قُلْ إِنِّى نُهِيتُ أَنْ أَعْبُدَ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۚ قُل لَّآ أَتَّبِعُ أَهْوَآءَكُمْ ۙ قَدْ ضَلَلْتُ إِذًا وَمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلْمُهْتَدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Men Allohni qo`yib, siz ibodat qilayotganlarga ibodat qilishdan qaytarilganman», – deb ayt. «Men sizning havoyi nafslaringizga ergashmasman. Zero, adashgan bo`laman va hidoyat topganlardan bo`lmay qolaman», – deb ayt.Сен: «Мен Аллоҳни қўйиб, сиз ибодат қилаётганларга ибодат қилишдан қайтарилганман», – деб айт. «Мен сизнинг ҳавойи нафсларингизга эргашмасман. Зеро, адашган бўламан ва ҳидоят топганлардан бўлмай қоламан», – деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Men Allohni qoʻyib — sizlar iltijo qilayotgan butlarga bandalik qilishdan qaytarilganman». Ayting: «Sizlarning havoyi-nafslaringizga ergashmayman. Zero, u holda yoʻldan ozurman va hidoyat topguvchilardan boʻlmay qolurman.Айтинг: «Мен Аллоҳни қўйиб — сизлар илтижо қилаётган бутларга бандалик қилишдан қайтарилганман». Айтинг: «Сизларнинг ҳавойи-нафсларингизга эргашмайман. Зеро, у ҳолда йўлдан озурман ва ҳидоят топгувчилардан бўлмай қолурман.
Alloh taolo ushbu oyatda Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga amr etib, mushriklar bilan orani ochiq qilib:
«Sen: «Men Allohni qoʻyib, siz ibodat qilayotganlarga ibodat qilishdan qaytarilganman, – deb ayt»,–demoqda.
Bundan maʼlum boʻladiki, din-diyonat, aqiyda-iymon masalasida oʻrta yoʻlni tutish, kelishib, birovlarning roziligini eʼtiborga olib ish tutish yoʻq ekan. Mushriklarning shunday bir kelishuvga harakat qilganlari tarixdan maʼlum va mashhur. Ular Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga: «Sen bizning xudolarimizni eʼtirof qilsang, biz ham sening Allohingni eʼtirof etamiz. Sen bizning xudolarimizga ibodat qilsang, biz ham sening Allohingga ibodat qilamiz», deyishgan.
Musulmonchilikda ikki yoki koʻp xoʻjayinga qul boʻlish yoʻq. Odamlar oʻzlarini yaratgan yagona Allohgagina bandalik qilishlari lozim. Boshqa hech narsaga va hech kimga ibodat qilish mumkin emas. Eʼtibor bilan qarasak, oyatda «siz ibodat qilayotganlarga» degan istiloh ishlatilgan. Bu taʼrif jonsiz but-sanam, haykallarnigina emas, jonlilarni ham ichiga oladi. Demak, shirk deganda, faqat but va sanamlarni tushunmay, jonli–aqlli shaxslar ham tushunilar ekan. Kimki Allohni qoʻyib, but-sanamlarga choʻqinsa, mushrik boʻlganidek, kimda-kim Allohning buyruqlaridan podshoh, amir, hokim va boshqalarning amrlarini ustun qoʻysa ham, mushrik boʻladi. Shuningdek, Alloh roziligini topishga urina turib, yana boshqa tarafning Alloh xohishiga zid yoʻriqlarini amalga oshirish ila uning roziligini topishga urinish ham shirk hisoblanadi.
«Men sizning havoi nafslaringizga ergashmasman».
Albatta, oddiy insonlarki qilishi mumkin boʻlmagan narsalarni Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam qilishlari mutlaqo durust emas. Shuning uchun ham, Alloh taolo u kishiga:
«Zero, adashgan boʻlaman va hidoyat topganlardan boʻlmay qolaman, deb ayt»,–deya marhamat qilmoqda.