قُلِ ٱللَّهُ يُنَجِّيكُم مِّنْهَا وَمِن كُلِّ كَرْبٍ ثُمَّ أَنتُمْ تُشْرِكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Sizni ulardan va barcha g`amlardan Alloh qutqarur. So`ngra esa, siz shirk keltirasiz», – deb ayt.«Сизни улардан ва барча ғамлардан Аллоҳ қутқарур. Сўнгра эса, сиз ширк келтирасиз», – деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Allohning Oʻzi sizlarga u (balo)lardan va barcha gʻamlardan najot berur. Soʻngra sizlar yana shirk keltirursiz!».Айтинг: «Аллоҳнинг Ўзи сизларга у (бало)лардан ва барча ғамлардан нажот берур. Сўнгра сизлар яна ширк келтирурсиз!».
Allohdan boshqa qutqaradigan hech qanday zot yoʻq. Albatta, Uning Oʻzi sizni qutqaradi. Qutqarganda ham, siz soʻragan va soʻramagan hamma baloyu ofatlardan, gʻamu gʻussalardan qutqaradi. Ammo boshiga tushgan xavf-xatardan, musiybat-ofatlardan qutulib olgan inson vaʼdasiga binoan shukr qiluvchilardan boʻlish oʻrniga, tinch- omon boʻlib olganidan soʻng yana shirk keltiraveradi.
Afsuski, ular Alloh taolo xohlagan paytida yana qayta Oʻz azobini yuborishi mumkinligini unutadilar.