وَهُوَ ٱلْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِۦ ۖ وَيُرْسِلُ عَلَيْكُمْ حَفَظَةً حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَ أَحَدَكُمُ ٱلْمَوْتُ تَوَفَّتْهُ رُسُلُنَا وَهُمْ لَا يُفَرِّطُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U bandalari ustidan g`olibdir. U ustingizga hafazalarini yuboradir. Qachonki birortangizga o`lim kelsa, elchilarimiz kamchilikka yo`l qo`ymagan holda uni vafot ettiradir.У бандалари устидан ғолибдир. У устингизга ҳафазаларини юборадир. Қачонки бирортангизга ўлим келса, элчиларимиз камчиликка йўл қўймаган ҳолда уни вафот эттирадир.Alauddin Mansour: U bandalari ustida gʻolib boʻlgan Zotdir. Ustingizga (qilgan amallaringizni) yodlab olguvchi farishtalarni elchi qilib yuborur. Qachonki birovingizga oʻlim kelsa, elchilarimiz sustkashlik qilmagan hollarida, uning jonini olurlar.У бандалари устида ғолиб бўлган Зотдир. Устингизга (қилган амалларингизни) ёдлаб олгувчи фаришталарни элчи қилиб юборур. Қачонки бировингизга ўлим келса, элчиларимиз сусткашлик қилмаган ҳолларида, унинг жонини олурлар.
Alloh taolo doimo bandalari ustidan gʻolibdir, Oʻz irodasini oʻtkazib turguvchidir.
«U bandalari ustidan gʻolibdir».
Alloh taolo gʻolibligidan bandalarining har bir harakat va sakanotlarini kuzatib, hisob-kitobini qilib turadi.
«U ustingizga hafazalarini yuboradir».
«Hafaza»–har bir insonga biriktirilgan farishtalarning nomi boʻlib, ular qiladigan ishning maʼnosini anglatadi. Birinchi maʼno–muhofaza qilish, saqlash maʼnosi boʻlib, oʻsha farishtalar oʻzlari biriktirilgan odamni muhofaza qilib turadilar. Ikkinchi maʼno–yod olish maʼnosi boʻlib, mazkur farishtalar oʻzlari biriktirilgan insonning hamma qilgan ishi va aytgan soʻzlarini yodlab boradi. Xulosa qilib aytganda, inson bir lahza ham Alloh taoloning kuzatuvidan chetda qolmaydi. Buni anglagan inson faqat yaxshilik qilib, doimo yomonlikdan chetlanadi. Shu bilan birga, moʻmin-musulmon inson doimo oʻlimga hozir boʻlib turadi. Chunki:
«Qachonki birortangizga oʻlim kelsa, elchilarimiz kamchilikka yoʻl qoʻymagan holda uni vafot ettiradir», degan jumlani hech bir lahza unutmaydi. Vafot etganlaridan soʻngra esa: