QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят54

وَإِذَا جَآءَكَ ٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِـَٔايَـٰتِنَا فَقُلْ سَلَـٰمٌ عَلَيْكُمْ ۖ كَتَبَ رَبُّكُمْ عَلَىٰ نَفْسِهِ ٱلرَّحْمَةَ ۖ أَنَّهُۥ مَنْ عَمِلَ مِنكُمْ سُوٓءًۢا بِجَهَـٰلَةٍ ثُمَّ تَابَ مِنۢ بَعْدِهِۦ وَأَصْلَحَ فَأَنَّهُۥ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar huzuringga oyatlarimizga iymon keltirganlar kelsalar: «Sizlarga salom bo`lsin, Robbingiz O`z zimmasiga rahmatni yozdi. Sizdan kim bilmasdan yomonlik qilsa, so`ngra undan keyin tavba qilib, amali solih qilsa, bas, albatta, U zot mag`firatli va rahimli Zotdir», – deb ayt.Агар ҳузурингга оятларимизга иймон келтирганлар келсалар: «Сизларга салом бўлсин, Роббингиз Ўз зиммасига раҳматни ёзди. Сиздан ким билмасдан ёмонлик қилса, сўнгра ундан кейин тавба қилиб, амали солиҳ қилса, бас, албатта, У зот мағфиратли ва раҳимли Зотдир», – деб айт.Alauddin Mansour: Qachon sizning oddingizga Bizning oyatlarimizga iymon keltiradigan zotlar kelsalar: «Salamun alaykum — sizlarga tinchlik boʻlsin, Parvardigoringiz Oʻz zimmasiga rahmat — marhamat qilishni yozgandir. Sizlardan kim bilmasdan biron yomonlik (gunoh) qilsa, soʻngra oʻsha yomonligining ketidan tavba qilib, (oʻzini) tuzatsa, bas, (gunohi kechiriladi), albatta (Alloh) magʻfiratli, mehribondir», deb ayting.Қачон сизнинг оддингизга Бизнинг оятларимизга иймон келтирадиган зотлар келсалар: «Саламун алайкум — сизларга тинчлик бўлсин, Парвардигорингиз Ўз зиммасига раҳмат — марҳамат қилишни ёзгандир. Сизлардан ким билмасдан бирон ёмонлик (гуноҳ) қилса, сўнгра ўша ёмонлигининг кетидан тавба қилиб, (ўзини) тузатса, бас, (гуноҳи кечирилади), албатта (Аллоҳ) мағфиратли, меҳрибондир», деб айтинг.

134-sahifa · 7-juz · 14-hizb134-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиجَآءَكَhuzuringga kelsalarҳузурингга келсаларٱلَّذِينَularуларيُؤْمِنُونَiymon keltirganlarиймон келтирганларبِـَٔايَـٰتِنَاoyatlarimizgaоятларимизгаفَقُلْbas, aytбас, айтسَلَـٰمٌsalomсаломعَلَيْكُمْ ۖsizlarga boʻlsinсизларга бўлсинكَتَبَyozdiёздиرَبُّكُمْRobbingizРоббингизعَلَىٰustigaустигаنَفْسِهِOʻz zimmasigaЎз зиммасигаٱلرَّحْمَةَ ۖrahmatniраҳматниأَنَّهُۥalbatta, Uалбатта, Уمَنْkimкимعَمِلَqilsaқилсаمِنكُمْsizdanсизданسُوٓءًۢاyomonlikёмонликبِجَهَـٰلَةٍۢbilmasdanбилмасданثُمَّsoʻngraсўнграتَابَtavba qilsaтавба қилсаمِنۢ-dan-данبَعْدِهِۦundan keyinундан кейинوَأَصْلَحَva amali solih qilsaва амали солиҳ қилсаفَأَنَّهُۥbas, albatta, U zotбас, албатта, У зотغَفُورٌۭmagʻfiratliмағфиратлиرَّحِيمٌۭrahmliраҳмли
TafsirТафсир

Bu, Alloh taolo tomonidan moʻmin bandalarni ulugʻlash va ularni hurmatlashdir. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga amr qilib,

«Agar huzuringga oyatlarimizga iymon keltirganlar kelsalar: «Sizlarga salom boʻlsin», deyishni taʼkidlamoqda.

Hamma narsadan Allohning rahmati ustundir. Bu haqda ushbu «Anʼom» surasining avvalidagi xuddi shu maʼnodagi oyat tafsirida batafsil yozildi. Yaʼni, Alloh taolo Oʻz zimmasiga rahmatni yozganligidan:

«Robbingiz Oʻz zimmasiga rahmatni yozdi. Sizdan kim bilmasdan yomonlik qilsa, soʻngra undan keyin tavba qilib, amali solih qilsa, bas, albatta, U zot magʻfiratli va rahimli Zotdir», – deb ayt».

Shu bois ham, oʻsha gunohkorning gunohlarini kechib yuboradi.

Faqat, banda oʻzini banda bilib, vaqtida tavba qilishi, quruq ogʻzaki tavba bilan kifoyalanib qolmay, dildan afsus va nadomat chekib, ortidan yaxshi amallarni ham qilishi shart. Ana oʻshanda Allohning rahmatiga sazovor boʻladi.

Yuqorida kelgan uchta oyat haqida mashhur mufassirlardan imom Abu Jaʼfar Tobaroniy Xabbob roziyallohu anhudan quyidagilarni rivoyat qiladi: «Al-Aqroʼ ibn Hobis at-Tamimiy va Uyayna ibn Hisn al-Fizoriylar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, u kishining Bilol, Suhayb, Ammor, Xabbob va boshqa zaifhol moʻminlar bilan gaplashib oʻtirganlarini koʻrdilar. Koʻrishlari bilan ularni haqorat qildilar. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga: «Biz sendan oʻzimizga xos majlis qilishingni istaymiz. Arablar bizning fazlimizni bilib qoʻyishsin. Sening oldingga arab qabilalarining vakillari kelib turadi. Biz oʻsha arablarga anavi qulvachchalar bilan birga oʻtirgan holda koʻrinishdan uyalamiz. Biz kelganimizda ularni turgʻazib yubor. Biz gapimizni tugatib ketganimizdan soʻng, xohlasang, ular bilan oʻtiraverasan», dedilar. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam qogʻoz keltirishni va yozishga Alini chaqirishni amr qildilar. Biz bir chetda oʻtirar edik. Shu payt Jabroil: «Ertayu kech Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlarni haydama! Ularning hisobidan sening zimmangda hech narsa yoʻq. Sening hisobingdan ularning zimmasida hech narsa yoʻq. Ularni haydab, zolimlardan boʻlib qolma» oyatini olib keldi. Soʻngra: «Oramizdan Alloh neʼmat bergan shularmi?» deyishlari uchun shunday qilib, baʼzilarni baʼzilari ila sinadik. Allohning Oʻzi shukr qiluvchilarni yaxshi bilguvchi emasmi?» oyati karimasi tushdi. Keyin esa: «Agar huzuringga oyatlarimizga iymon keltirganlar kelsalar: «Sizlarga salom boʻlsin, Robbingiz Oʻz zimmasiga rahmatni yozdi...» oyati nozil boʻldi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam qoʻllaridagi qogʻozni tashladilar-da, bizni chaqirdilar. Biz oldilariga kelganimizda: «Sizlarga salom boʻlsin, Robbingiz Oʻz zimmasiga rahmatni yozdi»,–deb kutib oldilar. Keyin doim birga oʻtiradigan boʻldilar. Birga oʻtirib, xohlagan paytlarida turib ketar edilar, biz oʻtirib qolar edik.

Keyin Alloh taolo («Qahf» surasidagi): «Ertayu kech Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo qilayotganlar ila oʻzingni sabrli tut. Dunyo hayoti ziynatini istab, ulardan koʻzingni olib qochma», oyatini tushirdi. Shundan soʻng, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam doimo biz bilan birga oʻtiradigan boʻldilar. Agar oʻtirganlarida turadigan vaqt boʻlsa, avval biz turar edik. Bir ozdan keyin u kishi turar edilar».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shundan keyin ularni koʻrsalar, avval salom berar edilar va: «Ummatim ichidagi kishilarga boshlab meni salom beradigan qilib qoʻygan Allohga hamdu sanolar boʻlsin»,–der edilar.

Keyingi oyatda Alloh Paygʻambarlik vazifasidan yana birini qisqagina bayon etadi: