QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят72

وَأَنْ أَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَٱتَّقُوهُ ۚ وَهُوَ ٱلَّذِىٓ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Namozni qoim qiling va Allohga taqvo qiling! U sizlar huzuriga to`planadigan Zotdir.Намозни қоим қилинг ва Аллоҳга тақво қилинг! У сизлар ҳузурига тўпланадиган Зотдир.Alauddin Mansour: (Bizlarga) «Namozni toʻkis ado qilingiz va (Allohdan) qoʻrqingiz (deb buyurilgandir). U (hammangiz Qiyomat Kunida) huzuriga toʻplanadigan Zotdir.(Бизларга) «Намозни тўкис адо қилингиз ва (Аллоҳдан) қўрқингиз (деб буюрилгандир). У (ҳаммангиз Қиёмат Кунида) ҳузурига тўпланадиган Зотдир.

136-sahifa · 7-juz · 14-hizb136-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنْva (shu)kiва (шу)киأَقِيمُوا۟qoim qilingқоим қилингٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниوَٱتَّقُوهُ ۚva Unga taqvo qilingва Унга тақво қилингوَهُوَva Uва Уٱلَّذِىٓshunday zotkiшундай зоткиإِلَيْهِUning huzurigaУнинг ҳузуригаتُحْشَرُونَtoʻplanasizтўпланасиз
TafsirТафсир

Agar, Allohning hidoyatini haqiqiy ravishda tutgan boʻlsangiz va unga boʻysunib, musulmon boʻlgan boʻlsangiz, namozni qoim qilib, toʻkis ado eting hamda Allohga taqvo qiling. Bu narsa hidoyatga tushganingiz va musulmon boʻlganingizning shahodati boʻladi. Agar hidoyatga tushmaydigan, Allohga taslim boʻlmaydigan, namoz oʻqib, taqvo qilmaydigan boʻlsangiz, bilib qoʻyingki:

«U, sizlar huzuriga toʻplanadigan Zotdir».

Qiyomat kuni Mahshar maydoniga toʻplanasizlar. Ana oʻshanda iymon-eʼtiqodingizga va qilgan amalingizga munosib ravishda har biringizga mukofot yoki jazo beriladi. Shu bois, hozirdan tayyor boʻlib borish kerak.

Qiyomatning qoim boʻlishi, bandalarning Alloh taolo huzurida jamlanishi shubhasiz haqiqatlardir.