QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mumtahanah surasi · Oyatсураси · Оят2

إِن يَثْقَفُوكُمْ يَكُونُوا۟ لَكُمْ أَعْدَآءً وَيَبْسُطُوٓا۟ إِلَيْكُمْ أَيْدِيَهُمْ وَأَلْسِنَتَهُم بِٱلسُّوٓءِ وَوَدُّوا۟ لَوْ تَكْفُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ular sizdan ustun kelsalar, sizga dushman bo`lurlar va sizlarga qo`llariyu tillari bilan yomonlik yetkazishga intilurlar. Va sizlarning kofir bo`lishlaringizni xohlarlar.Агар улар сиздан устун келсалар, сизга душман бўлурлар ва сизларга қўлларию тиллари билан ёмонлик етказишга интилурлар. Ва сизларнинг кофир бўлишларингизни хоҳларлар.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), agar ular (mushriklar) sizlarga zafar topsalar, dushmanlaringiz boʻlurlar va sizlarga qoʻl va tillarini yomonlik bilan choʻzurlar (yaʼni, sizlarni oʻldirurlar, haqoratlar qilurlar). Ular sizlarning yana kofir boʻlishlaringizni istarlar.(Эй мўминлар), агар улар (мушриклар) сизларга зафар топсалар, душманларингиз бўлурлар ва сизларга қўл ва тилларини ёмонлик билан чўзурлар (яъни, сизларни ўлдирурлар, ҳақоратлар қилурлар). Улар сизларнинг яна кофир бўлишларингизни истарлар.

549-sahifa · 28-juz · 55-hizb549-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنagarагарيَثْقَفُوكُمْsizdan ustun kelsalarсиздан устун келсаларيَكُونُوا۟boʻlarlarбўларларلَكُمْsizlargaсизларгаأَعْدَآءًۭdushmanlarдушманларوَيَبْسُطُوٓا۟va choʻzarlarва чўзарларإِلَيْكُمْsizlargaсизларгаأَيْدِيَهُمْqoʻllariniқўллариниوَأَلْسِنَتَهُمva tillariniва тиллариниبِٱلسُّوٓءِyomonlik ilaёмонлик илаوَوَدُّوا۟va xohlarlarва хоҳларларلَوْkoshkiкошкиتَكْفُرُونَkofir boʻlsangizкофир бўлсангиз
TafsirТафсир

Alloh taolo kofirlar musulmonlarga hech qachon yaxshilikni ravo koʻrmasligini taʼkidlamoqda.

Ey moʻminlar, sizlardan baʼzilaringiz kofirlarni doʻst tutib, ularga davlat sirini yashirin ravishda sotishgacha borib yetmoqdalar. Ammo kofirlar imkon topganlarida hech kimni ayamaydilar.

«Agar ular sizdan ustun kelsalar, sizga dushman boʻlurlar va sizlarga qoʻllariyu tillari bilan yomonlik yetkazishga intilurlar.»

Demak, kofirlar musulmonlardan ustun boʻla olmay turgandagina ularga dushmanlik qilmay va qoʻllariyu tillari bilan yomonlik yetkaza olmay turadilar. Agar ular musulmonlardan ustun kelsalar, dushman boʻladilar va ularga qoʻllariyu tillari bilan yomonlik yetkazishga intiladilar.

Qadimda ham shundoq boʻlgan, hozirda ham shundoq. Afsuski, qadimda ham musulmonlar ichida kofirlarga sir sotib, millatga xoinlik qilganlar boʻlgan, hozirda ham bor.

Xoʻsh, kofirlar oʻzlarini bundoq tutish ila nimani xohlaydilar?

«Va sizlarning kofir boʻlishlaringizni xohlarlar.»

Siz ham oʻzlariga oʻxshab kofir boʻlsangizgina dushmanlik qilmaydilar va qoʻllariyu tillari bilan yomonlik yetkazishga intilmaydilar.

Ushbu haqiqatni har biringiz yaxshi bilmogʻingiz zarur.

Maʼlumki, yuqorida zikr qilingan Hotib ibn Abi Baltaʼa bola-chaqasini, qarindoshlarini oʻylab sirni fosh qilishga harakat qilgan edi. Kelasi oyat uning bu ishini malomat qiladi. Qarindosh-urugʻ, bola-chaqa deb dinga zarar keltiradigan ishlarni qilish notoʻgʻri ekanini taʼkidlaydi: