QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят68

وَإِذَا رَأَيْتَ ٱلَّذِينَ يَخُوضُونَ فِىٓ ءَايَـٰتِنَا فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ حَتَّىٰ يَخُوضُوا۟ فِى حَدِيثٍ غَيْرِهِۦ ۚ وَإِمَّا يُنسِيَنَّكَ ٱلشَّيْطَـٰنُ فَلَا تَقْعُدْ بَعْدَ ٱلذِّكْرَىٰ مَعَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Oyatlarimizni (istehzo qilishga) sho`ng`iyotganlarni ko`rgan chog`ingda, to undan boshqa gapga sho`ng`igunlarigacha ulardan yuz o`gir. Agar shayton esingdan chiqargan bo`lsa, eslaganingdan so`ng, zolim qavmlar bilan o`tirma!Оятларимизни (истеҳзо қилишга) шўнғиётганларни кўрган чоғингда, то ундан бошқа гапга шўнғигунларигача улардан юз ўгир. Агар шайтон эсингдан чиқарган бўлса, эслаганингдан сўнг, золим қавмлар билан ўтирма!Alauddin Mansour: Qachon Bizning oyatlarimizni (masxara qilishga) kirishayotgan kimsalarni koʻrsangiz, to boshqa gapga kirishgunlaricha ulardan yuz oʻgiring! Endi agar shayton yodingizdan chiqarsa, eslaganingizdan soʻng bu zolim qavm bilan birga oʻtirmang!Қачон Бизнинг оятларимизни (масхара қилишга) киришаётган кимсаларни кўрсангиз, то бошқа гапга киришгунларича улардан юз ўгиринг! Энди агар шайтон ёдингиздан чиқарса, эслаганингиздан сўнг бу золим қавм билан бирга ўтирманг!

135-sahifa · 7-juz · 14-hizb135-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиرَأَيْتَkoʻrsangкўрсангٱلَّذِينَshunday kimsalarniшундай кимсаларниيَخُوضُونَshungʻiyotganшунғиётганفِىٓ-ga-гаءَايَـٰتِنَاoyatlarimizоятларимизفَأَعْرِضْbas, yuz oʻgirбас, юз ўгирعَنْهُمْulardanуларданحَتَّىٰtoтоيَخُوضُوا۟shungʻigunlarichaшунғигунларичаفِى-ga-гаحَدِيثٍgapгапغَيْرِهِۦ ۚundan boshqaундан бошқаوَإِمَّاva agarва агарيُنسِيَنَّكَseni esingdan chiqarsaсени эсингдан чиқарсаٱلشَّيْطَـٰنُshaytonшайтонفَلَاbas, emasбас, эмасتَقْعُدْoʻtirўтирبَعْدَkeyinкейинٱلذِّكْرَىٰeslaganingdanэслаганингданمَعَbilanбиланٱلْقَوْمِqavmқавмٱلظَّـٰلِمِينَzolimзолим
TafsirТафсир

Iymon masalasida zid boʻlgan qavm bilan birga oʻtirish, unsulfat topish oson ish emas. Ayniqsa, oʻsha kofirlar majlisda Allohning oyatlarini masxara qilayotgan boʻlsalar. Ularning bu istehzolarini tinglab oʻtirish hech toʻgʻri kelmaydi. Shuning uchun ham, Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga «zolim qavmlar»–mushriklarning oʻshanday majlislarida oʻtirishlarini man qilmoqda.

«Oyatlarimizni (istehzo qilishga) shoʻngʻiyotganlarni koʻrgan chogʻingda, to undan boshqa gapga shoʻngʻigunlarigacha ulardan yuz oʻgir».

Demak, undoq qavm qurgan majlisga yaqinlashish ham mutlaqo mumkin emas. Agar gap nima haqida ketayotganidan bexabar yoki ushbu amri ilohiyni unutib qoʻyib ular bilan oʻtirib qolingan boʻlsa,

«Agar shayton esingdan chiqargan boʻlsa, eslaganingdan soʻng, zolim qavmlar bilan oʻtirma!» degan koʻrsatmaga binoan u majlisdan darhol turib ketish lozim.

Bu oyat Makkai Mukarramada, jihod farz boʻlishidan avval nozil boʻlgan. Keyinroq Harami Sharif hududiga mushriklarni qoʻymaslik haqidagi oyati karima nozil boʻlgan.