قُلْ مَن يُنَجِّيكُم مِّن ظُلُمَـٰتِ ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ تَدْعُونَهُۥ تَضَرُّعًا وَخُفْيَةً لَّئِنْ أَنجَىٰنَا مِنْ هَـٰذِهِۦ لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلشَّـٰكِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Sizni quruqligu dengizning zulmatlaridan qutqaradigan kim? Unga tazarru' qilgan holda va maxfiy holda, agar mana shundan bizni qutqarsa, albatta, shukr qiluvchilardan bo`lar edik, deydiganingiz kim?» – deb ayt.Сен: «Сизни қуруқлигу денгизнинг зулматларидан қутқарадиган ким? Унга тазарруъ қилган ҳолда ва махфий ҳолда, агар мана шундан бизни қутқарса, албатта, шукр қилувчилардан бўлар эдик, дейдиганингиз ким?» – деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Qasamki, agar bizga mana shu (balolardan) najot bersa, albatta shukr etguvchilardan boʻlurmiz, deb oshkora va xufyona tavba-tazarru qilgan holda, iltijolar qiladigan paytingizda, sizlarga quruqlik va dengiz balolaridan kim najot berur?».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Қасамки, агар бизга мана шу (балолардан) нажот берса, албатта шукр этгувчилардан бўлурмиз, деб ошкора ва хуфёна тавба-тазарру қилган ҳолда, илтижолар қиладиган пайтингизда, сизларга қуруқлик ва денгиз балоларидан ким нажот берур?».
«Zulmatlar»dan murod–xavfu xatar, qiyinchilikdir. Quruqlik va dengizdagi bunday zulmatlar juda ham koʻpdir. Har bir inson ana oʻshanday qiyinchiliklardan biriga yoʻliqqan, noiloj qolgan paytda, albatta, kim boʻlishidan qatʼinazar, Allohni eslaydi. Uning Oʻziga tazarruʼ qiladi. Ichida ahd ham qiladi. «Agar mana shu xavfu xatardan Alloh meni qutqarsa, bundan keyin, albatta, Unga shukr (ibodat) qilaman»,–deb oʻziga oʻzi soʻz beradi.
Ushbu oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga amr qilib, ana oʻsha holatni kishilarning esiga solib, qiyin holga tushib qolganingizda, undan yordam soʻraydiganingiz,
«Sizni quruqligu dengizning zulmatlaridan qutqaradigan kim? Unga tazarruʼ qilgan holda va maxfiy holda, agar mana shundan bizni qutqarsa, albatta, shukr qiluvchilardan boʻlar edik, deydiganingiz kim?»–deb soʻrashga amr qilmoqda.
Keyingi oyatda bu savolning javobini ham U zotning Oʻzi bermoqda: