أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَـٰهُمُ ٱلْكِتَـٰبَ وَٱلْحُكْمَ وَٱلنُّبُوَّةَ ۚ فَإِن يَكْفُرْ بِهَا هَـٰٓؤُلَآءِ فَقَدْ وَكَّلْنَا بِهَا قَوْمًا لَّيْسُوا۟ بِهَا بِكَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalar Biz ularga kitobni, hukmni va Payg`ambarlikni bergan zotlardir. Agar anavilar bularga kufr keltirsalar, batahqiqki, Biz ularga kufr keltirmaydigan qavmni vakil qilib qo`yganmiz.Ана ўшалар Биз уларга китобни, ҳукмни ва Пайғамбарликни берган зотлардир. Агар анавилар буларга куфр келтирсалар, батаҳқиқки, Биз уларга куфр келтирмайдиган қавмни вакил қилиб қўйганмиз.Alauddin Mansour: Ana oʻsha zotlarga Kitob, Hikmat va paygʻambarlik berganmiz. Bas, agar bu oyatlarni ana ular (yaʼni, Makka mushriklari) inkor etsalar, Biz bu oyatlarni inkor qilmaydigan qavm (yaʼni, moʻmin-musulmonlar) uchun tayyorlab qoʻyganmiz.Ана ўша зотларга Китоб, Ҳикмат ва пайғамбарлик берганмиз. Бас, агар бу оятларни ана улар (яъни, Макка мушриклари) инкор этсалар, Биз бу оятларни инкор қилмайдиган қавм (яъни, мўмин-мусулмонлар) учун тайёрлаб қўйганмиз.
Yaʼni, Biz yuqoridagi oyatlarda baʼzi Paygʻambarlarni zikr qildik, baʼzilariga ishora qildik:
«Ana oʻshalar Biz ularga kitobni, hukmni va Paygʻambarlikni bergan zotlardir».
Ulardan Dovudga Zabur, Musoga Tavrot, Iysoga Injil, Muhammadga Qurʼon berildi. Dovud va Sulaymonga hukm–podshohlik berildi. Hammalari Paygʻambar boʻldilar. Endi esa:
«Agar anavilar bularga kufr keltirsalar», yaʼni, mushrik va kofirlar ularga–kitob, hukm va Paygʻambarlarga kufr keltirsalar,
«...batahqiq, Biz ularga kufr keltirmaydigan qavmni vakil qilib qoʻyganmiz».
Yaʼni, «anavilar»ning kufri bilan biror narsa kamayib qolmaydi. Iymon va Islom ishini davom ettiruvchilar doimo keragicha topiladi.