QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят91

وَمَا قَدَرُوا۟ ٱللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِۦٓ إِذْ قَالُوا۟ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ عَلَىٰ بَشَرٍ مِّن شَىْءٍ ۗ قُلْ مَنْ أَنزَلَ ٱلْكِتَـٰبَ ٱلَّذِى جَآءَ بِهِۦ مُوسَىٰ نُورًا وَهُدًى لِّلنَّاسِ ۖ تَجْعَلُونَهُۥ قَرَاطِيسَ تُبْدُونَهَا وَتُخْفُونَ كَثِيرًا ۖ وَعُلِّمْتُم مَّا لَمْ تَعْلَمُوٓا۟ أَنتُمْ وَلَآ ءَابَآؤُكُمْ ۖ قُلِ ٱللَّهُ ۖ ثُمَّ ذَرْهُمْ فِى خَوْضِهِمْ يَلْعَبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular, Alloh basharga hech narsa tushirgani yo`q, deganlarida, Allohni to`g`ri taqdirlamadilar. «Muso kishilarga hidoyat va nur etib olib kelgan, uni siz qog`ozga tushirib olib, ba'zisini zohir, ko`pini maxfiy qilgan va siz ham, ota-bobolaringiz ham bilmagan narsalarni sizga o`rgatgan kitobni kim tushirdi?!» – deb ayt. «Alloh» – deb ayt. So`ngra, ularni tek qo`y, sho`ng`igan narsalarida o`ynayversinlar.Улар, Аллоҳ башарга ҳеч нарса туширгани йўқ, деганларида, Аллоҳни тўғри тақдирламадилар. «Мусо кишиларга ҳидоят ва нур этиб олиб келган, уни сиз қоғозга тушириб олиб, баъзисини зоҳир, кўпини махфий қилган ва сиз ҳам, ота-боболарингиз ҳам билмаган нарсаларни сизга ўргатган китобни ким туширди?!» – деб айт. «Аллоҳ» – деб айт. Сўнгра, уларни тек қўй, шўнғиган нарсаларида ўйнайверсинлар.Alauddin Mansour: (Yahudiylar): «Alloh basharga hech narsa nozil qilgan emas», degan paytlarida, Allohni toʻgʻri taniy olmadilar. Ayting: «Odamlar uchun nur va hidoyat boʻlgan holida Muso keltirgan, sizlar daftar qilib olib (ayrim oyatlarni) koʻrsatib, (Muhammad paygʻambar haqidagi) koʻp (oyatlarini esa yashirib yuradigan va (undagi oyatlarda) na oʻzlaringiz va na ota-bobolaringiz bilgan narsalar bayon etilgan Kitobni (Tavrotni) kim nozil qilgan edi?!»?»Alloh!», deb javob qiling. Soʻngra ularni oʻzlari shoʻngʻigan noToʻgʻri Yoʻllarida adashgan hollarida tark eting!(Яҳудийлар): «Аллоҳ башарга ҳеч нарса нозил қилган эмас», деган пайтларида, Аллоҳни тўғри таний олмадилар. Айтинг: «Одамлар учун нур ва ҳидоят бўлган ҳолида Мусо келтирган, сизлар дафтар қилиб олиб (айрим оятларни) кўрсатиб, (Муҳаммад пайғамбар ҳақидаги) кўп (оятларини эса яшириб юрадиган ва (ундаги оятларда) на ўзларингиз ва на ота-боболарингиз билган нарсалар баён этилган Китобни (Тавротни) ким нозил қилган эди?!»?»Аллоҳ!», деб жавоб қилинг. Сўнгра уларни ўзлари шўнғиган ноТўғри Йўлларида адашган ҳолларида тарк этинг!

139-sahifa · 7-juz · 14-hizb139-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасقَدَرُوا۟taqdirladilarтақдирладиларٱللَّهَAllohniАллоҳниحَقَّtoʻgʻriтўғриقَدْرِهِۦٓtaqdirlash ilaтақдирлаш илаإِذْoʻshandaўшандаقَالُوا۟ular dedilarулар дедиларمَآemasэмасأَنزَلَtushirdiтуширдиٱللَّهُAllohАллоҳعَلَىٰ-ga-гаبَشَرٍۢbasharбашарمِّن-dan-данشَىْءٍۢ ۗhech narsaҳеч нарсаقُلْsen aytсен айтمَنْkimкимأَنزَلَtushirdiтуширдиٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниٱلَّذِىshundaykiшундайкиجَآءَolib kelganолиб келганبِهِۦuniуниمُوسَىٰMusoМусоنُورًۭاnur etibнур этибوَهُدًۭىva hidoyatва ҳидоятلِّلنَّاسِ ۖkishilargaкишиларгаتَجْعَلُونَهُۥuni qilasizlarуни қиласизларقَرَاطِيسَqogʻozlarga (tushirib)қоғозларга (тушириб)تُبْدُونَهَاbaʼzisini zohir qilasizlarбаъзисини зоҳир қиласизларوَتُخْفُونَva maxfiy qilasizlarва махфий қиласизларكَثِيرًۭا ۖkoʻpiniкўпиниوَعُلِّمْتُمva sizga oʻrgatildiва сизга ўргатилдиمَّاnarsalarniнарсаларниلَمْemasэмасتَعْلَمُوٓا۟bildingizбилдингизأَنتُمْsiz hamсиз ҳамوَلَآva emasва эмасءَابَآؤُكُمْ ۖota-bobolaringizота-боболарингизقُلِdeb aytдеб айтٱللَّهُ ۖAllohАллоҳثُمَّsoʻngraсўнграذَرْهُمْularni tek qoʻyуларни тек қўйفِى-da-даخَوْضِهِمْshungʻigan narsalariшунғиган нарсалариيَلْعَبُونَoʻynayversinlarўйнайверсинлар
TafsirТафсир

Makka kofirlari Qurʼoni Karim nozil boʻlayotgan paytda bu haqda: «Alloh basharga hech narsa tushirgani yoʻq», degan boʻlsalar, bunday gaplarni hamma vaqt va hamma makonning kofirlari ham aytganlar. Bu botil gapni, ayniqsa, xudosiz kofirlar juda qoʻpol ravishda aytardilar. «Dunyodagi barcha dinlar xalqlar uchun afyundir» shiori ostidagi tashviqotlarining ajralmas qismi sifatida yolgʻon, igʻvo va boʻhtonlarga qorishtirib aytardilar. Ularning fikricha, Paygʻambarlar yolgʻonchi, aldamchi va firibgar shaxslar boʻlib, xudodan menga kitob tushdi deb, odamlarni aldab, oʻz foydalariga ishlatishga uringan emishlar. Xudosizlar Qurʼoni Karim haqida quyidagi afsona-boʻhtonni toʻqiganlar: «Arabistonda Muhammad ismli savdogar oʻtgan, u qirq yoshga kirganida qirq olimni toʻplab, ularga bir kitob yozishni buyurgan. Ular kitobni yozib «Qurʼon» deb nomlaganlar. Soʻngra, Muhammad hech kimga bildirmasdan olimlarning hammasini oʻldirib yuborgan. Kitobni esa, bedapoyaga yashirib qoʻyib, odamlarni toʻplab turib, ey odamlar, menga osmondan Alloh «Qurʼon» degan kitob tushirdi deb, yashirgan joyidan kitobni olib koʻrsatgan».

Bu, ularning Islom, Qurʼon va Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqlarida aytgan eng odobli soʻzlari hisoblanadi. Demak, Alloh basharga hech narsa nozil qilmagan, degan gap barcha kofirlarning har zamon va har makonda aytadigan gaplaridir. Ularning bu gaplari Allohni yaxshi tushunmaganlaridan, Uning sifatlaridan gʻofil ekanliklaridan kelib chiqqan. Ular bu daʼvoni qilganlarida:

«Ular, Alloh basharga hech narsa tushirgani yoʻq, deganlarida, Allohni toʻgʻri taqdirlamadilar».

Uning qadrini, qudratini, ilmini va boshqa sifatlarini bilmadilar. Bilsalar edi, bu gapni aytmas edilar.

Ushbu oyati karima tushayotgan makonda–Arabiston yarim orolida yashovchi kishilarga Muso alayhissalom tarixi yaxshi tanish edi. Shuningdek, u kishiga Alloh tushirgan Tavrot kitobi ham yot emas edi. Qolaversa, Muso alayhissalomga ummat boʻlgan, Tavrotga iymon keltirgan kishilar ham ular bilan yonma-yon yashar edilar. Shuning uchun ham, oyatda, Qurʼon Allohdan tushgan kitob emas, Alloh basharga hech narsa nozil qilgani yoʻq, deganlarga xitoban:

«Muso kishilarga hidoyat va nur etib olib kelgan, uni siz qogʻozga tushirib olib, baʼzisini zohir, koʻpini maxfiy qilgan va siz ham, ota-bobolaringiz ham bilmagan narsalarni sizga oʻrgatgan kitobni kim tushirdi?»–deyish Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga topshirilmoqda.

Oldilarida tirik guvoh turibdi-yu, ular Allohning basharga Kitob tushirganini inkor etadilar. Agar ularning gapi rost boʻlib, Alloh basharga hech narsa nozil qilmagan boʻlsa, Muso odamlarga hidoyat va nur qilib keltirgan Tavrotni kim tushirgan?! Nima uchun Tavrotni Musoga Alloh nozil qilganini tan oladilar, biroq Qurʼonga kelganda, Alloh basharga hech narsa nozil qilgani yoʻq, deydilar?! Yoki Muso bashar emasmi? Yoki Tavrot ham nozil boʻlmaganmi?! Yoʻq, unday emas, ular Musoni Paygʻambar deb ishonadilar. «Tavrot»ni Allohdan nozil boʻlgan ilohiy kitob deb biladilar. Balki:

«uni siz qogʻozga tushirib olib, baʼzisini zohir, koʻpini maxfiy qilgan...»

Yahudiylar Tavrotni yozib olishgach, undan oʻzlariga muvofiq oʻrinlarni odamlarga koʻrsatishar, muvofiq kelmagan oʻrinlarini esa, maxfiy tutishar edi.

Shu bilan birga, Tavrotni oʻzlari uchun ilm manbai hisoblashardi. Shunga koʻra Tavrot vasfida:

«Va siz ham, ota-bobolaringiz ham bilmagan narsalarni sizga oʻrgatgan», deyilmoqda.

Xoʻsh, ushbu vasflarga loyiq boʻlgan kitobni kim nozil qilgan? Javob kutib oʻtirishning hojati yoʻq. Chunki, yahudiylar ham, Arabiston yarim oroli mushriklari ham hozirgacha bir ovozdan, bu kitobni Alloh nozil qilgan, deb yurganlar. Endi ham inkor eta olmaydilar. Shu bois, javob ham savol beruvchi shaxsga–Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga topshirilmoqda:

«Alloh», – deb ayt».

Shuning oʻzi kifoya. Agar aqllari boʻlsa, Musoga Tavrotni tushirgan Alloh Muhammadga Qurʼonni nozil qilishi hech gap emasligini anglab oladilar. Agar aqllari boʻlmasa, bu oddiy haqiqatni tushunib yetmasalar:

«...ularni tek qoʻy, shoʻngʻigan narsalarida oʻynayversinlar».

Bunday johillar uchun jon kuydirishning hojati yoʻq. Ular bilmasa, boshqalar biladi.