وَكَذَّبَ بِهِۦ قَوْمُكَ وَهُوَ ٱلْحَقُّ ۚ قُل لَّسْتُ عَلَيْكُم بِوَكِيلٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qavming uni yolg`onga chiqardi. Holbuki u haqdir. Sen: «Men sizlarga vakil emasman.Қавминг уни ёлғонга чиқарди. Ҳолбуки у ҳақдир. Сен: «Мен сизларга вакил эмасман.Alauddin Mansour: Qavmingiz uni (yaʼni, Qurʼonni) yolgʻon dedi. Holbuki, u haqdir. Ularga ayting: «Men ustingizda vakil — qoʻriqchi emasman.Қавмингиз уни (яъни, Қуръонни) ёлғон деди. Ҳолбуки, у ҳақдир. Уларга айтинг: «Мен устингизда вакил — қўриқчи эмасман.
Yaʼni: Ey Muhammad, qavming Qurʼonni yolgʻonga chiqardi. Ammo, ish ularning gapiga qarab boʻlmaydi. Haqiqiy bahoni Allohning Oʻzi beradi. Kofirlar Qurʼonni yolgʻonga chiqarmoqdalar. Ammo, bu bilan u yolgʻonga aylanib qolmaydi. Chunki, haqiqiy baho beruvchi Zot:
«Holbuki, u haqdir», demoqda.
Shuning uchun ham, moʻminlarning koʻngillari toʻq boʻlsin. Ular iymon keltirgan Qurʼon Haq taolodan tushgani haqdir.
Alloh taolo kofir-mushriklar yolgʻonga chiqargan Qurʼoni Karimning haq ekanini eʼlon qilish bilan birga, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib:
«Men sizlarga vakil emasman. Har bir xabarning oʻz vaqti bor. Tezda buni bilasizlar, – deb ayt»,–deya amr qilmoqda.
Men sizlarga qoʻriqchi emasman, balki ogohlantiruvchiman. Hozircha koʻnglingizga tushganini qilib yuravering. Ammo unutmangki, har bir xabarning–gapning oʻz vaqti bor. Tezda buni bilasizlar. Demak, ora ochiq. Shunday boʻlgandan keyin: