QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят52

وَلَا تَطْرُدِ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ رَبَّهُم بِٱلْغَدَوٰةِ وَٱلْعَشِىِّ يُرِيدُونَ وَجْهَهُۥ ۖ مَا عَلَيْكَ مِنْ حِسَابِهِم مِّن شَىْءٍ وَمَا مِنْ حِسَابِكَ عَلَيْهِم مِّن شَىْءٍ فَتَطْرُدَهُمْ فَتَكُونَ مِنَ ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ertayu kech Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlarni haydama! Ularning hisobidan sening zimmangda hech narsa yo`q. Sening hisobingdan ularning zimmasida hech narsa yo`q. Ularni haydab, zolimlardan bo`lib qolma.Эртаю кеч Роббиларига Унинг юзини ирода қилиб дуо этаётганларни ҳайдама! Уларнинг ҳисобидан сенинг зиммангда ҳеч нарса йўқ. Сенинг ҳисобингдан уларнинг зиммасида ҳеч нарса йўқ. Уларни ҳайдаб, золимлардан бўлиб қолма.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Siz erta-yu kech Parvardigorlarining Yuzini istab, Unga iltijo qiladigan zotlarni (huzuringizdan) haydamang! Sizning zimmangizda ularning hisob-kitoblaridan hech narsa yoʻqdir va sizning hisob-kitobingizdan ularning zimmalarida hech narsa yoʻqdir. Bas, ularni haydab zolimlardan boʻlib qolmang!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Сиз эрта-ю кеч Парвардигорларининг Юзини истаб, Унга илтижо қиладиган зотларни (ҳузурингиздан) ҳайдаманг! Сизнинг зиммангизда уларнинг ҳисоб-китобларидан ҳеч нарса йўқдир ва сизнинг ҳисоб-китобингиздан уларнинг зиммаларида ҳеч нарса йўқдир. Бас, уларни ҳайдаб золимлардан бўлиб қолманг!

133-sahifa · 7-juz · 14-hizb133-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасتَطْرُدِhaydamaҳайдамаٱلَّذِينَkimsalarniкимсаларниيَدْعُونَduo etayotganlarniдуо этаётганларниرَبَّهُمRobbilarigaРоббиларигаبِٱلْغَدَوٰةِertalabэрталабوَٱلْعَشِىِّva kechqurunва кечқурунيُرِيدُونَiroda qilibирода қилибوَجْهَهُۥ ۖUning yuziniУнинг юзиниمَاyoʻqйўқعَلَيْكَsening zimmangdaсенинг зиммангдаمِنْ-dan-данحِسَابِهِمularning hisobidanуларнинг ҳисобиданمِّن-dan-данشَىْءٍۢhech narsaҳеч нарсаوَمَاva yoʻqва йўқمِنْ-dan-данحِسَابِكَsening hisobingdanсенинг ҳисобингданعَلَيْهِمularning zimmasidaуларнинг зиммасидаمِّن-dan-данشَىْءٍۢhech narsaҳеч нарсаفَتَطْرُدَهُمْbas, ularni haydasangбас, уларни ҳайдасангفَتَكُونَbas, boʻlib qolasanбас, бўлиб қоласанمِنَ-dan-данٱلظَّـٰلِمِينَzolimlardanзолимлардан
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimaning nozil boʻlish sababi haqida Imom Ahmad ibn Hanbal Asbot ibn Muhammaddan, u zot Ashʼasdan, u zot Kirdavsdan, u esa, Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan quyidagilarni rivoyat qiladilar: «Quraysh zodagonlaridan bir guruhi Paygʻambarimiz sollalohu alayhi vasallam oldilaridan oʻtib ketayotib, u kishining huzurlarida Suhayb, Bilol, Ammor, Xabbob va boshqa zaifhol musulmonlarni koʻrib qoldilar va Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Muhammad! Oʻz qavming ichidan shularga rozi boʻldingmi? Oramizdan Alloh neʼmat berganlar shularmi? Endi biz shularga ergashishimiz kerakmi? Ularni hayda! Ularni haydasang, ehtimol, biz senga ergasharmiz», deyishdi. Ana shunda: «Ertayu kech Robbilariga uning yuzini iroda qilib duo etayotganlarni haydama!»–oyati karimasi nozil boʻldi».

Johiliyat qonuni odamlarning molu mulki, boyligiga qarab hukm chiqaradi. Boy-zodagonlar kambagʻallar bilan muomalada boʻlish yoxud birga oʻtirish u yoqda tursin, miskin bechoralar kirgan dinga kirishni ham istamaydilar. Hatto kambagʻallar bilan muloqot qilgan Paygʻambarlar bilan gaplashishni, birga oʻtirib-turishni oʻzlariga ravo koʻrmaydilar. Hamma narsani pul-mol bilan oʻlchaydigan boʻlib qolgan odamlar uchun mol-dunyosi yoʻq kambagʻal odam oʻrnida koʻrilmaydi.

Ammo Islomda inson Allohga boʻlgan iymoni va ixlosiga qarab baholanadi.

«Ertayu kech Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlar» ijtimoiy holatlari qanday boʻlishidan qatʼinazar, hatto dunyodagi eng faqir-kambagʻal odam boʻlsalar ham, oliymaqom inson hisoblanadilar. Shuning uchun ham, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam boylarning gapiga kirib, ularni oʻz huzurlaridan haydashga haqlari yoʻq. Ularning kambagʻalliklari Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning zimmalariga qoʻshimcha vazifa yuklamaydi. Kambagʻalliklari–oʻzlariga. Ularning rizqini Alloh beradi. Shuningdek, ular Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning rizqlaridan masʼul emaslar. U kishiga ham rizqni Alloh beradi. Yoki Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ular bilan oʻtirsalar, kambagʻal, ularni huzurlaridan haydab, boylarga yuz bursalar, boy boʻlib qolmaydilar. Shu boisdan, Alloh taolo u kishiga bu oyati karimada:

«Ularning hisobidan sening zimmangda hech narsa yoʻq. Sening hisobingdan ularning zimmasida hech narsa yoʻq»,–demoqda.

Shunday ekan, kambagʻal boʻlsalar-da, qalblari iymonu ixlosga boy kishilarni huzurlaridan haydash Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga zinhor-bazinhor toʻgʻri kelmaydi. Alloh taolo u kishiga xitob qilib:

«Ularni haydab, zolimlardan boʻlib qolma»,–demoqda.

Kishilarning boy yoki kambagʻalliklari ularning insoniy qadrlarini oʻlchash, dinga munosabatlarini aniqlash yoki Paygʻambar bilan birga oʻtirishga haqli ekanliklarini belgilash uchun emas, balki bu holning boshqa hikmati bor. Bu hikmat kelasi oyatda bayon qilinadi: