QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят73

وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ ۖ وَيَوْمَ يَقُولُ كُن فَيَكُونُ ۚ قَوْلُهُ ٱلْحَقُّ ۚ وَلَهُ ٱلْمُلْكُ يَوْمَ يُنفَخُ فِى ٱلصُّورِ ۚ عَـٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَـٰدَةِ ۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْخَبِيرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, osmonlaru yerni haq ila yaratgan Zotdir. «Bo`l» degan kuni bo`ladir. Uning gapi haqdir. Dud chalinadigan kuni mulk Unikidir. U, g`aybni ham, shohidni ham biluvchi Zotdir. Va U hakiym va xabardor Zotdir.У, осмонлару ерни ҳақ ила яратган Зотдир. «Бўл» деган куни бўладир. Унинг гапи ҳақдир. Дуд чалинадиган куни мулк Уникидир. У, ғайбни ҳам, шоҳидни ҳам билувчи Зотдир. Ва У ҳакийм ва хабардор Зотдир.Alauddin Mansour: U osmonlar va Yerni haqqi rost yaratgan Zotdir. U: «Boʻl», degan kuni (barcha narsa paydo) boʻlur. Uning soʻzi haqdir. Sur chalinadigan (yaʼni, Qiyomat qoyim boʻladigan) kunda podshohlik yolgʻiz Unikidir. U gʻayb va shahodatni (yaʼni, yashirin va oshkora narsalarni) bilguvchidir. U hikmat sohibi va (barcha narsadan) xabardor boʻlgan Zotdir.У осмонлар ва Ерни ҳаққи рост яратган Зотдир. У: «Бўл», деган куни (барча нарса пайдо) бўлур. Унинг сўзи ҳақдир. Сур чалинадиган (яъни, Қиёмат қойим бўладиган) кунда подшоҳлик ёлғиз Уникидир. У ғайб ва шаҳодатни (яъни, яширин ва ошкора нарсаларни) билгувчидир. У ҳикмат соҳиби ва (барча нарсадан) хабардор бўлган Зотдир.

136-sahifa · 7-juz · 14-hizb136-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَهُوَva Uва Уٱلَّذِىshunday zotkiшундай зоткиخَلَقَyaratganяратганٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضَva yerniва ерниبِٱلْحَقِّ ۖhaq ilaҳақ илаوَيَوْمَva kuniва куниيَقُولُaytadiайтадиكُنboʻlбўлفَيَكُونُ ۚbas, boʻladirбас, бўладирقَوْلُهُUning gapiУнинг гапиٱلْحَقُّ ۚhaqdirҳақдирوَلَهُva Unikidirва Уникидирٱلْمُلْكُmulkмулкيَوْمَkuniкуниيُنفَخُchalinadiganчалинадиганفِى-ga-гаٱلصُّورِ ۚdud (sur)дуд (сур)عَـٰلِمُbiluvchiбилувчиٱلْغَيْبِgʻaybniғайбниوَٱلشَّهَـٰدَةِ ۚva shohidniва шоҳидниوَهُوَva Uва Уٱلْحَكِيمُhakiymҳакиймٱلْخَبِيرُxabardorхабардор
TafsirТафсир

Alloh taolo butun borliqni, jumladan, osmonlaru yerni haq ila yaratgan Zot. Bu masala–haq. Boshqa gap-soʻz yoki taxminlar hammasi bekor. Ushbularni yaratgan Zot uchun qiyomatni qoyim qilib, hamma odamlarni Oʻz huzurida jamlab, hisob-kitob qilishi va mukofot yoki jazo berishi juda ham osondir.

«Boʻl» degan kuni boʻladir».

Yaʼni, bir amr kifoya. U zot biror ishga, hatto qiyomatni qoyim qilishga ham ortiqcha urinmaydi. «Boʻl» desa, boʻlaveradi.

«Uning gapi haqdir».

Haq taoloning ishi haq boʻlganidek, gapi ham haq.

«Dud chalinadigan kuni mulk Unikidir».

Yaʼni, qiyomat kuni. Dud surnayga oʻxshab chalinadigan asbob boʻlib, oʻsha asbobni Isrofil alayhissalom chalganlaridan soʻng qiyomat qoim boʻladi. Shuning uchun ham, qiyomat kuni–dud chalinadigan kun, deb ham nomlanadi.

Oʻsha kunning moliki Alloh u kunda xohlaganini qiladi.

«U, gʻaybni ham, shohidni ham biluvchi Zotdir».

Yaʼni, maxfiyni ham, oshkorani ham biluvchi Zot. Oʻsha bilimi asosida bandalariga mukofot yoki jazo beradi.

«Va U hakiym va xabardor Zotdir».

Barcha ishni hikmat ila bajaradi. Barcha narsadan xabardor.

Keyingi oyatlarda surai karimaning asosiy mavzui boʻlmish ilohiyat va ubudiyat (xudolik va bandalik) haqiqati oʻtgan ummatlar taqdiri misolida bayon qilinadi. Oʻtgan ummatlar orasida Allohga shirk keltirishda gʻoyat mashhur boʻlgan qavmlardan biri Ibrohim alayhissalomning ummatlaridan edi. Buning ustiga, Qurʼoni Karim nozil boʻlayotgan paytdagi arab mushriklari–Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga va musulmonlarga yuzma-yuz qarshi turgan mushriklar oʻzlarini Ibrohim alayhissalomning millati va u zotning yoʻlida yurganlar deb, hisoblashar, bu bilan faxrlanishar edi. Xoʻsh, aslida Ibrohim alayhissalomning dinlari qanday boʻlgan? U zotning aqiydalari boʻyicha, xudolik va bandalik masalalariga qanday qaralgan?