وَمَا عَلَى ٱلَّذِينَ يَتَّقُونَ مِنْ حِسَابِهِم مِّن شَىْءٍ وَلَـٰكِن ذِكْرَىٰ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Taqvo qiladiganlar zimmasida u (mushrik)larning hisobidan hech narsa yo`q. Lekin eslatma bor. Shoyadki, taqvo qilsalar.Тақво қиладиганлар зиммасида у (мушрик)ларнинг ҳисобидан ҳеч нарса йўқ. Лекин эслатма бор. Шоядки, тақво қилсалар.Alauddin Mansour: Taqvo qilguvchi zotlar zimmasida u (qavm)ning hisob-kitobidan hech narsa yoʻq, lekin ular (oyatlarimizni masxara qilishdan) saqlanishlari uchun (taqvodor zotlar ularga) eslatib qoʻymoqlari (lozimdir).Тақво қилгувчи зотлар зиммасида у (қавм)нинг ҳисоб-китобидан ҳеч нарса йўқ, лекин улар (оятларимизни масхара қилишдан) сақланишлари учун (тақводор зотлар уларга) эслатиб қўймоқлари (лозимдир).
Moʻminlar bilan kofir mushriklarning orasi ochiq. Taqvodor moʻminlar mushriklar qilgan gunohlar uchun hisob bermaydilar. Ammo ularni toʻgʻri yoʻlga–taqvo yoʻliga solish uchun vaʼz-nasihat–eslatma gaplarni aytishlari bor.
Keyingi oyatda moʻmin bilan kofir orasidagi ochiqlik yanada aniqroq ekanligi haqida gap boradi: