۞ إِنَّ ٱللَّهَ فَالِقُ ٱلْحَبِّ وَٱلنَّوَىٰ ۖ يُخْرِجُ ٱلْحَىَّ مِنَ ٱلْمَيِّتِ وَمُخْرِجُ ٱلْمَيِّتِ مِنَ ٱلْحَىِّ ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh donni ham, danakni ham yoruvchi Zotdir. U, o`likdan tirikni chiqarur va tirikdan o`likni chiqarguvchidir. Ana shunday Allohdir. Siz qayoqqa burilib ketyapsiz?!Албатта, Аллоҳ донни ҳам, данакни ҳам ёрувчи Зотдир. У, ўликдан тирикни чиқарур ва тирикдан ўликни чиқаргувчидир. Ана шундай Аллоҳдир. Сиз қаёққа бурилиб кетяпсиз?!Alauddin Mansour: Albatta, Alloh don va urugʻlarni yorib-undirguvchidir. U zot oʻlikdan tirikni chiqarur, oʻlikni tirikdan chiqarguvchidir. Ana oʻsha zot Allohdir. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?!Албатта, Аллоҳ дон ва уруғларни ёриб-ундиргувчидир. У зот ўликдан тирикни чиқарур, ўликни тирикдан чиқаргувчидир. Ана ўша зот Аллоҳдир. Бас, қаёққа бурилиб кетмоқдасизлар?!
Alloh taoloning borligi va Uning har bir narsaga qodirligini anglab yetish uchun bitta kichkina danak yoki undan ham kichikroq donga eʼtibor nazari bilan qarashning oʻzi kifoya.
«Albatta, Alloh donni ham, danakni ham yoruvchi Zotdir».
Xoʻsh, shu kichik don qayerdan paydo boʻlmoqda? Oʻziga oʻxshagan dondan. Oʻsha donni dehqon yerga sochadi yoki don yerga tushib qoladi. Shu bilan, dehqon ham yo biror texnika ham donga va unda kechadigan jarayonga aralasha olmaydi. Dondan oʻsimlik unib chiqadi. Yana aralasha olmaydi. Oʻsimlikdan asta-sekin donlar paydo boʻladi. Yana hech kim aralasha olmaydi. Qarabsizki, bir dondan bir necha don koʻpayibdi. Kim bu ishni oʻzicha qila oladi? Hech kim. Shuningdek, danak, xususan xurmo danagini anglatish uchun ushbu oyatda ishlatilgan «navo» soʻzi qattiq narsaga dalolat qiladi. Kim uni qoʻliga olib koʻrsa, unda oʻsish, harakat boʻlishi mumkinligini tasavvur ham qila olmaydi. Ammo, oʻsha danakdan daraxt oʻsadi. Oʻsha daraxtdan danak paydo boʻladi. Yana xuddi avvalgi holdagi kabi bu jarayonga Allohdan boshqa hech kim aralasha olmaydi. Shuning oʻzi Allohning biru borligiga dalolatdir.
«U, oʻlikdan tirikni chiqarur va tirikdan oʻlikni chiqarguvchidir».
Alloh taolo borliqni jonsiz qilib yaratgan edi. Yangi xalq qilingan borliq oʻlik edi. Soʻngra, Alloh taolo ushbu oʻlikdan tirik narsalarni chiqardi. Jumladan, oʻlik tuproqdan odamni yasab, unga jon ato qildi. Shuningdek, boshqa narsalarga ham jon–hayot ato ayladi. Hozirda ham jonsiz–oʻlik narsalardan turli oʻsimliklar dunyoga kelmoqda, ular ozuqa boʻlib, inson va hayvon jismida tirik hujayralarga aylanmoqda. Shu bilan bir vaqtda, tirik hujayralar, tirik jonlar oʻlmoqda, nabototlar qurimoqda. Bularning hammasini Alloh taolo qilyapti. Insoniyat oʻzini tanigandan beri birgalashib urinsa ham, biron narsaga jon–hayot ato etish u yoqda tursin, biror narsaning hayoti va jonining sirini bila olmay xunob. Shuningdek, hamma imkoniyatlarni ishga solib uringan insoniyat biror narsani oʻlimdan ham saqlab qola olmayapti. Shuning oʻzi Allohning biru borligiga dalil emasmi?!
Ey kofirlar, mushriklar! Sizlar unga nisbatan yolgʻon toʻqiyotgan Alloh:
«Ana shunday Allohdir. Siz qayoqqa burilib ketyapsiz?!»
Oʻylab koʻrsangiz boʻlmaydimi? Oʻzingiz bilmasangiz, bilganlardan soʻrang! Bu dunyoda hayot sirini oʻrgangan olimlar oxir-oqibat tan berib, iymonga kelmoqdalar. Ulardan soʻrab koʻring! Hammalari bir boʻlib uringanlarida ham biron jonliq yaratish u yoqda tursin, Alloh jon–hayot bergan narsalarga sirtdan oʻxshash narsa yarata olmasliklariga koʻzlari yetganidan Robbul Olamiynga tan berib, iymonga kelmoqdalar. Sizlar qayoqqa burilib ketyapsizlar?!
Bu ham yetmasa, boshqa narsalarga, kattaroq maxluqotlarga, koʻz oʻngingizda doimo namoyon boʻlib turuvchi narsalarga nazar soling, ehtimol, shunda oʻzingizga kelarsiz. U, Alloh: