قُل لَّوْ أَنَّ عِندِى مَا تَسْتَعْجِلُونَ بِهِۦ لَقُضِىَ ٱلْأَمْرُ بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Agar siz shoshiltirayotgan narsa mening huzurimda bo`lsa edi, men bilan sizning orangizda ish allaqachon bitgan bo`lar edi. Alloh zolimlarni yaxshi bilguvchidir», – deb ayt.Сен: «Агар сиз шошилтираётган нарса менинг ҳузуримда бўлса эди, мен билан сизнинг орангизда иш аллақачон битган бўлар эди. Аллоҳ золимларни яхши билгувчидир», – деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Agar sizlar shoshtirayotgan narsa mening ilgimda boʻlganida edi, albatta sizlar bilan oʻrtamizdagi ish tugagan boʻlur edi (yaʼni, men sizlarni darhol azoblagan boʻlur edim). Alloh zolimlarni juda yaxshi bilguvchidir».Айтинг: «Агар сизлар шоштираётган нарса менинг илгимда бўлганида эди, албатта сизлар билан ўртамиздаги иш тугаган бўлур эди (яъни, мен сизларни дарҳол азоблаган бўлур эдим). Аллоҳ золимларни жуда яхши билгувчидир».
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga aytish topshirilgan gaplar silsilasi davom etmoqda. Ushbu oyati karimadagi hukmlardan Alloh taoloning Oʻzigagina xos yana bir sifati ayon boʻlmoqda. U ham boʻlsa, sabrlilik, bandalarning qilgan gunohlariga jazo berishga shoshilmaslik va halimlikdir. Mushriklarning daʼvolari, qilmishlari shu darajaga borib yetgan ediki, hatto eng halim, eng sabrli va eng kechirimli inson boʻlmish Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham, agar ish mening qoʻlimda boʻlganda, allaqachon bitgan boʻlar edi, deydilar.
«Agar siz shoshiltirayotgan narsa mening huzurimda boʻlsa edi, men bilan sizning orangizda ish allaqachon bitgan boʻlar edi».
Bunday paytda ham hech narsa boʻlmagandek sabr etish, balki gunohkorlarga inʼomlar berib borish ham faqat Allohning Oʻzigagina xosdir. Bu ishlarni Alloh taolo mushriklarning holidan bexabar boʻlgani uchun emas, balki Oʻzining sabri jamili bilan qiladi. Holbuki:
«Alloh zolimlarni yaxshi bilguvchidir».
Faqat shuni emas, balki hamma narsani bilguvchi Ul Zotdir. Uning ilmidan hech narsa maxfiy qolmaydi.