أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ هَدَى ٱللَّهُ ۖ فَبِهُدَىٰهُمُ ٱقْتَدِهْ ۗ قُل لَّآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا ۖ إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرَىٰ لِلْعَـٰلَمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Bas, ularning hidoyatiga ergash. Sen: «Men sizlardan buning uchun haq so`ramasman. U, olamlar uchun eslatmadan iborat, xolos», – deb ayt.Ана ўшалар Аллоҳ ҳидоят қилган зотлардир. Бас, уларнинг ҳидоятига эргаш. Сен: «Мен сизлардан бунинг учун ҳақ сўрамасман. У, оламлар учун эслатмадан иборат, холос», – деб айт.Alauddin Mansour: Ana oʻsha (yuqorida mazkur boʻlgan zotlar) Alloh hidoyat qilgan kishilardir. Bas, oʻshalarning yoʻllarigagina ergashing! (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Men sizlardan buning uchun (yaʼni, Qurʼon uchun) haq soʻramayman. Bu (Kitob) butun olamlar uchun eslatma (hujjat)dir, xolos».Ана ўша (юқорида мазкур бўлган зотлар) Аллоҳ ҳидоят қилган кишилардир. Бас, ўшаларнинг йўлларигагина эргашинг! (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Мен сизлардан бунинг учун (яъни, Қуръон учун) ҳақ сўрамайман. Бу (Китоб) бутун оламлар учун эслатма (ҳужжат)дир, холос».
Zikr qilingan Paygʻambar alayhissalomlar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Allohdan kelgan hidoyat esa, doimo ergashish zarur boʻlgan narsadir. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam iqtido qilishlari lozim hidoyat ham shu hidoyatdir. Kishilar daʼvat qilinadigan hidoyat ham–shu. Ushbu hidoyatga chaqirish bilan birga, ularga qarab:
«Men sizlardan buning uchun haq soʻramasman»,–deydilar.
Bu tijorat yoxud oldi-berdi emas, bu ilohiy hidoyatdir. Insonlar, qoʻrqmang, turli xayollarga bormang. Balki, siz ushbu hidoyat tufayli ikki dunyo saodatiga erishasiz.
«U, olamlar uchun eslatmadan iborat, xolos».
Butun olamlar uchun eslatma. Bir qavm yoki millat uchun emas. Ishdan boʻshab, kuchdan ketgan nafaqaxoʻrlar uchungina emas, u hamma- hamma uchun, barcha olamlar uchun eslatmadir.
Ammo, odamlarning koʻplari buni tushunib yetmadilar.