuqoridagi oyati karimalarda Oʻz Paygʻambariga mushrik-kofirlar bilan qandoq muomala qilishni oʻrgatib boʻlgan Alloh taolo endi keladigan oyati karimalarda moʻmin-musulmonlar bilan qandoq muomalada boʻlishni bayon etadi.