وَلَقَدْ جِئْتُمُونَا فُرَٰدَىٰ كَمَا خَلَقْنَـٰكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَتَرَكْتُم مَّا خَوَّلْنَـٰكُمْ وَرَآءَ ظُهُورِكُمْ ۖ وَمَا نَرَىٰ مَعَكُمْ شُفَعَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ زَعَمْتُمْ أَنَّهُمْ فِيكُمْ شُرَكَـٰٓؤُا۟ ۚ لَقَد تَّقَطَّعَ بَيْنَكُمْ وَضَلَّ عَنكُم مَّا كُنتُمْ تَزْعُمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Xuddi sizlarni dastlab xalq qilganimizdek, huzurimizga yakka-yakka keldingiz. Sizlarga bergan narsalarimizni ortingizda qoldirdingiz. Sizlar o`zingizcha sherik deb o`ylagan shafoatchilaringizni ko`rmayapmiz?! Batahqiq, oralaringiz uzildi. Siz da'vo qilgan narsa g`oyib bo`ldi.Худди сизларни дастлаб халқ қилганимиздек, ҳузуримизга якка-якка келдингиз. Сизларга берган нарсаларимизни ортингизда қолдирдингиз. Сизлар ўзингизча шерик деб ўйлаган шафоатчиларингизни кўрмаяпмиз?! Батаҳқиқ, ораларингиз узилди. Сиз даъво қилган нарса ғойиб бўлди.Alauddin Mansour: Mana, Bizning huzurimizga sizlarni avval-boshda qanday yaratgan boʻlsak, shunday yolgʻiz holda keldingiz. Sizlarga bergan narsalarimizni ortingizda qoldiribsiz. Sizlar bilan birga oʻzingizcha Allohga sherik deb gumon qilgan oqlovchilaringizni ham koʻrmayapmiz. Oʻrtalaringiz (orangiz) uzilib qolibdi. Ishonib yurgan narsalaringiz butlaringiz sizlardan yoʻq boʻlibdi!Мана, Бизнинг ҳузуримизга сизларни аввал-бошда қандай яратган бўлсак, шундай ёлғиз ҳолда келдингиз. Сизларга берган нарсаларимизни ортингизда қолдирибсиз. Сизлар билан бирга ўзингизча Аллоҳга шерик деб гумон қилган оқловчиларингизни ҳам кўрмаяпмиз. Ўрталарингиз (орангиз) узилиб қолибди. Ишониб юрган нарсаларингиз бутларингиз сизлардан йўқ бўлибди!
Farishtalar zolim, kofir va mushriklarni qiynab, jonlarini olgandan soʻng, ular Alloh taoloning huzuriga keltiriladilar. Xoru zor boʻlib, titrab-qaqshab turgan zolimlarga qarata ular yolgʻonga chiqargan Alloh deydi:
«Xuddi sizlarni dastlab xalq qilganimizdek, huzurimizga yakka-yakka keldingiz».
Sizlarni yakka-yakka yaratgan edik. Hammangiz onadan yolgʻiz-yolgʻiz tugʻilgansiz. U paytda yalangʻoch, chorasiz va kuchsiz-quvvatsiz edingiz. Mana, oʻlganingizdan soʻng yana Bizning huzurimizga yalangʻoch, chorasiz va kuchsiz-quvvatsiz holingizda, yakka-yakka boʻlib kelibsiz.
«Sizlarga bergan narsalarimizni ortingizda qoldirdingiz».
Alloh taolo sizga rizqu roʻz, molu dunyo, mansab-obroʻ, bola-chaqa, doʻstu yor va boshqa qimmatli narsalar bergan edi. Ularni orqangizda qoldirib kelibsiz. Ulardan hech birini birga olib kela bilmabsiz.
«Sizlar oʻzingizcha sherik deb oʻylagan shafoatchilaringizni koʻrmayapmiz?!»
Qani ular? Sizlar bilan kelishmadimi? U dunyoda, bu but va sanamlar bizni Allohga yaqinlashtiradilar, bizga shafoatchi boʻladilar deb, daʼvo qilar edingiz-ku? Qani oʻsha siz sherik deb oʻylagan butlaru sanamlar, oy-u yulduzlar, quyosh yoki odamlar?! Kelib endi sizga shafoatchilik qilmaydilarmi?! Yoʻq!!! Kela olmaydilar:
«Batahqiq, oralaringiz uzildi. Siz daʼvo qilgan narsa gʻoyib boʻldi».
Tamom. Endi ular bilan aloqa qila olmaysiz. Ular yoʻq boʻldi. Ular aslida ojiz narsalar edi. Ammo, endi butunlay yoʻq boʻldilar. Koʻz oldingizga ham kela olmaydilar.
Oʻtgan oyatlarda Allohning tavhidini, Paygʻambarlikning haqligini, ilohiy kitob haqligini va qiyomat qoim boʻlishi haqligini bayon qilib boʻlindi, kelasi oyatlarda oʻsha narsalarni qilishga qodir yagona Allohning vasfi keladi.