QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят55

وَكَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَـٰتِ وَلِتَسْتَبِينَ سَبِيلُ ٱلْمُجْرِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shunday qilib, jinoyatchilarning yo`li oshkor bo`lishi uchun, oyatlarni mufassal bayon qilurmiz.Шундай қилиб, жиноятчиларнинг йўли ошкор бўлиши учун, оятларни муфассал баён қилурмиз.Alauddin Mansour: (Haqiqiy moʻminlar kimlar ekani maʼlum boʻlishi) va jinoyatchi kimsalarning yoʻli oshkor boʻlishi uchun oyatlarimizni mana shunday mufassal qilurmiz.(Ҳақиқий мўминлар кимлар экани маълум бўлиши) ва жиноятчи кимсаларнинг йўли ошкор бўлиши учун оятларимизни мана шундай муфассал қилурмиз.

134-sahifa · 7-juz · 14-hizb134-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكَذَٰلِكَva shunday qilibва шундай қилибنُفَصِّلُmufassal bayon qilamizмуфассал баён қиламизٱلْـَٔايَـٰتِoyatlarniоятларниوَلِتَسْتَبِينَva oshkor boʻlishi uchunва ошкор бўлиши учунسَبِيلُyoʻliйўлиٱلْمُجْرِمِينَjinoyatchilarningжиноятчиларнинг
TafsirТафсир

Yaʼni, ushbu suradagi kabi oyatlarimizni, toki ushbu bayonlarimizdan jinoyatchi-kofirlarning yoʻli oshkor boʻlsin deb, bayon qilamiz. Oyatda kofirlar jinoyatchilar deb atalmoqda. Ha, darhaqiqat, kofirlik–jinoyat. Jinoyat boʻlganda ham, ulkan jinoyatdir. Olamdagi barcha insoniyat, barcha jonzot, jami mavjudotga qarshi, Allohga, Paygʻambarga qarshi jinoyatdir. Paygʻambarlarning vazifalaridan biri oʻsha jinoyatchilar–kofirlarning yoʻlini oshkor qilish, undan kishilarni ogohlantirishdir. Demak, musulmonlarning yoʻli ham oshkor boʻladi. Ana oʻsha oshkoralik ila ish olib borishga toʻgʻri keladi.

Paygʻambarlik va Paygʻambar haqiqati bayon qilib boʻlingandan keyin, endi ilohiyat haqiqati bayon qilina boshlaydi: