QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят67

لِّكُلِّ نَبَإٍ مُّسْتَقَرٌّ ۚ وَسَوْفَ تَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har bir xabarning o`z vaqti bor. Tezda buni bilasizlar», deb ayt.Ҳар бир хабарнинг ўз вақти бор. Тезда буни биласизлар», деб айт.Alauddin Mansour: Har bir xabarning oʻz oʻrni bor. Yaqinda bilajaksiz».Ҳар бир хабарнинг ўз ўрни бор. Яқинда билажаксиз».

135-sahifa · 7-juz · 14-hizb135-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لِّكُلِّhar birҳар бирنَبَإٍۢxabarningхабарнингمُّسْتَقَرٌّۭ ۚoʻz vaqti borўз вақти борوَسَوْفَva tezdaва тездаتَعْلَمُونَbilasizlarбиласизлар
TafsirТафсир

Yaʼni: Ey Muhammad, qavming Qurʼonni yolgʻonga chiqardi. Ammo, ish ularning gapiga qarab boʻlmaydi. Haqiqiy bahoni Allohning Oʻzi beradi. Kofirlar Qurʼonni yolgʻonga chiqarmoqdalar. Ammo, bu bilan u yolgʻonga aylanib qolmaydi. Chunki, haqiqiy baho beruvchi Zot:

«Holbuki, u haqdir», demoqda.

Shuning uchun ham, moʻminlarning koʻngillari toʻq boʻlsin. Ular iymon keltirgan Qurʼon Haq taolodan tushgani haqdir.

Alloh taolo kofir-mushriklar yolgʻonga chiqargan Qurʼoni Karimning haq ekanini eʼlon qilish bilan birga, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib:

«Men sizlarga vakil emasman. Har bir xabarning oʻz vaqti bor. Tezda buni bilasizlar, – deb ayt»,–deya amr qilmoqda.

Men sizlarga qoʻriqchi emasman, balki ogohlantiruvchiman. Hozircha koʻnglingizga tushganini qilib yuravering. Ammo unutmangki, har bir xabarning–gapning oʻz vaqti bor. Tezda buni bilasizlar. Demak, ora ochiq. Shunday boʻlgandan keyin: