قُلْ هُوَ ٱلْقَادِرُ عَلَىٰٓ أَن يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عَذَابًا مِّن فَوْقِكُمْ أَوْ مِن تَحْتِ أَرْجُلِكُمْ أَوْ يَلْبِسَكُمْ شِيَعًا وَيُذِيقَ بَعْضَكُم بَأْسَ بَعْضٍ ۗ ٱنظُرْ كَيْفَ نُصَرِّفُ ٱلْـَٔايَـٰتِ لَعَلَّهُمْ يَفْقَهُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «U sizga ustingizdan yoki oyog`ingiz ostidan azob yuborishga, turli firqalarga aralashtirib yuborishga, ba'zilaringizga ba'zilaringizning azobini tottirishga qodirdir», – deb ayt. Oyatlarimizni qanday tasarruf qilishimizga nazar sol. Shoyadki, anglab yetsalar.Сен: «У сизга устингиздан ёки оёғингиз остидан азоб юборишга, турли фирқаларга аралаштириб юборишга, баъзиларингизга баъзиларингизнинг азобини тоттиришга қодирдир», – деб айт. Оятларимизни қандай тасарруф қилишимизга назар сол. Шоядки, англаб етсалар.Alauddin Mansour: Ayting: «U sizlarga ustingizdan yo oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga, yoki sizlarni guruh-guruh qilib aralashtirib — qorishtirib (yaʼni, biri biriga dushman toʻdalarga aylantirib) yuborib ayrimlaringizga ayrimlaringizning zararini totdirib qoʻyishga qodir boʻlgan Zotdir». Qarang, anglab yetarmikanlar, deb oyatlarimizni qanday bayon qilmoqdamiz.Айтинг: «У сизларга устингиздан ё оёқларингиз остидан азоб юборишга, ёки сизларни гуруҳ-гуруҳ қилиб аралаштириб — қориштириб (яъни, бири бирига душман тўдаларга айлантириб) юбориб айримларингизга айримларингизнинг зарарини тотдириб қўйишга қодир бўлган Зотдир». Қаранг, англаб етармиканлар, деб оятларимизни қандай баён қилмоқдамиз.
Alloh, qiyin holga tushganda: «Agar Alloh mana shundan meni qutqarsa, shukr qiluvchilardan boʻlar edim» degan va Alloh taolo uni qutqarganidan keyin shirk keltirib ketadiganlarning boshiga yana turli balo-ofatlarni yuborishga qodir. Yuborganda ham, ularni hamma yogʻidan oʻrab oladigan azob yuboradi.
«U sizga ustingizdan yoki oyogʻingiz ostidan azob yuborishga...»
Ulamolarimiz gunohkorlarning, kofir-mushriklarning ustidan yuboriladigan azobga Lut qavmiga va Fil egalariga yuborilgan azoblarni misol keltiradilar. Oyoq ostidan yuboriladigan azobga Qorunni yer yutishi va toʻfon balosi misol qilib keltiriladi. Ammo, azob shu kabi hollar bilan chegaralanib qolmaydi.
«...turli firqalarga aralashtirib yuborishga, baʼzilaringizga baʼzilaringizning azobini totdirishga qodirdir».
Dunyodagi xalqlarga beriladigan azobning eng shiddatlilaridan biri shu xildagi azobdir. Boshqa azoblar bir boʻlib oʻtib ketsa, bu azob uzoq davom etadi. Odamlar firqalarga boʻlingandan keyin, har firqa aʼzolari oʻz firqalariga taassub qilib, bir-biriga shafqatsiz ravishda zulm oʻtkazishga, azob berishga qattiq urinadi. Insoniyat tarixida bunday holatlar koʻplab boʻlgan va hozir ham davom etib kelmoqda. Bunday hollarni anglab yetish insonlarning burchi va ularni bunday azoblardan qutqaruvchi omil ham shu.
«Oyatlarimizni qanday tasarruf qilishimizga nazar sol. Shoyadki, anglab yetsalar».
Kelasi oyati karimada mazkur shaxslarning oʻshandoq azobga qolishlariga sabab boʻladigan ishlaridan biri zikr qilinadi.