QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят93

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ قَالَ أُوحِىَ إِلَىَّ وَلَمْ يُوحَ إِلَيْهِ شَىْءٌ وَمَن قَالَ سَأُنزِلُ مِثْلَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ ۗ وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلظَّـٰلِمُونَ فِى غَمَرَٰتِ ٱلْمَوْتِ وَٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ بَاسِطُوٓا۟ أَيْدِيهِمْ أَخْرِجُوٓا۟ أَنفُسَكُمُ ۖ ٱلْيَوْمَ تُجْزَوْنَ عَذَابَ ٱلْهُونِ بِمَا كُنتُمْ تَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ غَيْرَ ٱلْحَقِّ وَكُنتُمْ عَنْ ءَايَـٰتِهِۦ تَسْتَكْبِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga nisbatan yolg`on to`qigan yoki unga hech narsa vahiy qilinmasa ham, menga vahiy keldi, degan, yoxud Alloh nozil qilgan narsaga o`xshash narsani men ham nozil qilaman, degan kimsadan ham zolimroq kimsa bormi? Zolimlarning o`lim talvasasi paytlarini, farishtalarning ularga qo`l cho`zib: «Joningizni chiqaring! Bugungi kunda Allohga nisbatan nohaq gap aytganlaringiz uchun va Uning oyatlaridan mutakabbirlik qilib yurganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», – degandagi hollarini ko`rsang edi.Аллоҳга нисбатан ёлғон тўқиган ёки унга ҳеч нарса ваҳий қилинмаса ҳам, менга ваҳий келди, деган, ёхуд Аллоҳ нозил қилган нарсага ўхшаш нарсани мен ҳам нозил қиламан, деган кимсадан ҳам золимроқ кимса борми? Золимларнинг ўлим талвасаси пайтларини, фаришталарнинг уларга қўл чўзиб: «Жонингизни чиқаринг! Бугунги кунда Аллоҳга нисбатан ноҳақ гап айтганларингиз учун ва Унинг оятларидан мутакаббирлик қилиб юрганингиз учун хорлик азоби ила жазоланурсиз», – дегандаги ҳолларини кўрсанг эди.Alauddin Mansour: Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqigan yoki oʻziga hech narsa vahiy qilinmagan holda: «Menga vahiy keldi», degan hamda: «Alloh nozil qilgan narsaning mislini (oʻxshashini) men ham nozil qila olaman», deb daʼvo etgan kimsalardan ham zolimroq kim bor? (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), bu zolimlarni oʻlim girdobida qolgan, oʻlim farishtalari qoʻllarini choʻzib: «Jonlaringizni beringiz! Bu kun Alloh shaʼniga nohaq gaplarni aytganingiz va Uning oyatlaridan yuz oʻgirib, kibru havo qilganingiz sababli xorlik azobi bilan jazolanadigan kuningizdir», deb turgan paytda bir koʻrsangiz edi.Аллоҳ шаънига ёлғон тўқиган ёки ўзига ҳеч нарса ваҳий қилинмаган ҳолда: «Менга ваҳий келди», деган ҳамда: «Аллоҳ нозил қилган нарсанинг мислини (ўхшашини) мен ҳам нозил қила оламан», деб даъво этган кимсалардан ҳам золимроқ ким бор? (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), бу золимларни ўлим гирдобида қолган, ўлим фаришталари қўлларини чўзиб: «Жонларингизни берингиз! Бу кун Аллоҳ шаънига ноҳақ гапларни айтганингиз ва Унинг оятларидан юз ўгириб, кибру ҳаво қилганингиз сабабли хорлик азоби билан жазоланадиган кунингиздир», деб турган пайтда бир кўрсангиз эди.

139-sahifa · 7-juz · 14-hizb139-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنْva kimва кимأَظْلَمُzolimroqзолимроқمِمَّنِkimsadanкимсаданٱفْتَرَىٰyolgʻon toʻqiganёлғон тўқиганعَلَىnisbatanнисбатанٱللَّهِAllohgaАллоҳгаكَذِبًاyolgʻonёлғонأَوْyokiёкиقَالَdeganдеганأُوحِىَvahiy qilindiваҳий қилиндиإِلَىَّmengaменгаوَلَمْva emasва эмасيُوحَvahiy qilinganваҳий қилинганإِلَيْهِungaунгаشَىْءٌۭhech narsaҳеч нарсаوَمَنva kimва кимقَالَdeganдеганسَأُنزِلُmen nozil qilamanмен нозил қиламанمِثْلَoʻxshashўхшашمَآnarsagaнарсагаأَنزَلَnozil qilganнозил қилганٱللَّهُ ۗAllohАллоҳوَلَوْva agarва агарتَرَىٰٓkoʻrsang ediкўрсанг эдиإِذِpaytiniпайтиниٱلظَّـٰلِمُونَzolimlarзолимларفِى-da-даغَمَرَٰتِtalvasalaridaталвасаларидаٱلْمَوْتِoʻlimўлимوَٱلْمَلَـٰٓئِكَةُva farishtalarва фаришталарبَاسِطُوٓا۟choʻzuvchiчўзувчиأَيْدِيهِمْqoʻllariniқўллариниأَخْرِجُوٓا۟chiqaringчиқарингأَنفُسَكُمُ ۖjoningizniжонингизниٱلْيَوْمَbugungi kundaбугунги кундаتُجْزَوْنَjazolanursizжазоланурсизعَذَابَazobi ilaазоби илаٱلْهُونِxorlikхорликبِمَاsababliсабаблиكُنتُمْedingizэдингизتَقُولُونَgap aytarгап айтарعَلَىnisbatanнисбатанٱللَّهِAllohgaАллоҳгаغَيْرَboshqasini (nohaq)бошқасини (ноҳақ)ٱلْحَقِّhaqdanҳақданوَكُنتُمْva edingizва эдингизعَنْ-dan-данءَايَـٰتِهِۦUning oyatlaridanУнинг оятлариданتَسْتَكْبِرُونَmutakabbirlik qilib yurarмутакаббирлик қилиб юрар
TafsirТафсир

Kofir mushriklar Paygʻambar alayhissalomni inkor qilib, u zotga qoʻyayotgan ayblar gʻoyat katta ayblardir. Bu ishlarni qilish uchun cheksiz zolim boʻlish kerak. Avvalo, Alloh taologa nisbatan ulkan yolgʻon toʻqish kerak.

«Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan...»

Alloh taolo uni Paygʻambar qilib yubormasa ham, Alloh meni Paygʻambar qilib yubordi, deyish kerak.

Bu esa, ulkan zulmdir. Qolaversa:

«...unga hech narsa vahiy qilinmasa ham, menga vahiy keldi», deyishi kerak. Bu zulm ustiga zulmdir. Yoxud:

«Alloh nozil qilgan narsaga oʻxshash narsani men ham nozil qilaman», deyishi kerak.

Bunday ishlar Allohning mahbub Paygʻambaridan sodir boʻlishi aslo mumkin emas. Agar farazan, kimdir bunday zulmni qiladigan boʻlsa, albatta, jazosini tortadi va tezda fosh boʻladi. Tarix buning koʻpiga guvoh. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida Musaylamatul kazzob, uning xotini Sajoh binti al- Horis va al-Asvad al-Anasiylar shunday daʼvo bilan chiqdilar. Ammo, tezda sharmanda boʻldilar. Bunday kishilar eng zolim kishilar hisoblanadilar.

«...degan kimsadan ham zolimroq kimsa bormi?»

Ularning kimligini oyati karimadagi taʼrifdan ham bilib olish mumkin.

«Zolimlarning oʻlim talvasasi paytlarini, farishtalarning ularga qoʻl choʻzib: «Joningizni chiqaring! Bugungi kunda Allohga nisbatan nohaq gap aytganlaringiz uchun va Uning oyatlaridan mutakabbirlik qilib yurganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», – degandagi hollarini koʻrsang edi».

Ular oʻlim talvasasida qiynalib yotibdilar. Shunda azob farishtalari kelib, ularni azoblash uchun qoʻl choʻzadilar. Darhol azob bermasdan, maʼnaviy qiynoq ham boʻlishi uchun, talvasa chekayotgan bu zolimlarga qarata dahshatli ovozda:

«Joningizni chiqaring!»,–deb xitob qiladilar.

Soʻngra, ularning ustidan chiqarilgan hukmni va ushbu hukm chiqishiga sabab boʻlgan hodisani ham aytadilar:

«Bugungi kunda Allohga nisbatan nohaq gap aytganlaringiz uchun va uning oyatlaridan mutakabbirlik qilib yurganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz!»–deydilar.

Bu gʻoyatda dahshatli manzara. Uni koʻrgan odam dosh berolmaydi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitoban:

«koʻrsang edi», deyilishining oʻzidan ahvolni bilib olsa boʻladi.

Bu kazzob zolimlarga qarata taʼnaomuz gaplar kelasi oyatda ham davom etadi: