QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят57

قُلْ إِنِّى عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّى وَكَذَّبْتُم بِهِۦ ۚ مَا عِندِى مَا تَسْتَعْجِلُونَ بِهِۦٓ ۚ إِنِ ٱلْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ ۖ يَقُصُّ ٱلْحَقَّ ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلْفَـٰصِلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Albatta, men Robbimdan berilgan aniq hujjatga egaman. Sizlar uni yolg`onga chiqardingiz. Siz shoshiltirayotgan narsa menda yo`q. Hukm faqat Allohning O`ziga xosdir. U haqni aniqlar. U ajrim qiluvchilarning eng yaxshisi», – deb ayt.Сен: «Албатта, мен Роббимдан берилган аниқ ҳужжатга эгаман. Сизлар уни ёлғонга чиқардингиз. Сиз шошилтираётган нарса менда йўқ. Ҳукм фақат Аллоҳнинг Ўзига хосдир. У ҳақни аниқлар. У ажрим қилувчиларнинг энг яхшиси», – деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Men Parvardigorim tarafidan (Uning yolgʻiz maʼbud ekanligi xususida) aniq hujjatga egaman. Sizlar esa uni yolgʻon dedingiz. Sizlar shoshtirayotgan narsa (yaʼni, Allohning azobi) mening ilgimda emas, hukm qilish faqat Allohning Oʻziga xosdir. U faqat haqni soʻylar. U (haq bilan nohaqni) ajratguvchilarning eng yaxshisidir».Айтинг: «Мен Парвардигорим тарафидан (Унинг ёлғиз маъбуд эканлиги хусусида) аниқ ҳужжатга эгаман. Сизлар эса уни ёлғон дедингиз. Сизлар шоштираётган нарса (яъни, Аллоҳнинг азоби) менинг илгимда эмас, ҳукм қилиш фақат Аллоҳнинг Ўзига хосдир. У фақат ҳақни сўйлар. У (ҳақ билан ноҳақни) ажратгувчиларнинг энг яхшисидир».

134-sahifa · 7-juz · 14-hizb134-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтإِنِّىalbatta, menалбатта, менعَلَىٰustidamanустидаманبَيِّنَةٍۢaniq hujjatаниқ ҳужжатمِّن-dan-данرَّبِّىRobbimdanРоббимданوَكَذَّبْتُمva sizlar yolgʻonga chiqardingizва сизлар ёлғонга чиқардингизبِهِۦ ۚuniуниمَاyoʻqйўқعِندِىmendaмендаمَاnarsaнарсаتَسْتَعْجِلُونَsiz shoshiltirayotganсиз шошилтираётганبِهِۦٓ ۚuniуниإِنِemasэмасٱلْحُكْمُhukmҳукмإِلَّاfaqatфақатلِلَّهِ ۖAllohnikidirАллоҳникидирيَقُصُّU aniqlaydiУ аниқлайдиٱلْحَقَّ ۖhaqniҳақниوَهُوَva Uва Уخَيْرُeng yaxshisiэнг яхшисиٱلْفَـٰصِلِينَajrim qiluvchilarningажрим қилувчиларнинг
TafsirТафсир

Haq taoloning ilohlik haqiqatlarini bayon qilish davom etmoqda. Ushbu oyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga mushriklar bilan orani ochiq qilib olishda kerak boʻladigan gaplar oʻrgatildi.

Birinchidan, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam daʼvatlarini, eʼtiqodlarini, amallarini «aniq hujjat» asosida olib bormoqdalar.

«Albatta, men Robbimdan berilgan aniq hujjatga egaman».

Bu ochiq hujjat yerdan chiqqani yoʻq, balki osmondan tushgan. U odamlar qabul qilgan hujjat emas, olam va odamlar Robbi, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Robbilari tomonidan tushirilgan hujjatdir. Mushrik-kofirlarning esa, hech qanday hujjatlari yoʻq. Boʻlishi ham mumkin emas. Chunki, ular Robbilarini yolgʻonga chiqarib qoʻyganlar.

Ikkinchidan:

«Siz shoshiltirayotgan narsa menda yoʻq».

Mushriklar shoshiltirayotgan narsa esa–talab qilingan moʻʼjiza kelgandan soʻng azobni tushirish. Bu ish Paygʻambarning ilkidagi ish emas. Uning imkoni ham yoʻq, vazifasiga ham kirmaydi. Chunki:

«Hukm faqat Allohning Oʻziga xosdir».

Undan boshqa hech kim hukm qila olmaydi. Hatto, Allohga eng yaqin boʻlgan Paygʻambar ham bunda ishtirok eta olmaydi.

«U haqni aniqlar».

Haq hukm chiqarib, kim haq, kim nohaq ekanligini aniqlovchi qozi ham Allohning oʻzi:

«U ajrim qiluvchilarning eng yaxshisi, deb ayt».

Demak, bunday ishlar ilohlik xususiyatidan boʻlib, faqat Alloh taoloning Oʻziga xosdir. Paygʻambarlik vazifasi emas.