QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mumtahanah surasi · Oyatсураси · Оят1

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّخِذُوا۟ عَدُوِّى وَعَدُوَّكُمْ أَوْلِيَآءَ تُلْقُونَ إِلَيْهِم بِٱلْمَوَدَّةِ وَقَدْ كَفَرُوا۟ بِمَا جَآءَكُم مِّنَ ٱلْحَقِّ يُخْرِجُونَ ٱلرَّسُولَ وَإِيَّاكُمْ ۙ أَن تُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ رَبِّكُمْ إِن كُنتُمْ خَرَجْتُمْ جِهَـٰدًا فِى سَبِيلِى وَٱبْتِغَآءَ مَرْضَاتِى ۚ تُسِرُّونَ إِلَيْهِم بِٱلْمَوَدَّةِ وَأَنَا۠ أَعْلَمُ بِمَآ أَخْفَيْتُمْ وَمَآ أَعْلَنتُمْ ۚ وَمَن يَفْعَلْهُ مِنكُمْ فَقَدْ ضَلَّ سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Agar Mening yo`limda jihod qilib va roziligimni so`rab chiqqan bo`lsangiz, Mening dushmanlarimni va o`zingizning dushmanlaringizni do`st tutmanglar. Sizlar ularga do`stlik qilasizlar, ular bo`lsa, sizlarga kelgan haqqa kufr keltirurlar. Robbingiz bo`lmish Allohga iymon keltirganingiz uchun, Payg`ambarni va sizni haydab chiqarurlar. Siz ularga do`stlik qilib sir aytursiz. Holbuki, Men nimani maxfiy tutganingizniyu nimani oshkor qilganingizni juda yaxshi bilurman. Oralaringizda kim o`sha ishni qilsa, to`g`ri yo`ldan adashgan bo`lur.Эй, иймон келтирганлар! Агар Менинг йўлимда жиҳод қилиб ва розилигимни сўраб чиққан бўлсангиз, Менинг душманларимни ва ўзингизнинг душманларингизни дўст тутманглар. Сизлар уларга дўстлик қиласизлар, улар бўлса, сизларга келган ҳаққа куфр келтирурлар. Роббингиз бўлмиш Аллоҳга иймон келтирганингиз учун, Пайғамбарни ва сизни ҳайдаб чиқарурлар. Сиз уларга дўстлик қилиб сир айтурсиз. Ҳолбуки, Мен нимани махфий тутганингизнию нимани ошкор қилганингизни жуда яхши билурман. Ораларингизда ким ўша ишни қилса, тўғри йўлдан адашган бўлур.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, Mening dushmanim va sizlarning dushmanlaringiz (boʻlgan mushriklar)ni doʻst tutmanglar! Sizlar ularga doʻstlik (haqida xat-xabar) yuborursizlar, holbuki, ular sizlarga kelgan Haq (din va Qurʼon)ga kofir boʻlgandirlar! Ular paygʻambarni ham, sizlarni ham Parvardigorlaringiz boʻlmish Allohga iymon keltirganlaringiz sababli (oʻz diyorlaringizdan) haydab chiqarmoqdalar-ku! Agar sizlar Mening yoʻlimda jihod qilish uchun va Mening roziligimni istab chiqqan boʻlsangizlar (u holda mushrik-kofir kimsalarni doʻst tutmanglar)! Sizlar ularga pinhona doʻstlik qilmoqdasizlar. Holbuki, Men sizlar yashirgan narsani ham, oshkor qilgan narsani ham juda yaxshi bilguvchidirman! Sizlardan kim shu (ish)ni qilsa, bas, aniqki, u Toʻgʻri Yoʻldan ozibdi!Эй мўминлар, Менинг душманим ва сизларнинг душманларингиз (бўлган мушриклар)ни дўст тутманглар! Сизлар уларга дўстлик (ҳақида хат-хабар) юборурсизлар, ҳолбуки, улар сизларга келган Ҳақ (дин ва Қуръон)га кофир бўлгандирлар! Улар пайғамбарни ҳам, сизларни ҳам Парвардигорларингиз бўлмиш Аллоҳга иймон келтирганларингиз сабабли (ўз диёрларингиздан) ҳайдаб чиқармоқдалар-ку! Агар сизлар Менинг йўлимда жиҳод қилиш учун ва Менинг розилигимни истаб чиққан бўлсангизлар (у ҳолда мушрик-кофир кимсаларни дўст тутманглар)! Сизлар уларга пинҳона дўстлик қилмоқдасизлар. Ҳолбуки, Мен сизлар яширган нарсани ҳам, ошкор қилган нарсани ҳам жуда яхши билгувчидирман! Сизлардан ким шу (иш)ни қилса, бас, аниқки, у Тўғри Йўлдан озибди!

549-sahifa · 28-juz · 55-hizb549-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَoʻshalarўшаларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларلَاemasэмасتَتَّخِذُوا۟tutmanglarтутмангларعَدُوِّىMening dushmanlarimniМенинг душманларимниوَعَدُوَّكُمْva dushmanlaringizniва душманларингизниأَوْلِيَآءَdoʻstlar qilibдўстлар қилибتُلْقُونَizhor qilasizlarизҳор қиласизларإِلَيْهِمulargaуларгаبِٱلْمَوَدَّةِdoʻstlikniдўстликниوَقَدْholbuki, batahqiqҳолбуки, батаҳқиқكَفَرُوا۟kufr keltirdilarкуфр келтирдиларبِمَاnarsagaнарсагаجَآءَكُمsizga kelganсизга келганمِّنَ-dan-данٱلْحَقِّhaqҳақيُخْرِجُونَhaydab chiqararlarҳайдаб чиқарарларٱلرَّسُولَPaygʻambarniПайғамбарниوَإِيَّاكُمْ ۙva sizniва сизниأَنuchunучунتُؤْمِنُوا۟iymon keltirganingizиймон келтирганингизبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаرَبِّكُمْRobbingiz boʻlmishРоббингиз бўлмишإِنagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизخَرَجْتُمْchiqqanчиққанجِهَـٰدًۭاjihod qilibжиҳод қилибفِى-da-даسَبِيلِىMening yoʻlimМенинг йўлимوَٱبْتِغَآءَva soʻrabва сўрабمَرْضَاتِى ۚroziligimniрозилигимниتُسِرُّونَsir aytasizlarсир айтасизларإِلَيْهِمulargaуларгаبِٱلْمَوَدَّةِdoʻstlikniдўстликниوَأَنَا۠va Menва Менأَعْلَمُjuda yaxshi bilurmanжуда яхши билурманبِمَآnimaniниманиأَخْفَيْتُمْmaxfiy tutganingizniмахфий тутганингизниوَمَآva nimaniва ниманиأَعْلَنتُمْ ۚoshkor qilganingizniошкор қилганингизниوَمَنva kimва кимيَفْعَلْهُuni qilsaуни қилсаمِنكُمْoralaringizdaораларингиздаفَقَدْbas, batahqiqбас, батаҳқиқضَلَّadashdiадашдиسَوَآءَtoʻgʻriтўғриٱلسَّبِيلِyoʻldanйўлдан
TafsirТафсир

Alloh taolo biror muhim ishni aytmoqchi boʻlsa, musulmonlarning ragʻbatini qoʻzituvchi.

«Ey, iymon keltirganlar!» degan chiroyli murojaatni ishlatadi. Ushbu oyatni ham mazkur ibora bilan boshlaydi va ragʻbatni yana qoʻzitadigan

«Agar Mening yoʻlimda jihod qilib va roziligimni soʻrab chiqqan boʻlsangiz» degan iborani qoʻllaydi.

Haqiqatan, moʻmin-musulmonlar oʻzlarining ona yurtlari Makkayu Mukarramani tashlab, koʻchib chiqib ketishlaridan asosiy maqsadlari iymonni saqlash, Allohning yoʻlida jihod qilib, Uning roziligini topish edi. Shunday oliy maqsad bilan hijrat qilgan ulugʻ shaxslar ichidan ham mushriklarga Paygʻambar alayhissalomning sirlarini oshkor qiluvchilar chiqib qoldi. Siz hech qachon

«Mening dushmanlarimni va oʻzingizning dushmanlaringizni doʻst tutmanglar».

Allohning va musulmonlarning dushmanlariga doʻstlik qiluvchi kishilar bilib qoʻysinlarki, mushriklar musulmonlarga kelgan haqqa–Qurʼon va Islomga kofir boʻlganlar. Ha,

«Sizlar ularga doʻstlik qilursizlar, ular boʻlsa, sizlarga kelgan haqqa kufr keltirurlar».

Bu ham yetmaganidek, Paygʻambarning va moʻminlarning iymonlarini ayb hisoblab, oʻz diyorlaridan haydab chiqarganlar.

«Robbingiz boʻlmish Allohga iymon keltirganingiz uchun, Paygʻambarni va sizni haydab chiqarurlar.»

Shuning uchun, u mushriklarni doʻst tutmaslik kerak. Birov bilmaydi, deb ularga sir aytmang, Alloh taolo siru oshkor barcha amallaringizni bilib turuvchi Zotdir.

«Siz ularga doʻstlik qilib sir aytursiz. Holbuki, Men nimani maxfiy tutganingizniyu nimani oshkor qilganingizni juda yaxshi bilurman.»

Agar kimki mushriklarga doʻstlik qilsa, toʻgʻri yoʻldan adashgan boʻladi. Ha,

«Oralaringizda kim oʻsha ishni qilsa, toʻgʻri yoʻldan adashgan boʻlur».

Ikkinchi oyatda Alloh taolo kofirlarning haqiqatini koʻrsatadi. Ularning qalblarida moʻminlarga nisbatan nimalar borligini bayon qiladi: