وَهُوَ ٱلَّذِى يَتَوَفَّىٰكُم بِٱلَّيْلِ وَيَعْلَمُ مَا جَرَحْتُم بِٱلنَّهَارِ ثُمَّ يَبْعَثُكُمْ فِيهِ لِيُقْضَىٰٓ أَجَلٌ مُّسَمًّى ۖ ثُمَّ إِلَيْهِ مَرْجِعُكُمْ ثُمَّ يُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U kechasi sizni vafot ettiradir. U kunduzi qilgan kasbingizni biladir. So`ngra, belgilagan ajal tugal bo`lishi uchun u(kunduzi)da sizni qayta tiriltiradir. So`ngra, qaytib borishingiz Uning O`zigadir. So`ngra, nima qilib yurganingizning xabarini beradir.У кечаси сизни вафот эттирадир. У кундузи қилган касбингизни биладир. Сўнгра, белгилаган ажал тугал бўлиши учун у(кундузи)да сизни қайта тирилтирадир. Сўнгра, қайтиб боришингиз Унинг Ўзигадир. Сўнгра, нима қилиб юрганингизнинг хабарини берадир.Alauddin Mansour: U kechasi «joningizni oladigan (yaʼni, uyqu beradigan), kunduzi qilgan ishingizni biladigan Zotdir. Soʻngra aytilgan ajal (yashash uchun berilgan muhlat) ado qilinishi uchun unda (yaʼni, kunduzi) sizlarni «tiriltirur». Keyin Oʻziga qaytishingiz bordir. Soʻngra sizlarga qilib oʻtgan amallaringizning xabarini berur.У кечаси «жонингизни оладиган (яъни, уйқу берадиган), кундузи қилган ишингизни биладиган Зотдир. Сўнгра айтилган ажал (яшаш учун берилган муҳлат) адо қилиниши учун унда (яъни, кундузи) сизларни «тирилтирур». Кейин Ўзига қайтишингиз бордир. Сўнгра сизларга қилиб ўтган амалларингизнинг хабарини берур.
Alloh taolo Oʻzining cheksiz qudrati ila inson hayotining har lahzasigacha qamrab olgan.
«U kechasi sizni vafot ettiradir».
Dunyodagi barcha maxluqotni, jumladan insonlarni ham uxlatadigan Alloh taoloning Oʻzidir. Inson uyquga ketganda his etish qobiliyatini yoʻqotadi. Aqli ham faoliyatidan dam oladi, anglash qobiliyati kesiladi. Uyquning kichik oʻlim deyilishi ham shundandir. Inson uyquning belgilarini biladi-yu, ammo haqiqatini bilmaydi. Alloh taolo uxlayotgan kishidagi mazkur jarayonlarni Oʻzi boshqarib turadi.
«U kunduzi qilgan kasbingizni biladir».
Uyqudalik chogʻingizda harakatsiz holingizni butunlay qamrab olganidek, uygʻoqlik chogʻingizdagi holu harakatingizni ham qamrab olgandir.
«Soʻngra, belgilagan ajal tugal boʻlishi uchun u(kunduzi)da sizni qayta tiriltiradir».
Yaʼni, uygʻotadi.
Demak, uxlatgan ham, uygʻotgan ham Allohning Oʻzidir.
«Soʻngra, qaytib borishingiz Uning Oʻzigadir».
Bu, albatta, qiyomat kuni roʻy beradi. Yaʼni, qiyomat kunigacha inson hayoti Alloh taoloning tasarrufida boʻladi.
«Soʻngra, nima qilib yurganingizning xabarini beradir».
Bu dunyodagi hayotingizni shomil qamrovga olib turgan Alloh har bir kichik narsalargacha bilib turganidan, qiyomat kuni hamma qilgan ishingizning xabarini beradi. Amallaringiz iymon va yaxshilikdan iborat boʻlsa, mukofot; kufr va gunohdan iborat boʻlsa, jazo beriladi.
Keyingi oyatda yana Alloh taoloni vasf etish davom etadi: