قُلْ أَنَدْعُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُنَا وَلَا يَضُرُّنَا وَنُرَدُّ عَلَىٰٓ أَعْقَابِنَا بَعْدَ إِذْ هَدَىٰنَا ٱللَّهُ كَٱلَّذِى ٱسْتَهْوَتْهُ ٱلشَّيَـٰطِينُ فِى ٱلْأَرْضِ حَيْرَانَ لَهُۥٓ أَصْحَـٰبٌ يَدْعُونَهُۥٓ إِلَى ٱلْهُدَى ٱئْتِنَا ۗ قُلْ إِنَّ هُدَى ٱللَّهِ هُوَ ٱلْهُدَىٰ ۖ وَأُمِرْنَا لِنُسْلِمَ لِرَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Allohni qo`yib na foyda, na zarar bera olmaydigan narsalarga ibodat qilamizmi? Xuddi og`aynilari, bu yoqqa kel, deb hidoyatga chaqirib turgan bo`lsa ham, shayton adashtirib, yer yuzida hayron bo`lib qolganga o`xshab, Alloh bizni hidoyatga solgandan keyin orqamizga qaytamizmi?» – deb ayt. Sen: «Albatta, Allohning hidoyati haqiqiy hidoyatdir. Olamlarning Robbiga taslim bo`lishga amr qilinganmiz», – deb ayt.Сен: «Аллоҳни қўйиб на фойда, на зарар бера олмайдиган нарсаларга ибодат қиламизми? Худди оғайнилари, бу ёққа кел, деб ҳидоятга чақириб турган бўлса ҳам, шайтон адаштириб, ер юзида ҳайрон бўлиб қолганга ўхшаб, Аллоҳ бизни ҳидоятга солгандан кейин орқамизга қайтамизми?» – деб айт. Сен: «Албатта, Аллоҳнинг ҳидояти ҳақиқий ҳидоятдир. Оламларнинг Роббига таслим бўлишга амр қилинганмиз», – деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Allohdan oʻzga, bizga foyda ham, ziyon ham keltirmaydigan narsaga iltijo qilamizmi va Alloh bizni hidoyat qilganidan soʻng yana ortimizga qaytarilamizmi? Xuddi jinlar chalib, lol-hayron holda (nomaʼlum) Yerga olib ketgan va doʻstlari: «Kel», deb hidoyatga chorlayotgan kimsaga oʻxshab-a?» Ayting: «Allohning Yoʻligina Toʻgʻri Yoʻldir. Biz barcha olamlar Parvardigoriga boʻyinsunishga maʼmurmiz (amr etilganmiz)».Айтинг: «Аллоҳдан ўзга, бизга фойда ҳам, зиён ҳам келтирмайдиган нарсага илтижо қиламизми ва Аллоҳ бизни ҳидоят қилганидан сўнг яна ортимизга қайтариламизми? Худди жинлар чалиб, лол-ҳайрон ҳолда (номаълум) Ерга олиб кетган ва дўстлари: «Кел», деб ҳидоятга чорлаётган кимсага ўхшаб-а?» Айтинг: «Аллоҳнинг Йўлигина Тўғри Йўлдир. Биз барча оламлар Парвардигорига бўйинсунишга маъмурмиз (амр этилганмиз)».
Bular eʼtiqodda, ibodatda, ixlosda, taslimda, rozilik tilashda va amrni ado etishda turli narsa va shaxslarni Allohga sherik qiladiganlarga aytiladigan gaplardir. Bu xitob ularning vijdon va aqllariga ochiqchasiga murojaatdir. Kelinglar, ochiqchasiga oʻylab, mulohaza qilib koʻraylik:
«Allohni qoʻyib na foyda, na zarar bera olmaydigan narsalarga ibodat qilamizmi?»
Axir, bizga but ham, sanam ham, quyosh ham, sigir ham, firqa ham, podshoh ham va shunga oʻxshash boshqa narsalar ham foyda va yo zarar yetkaza olmaydilar-ku! Hamma foyda va hamma zararning sohibi, xohlaganiga foyda va xohlaganiga zarar yetkaza oladigan Allohni qoʻyib, oʻzimizga oʻxshagan yoki undan ham past bechoralarga ibodat qilishimiz joizmi? Agar bu nomaʼqulchilikni qilsak, oʻtaketgan ahmoqona va kulguli bir holatga tushib qolamiz-ku!
«Xuddi ogʻaynilari, bu yoqqa kel, deb hidoyatga chaqirib turgan boʻlsa ham, shayton adashtirib, yer yuzida hayron boʻlib qolganga oʻxshab, Alloh bizni hidoyatga solgandan keyin orqamizga qaytamizmi?»
Mushrikning holi ana shunday ahmoqonadir. U har ikki tomonning roziligini topishga harakat qiladi. Ogʻaynilari uni hidoyatga chaqirib turishibdi, mushrik esa, shaytonning gapiga kirib, zalolat yoʻliga tushib olgan. Nima qilishni bilmay hayron. Bir yoʻla bir tomonga oʻta olmaydi. U yoqqa oʻtay desa, bu yoq qoladi. Bu yoqqa oʻtay desa, u yoq qoladi. Qayoqqa yuz burishni bilmaydi. Mushrikni bunday hayronlikdan olib chiqadigan bitta haqiqat bor. Ushbu haqiqatni anglab yetgandagina, hayronlikdan xalos boʻladi. Bu haqiqat:
«Albatta, Allohning hidoyati haqiqiy hidoyatdir»,–degan haqiqatdir.
Allohning hidoyatiga mahkam yopishgan odamgina najot topadi. Maqsadga erishadi. Chunki biz bandalar hammamiz faqat:
«Olamlarning Robbiga taslim boʻlishga amr qilinganmiz».
Faqat Allohning hidoyatiga mahkam yopishgan va faqat Allohga–olamlarning Robbiga musulmon (taslim) boʻlganlarga quyidagilar aytilgan: