لَن تَنفَعَكُمْ أَرْحَامُكُمْ وَلَآ أَوْلَـٰدُكُمْ ۚ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ يَفْصِلُ بَيْنَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qarindoshlaringiz va farzandlaringiz sizga hech manfaat bera olmaslar. Qiyomat kuni U zot oralaringizni bo`ladir. Alloh nima qilayotganingizni ko`rib turguvchidir.Қариндошларингиз ва фарзандларингиз сизга ҳеч манфаат бера олмаслар. Қиёмат куни У зот ораларингизни бўладир. Аллоҳ нима қилаётганингизни кўриб тургувчидир.Alauddin Mansour: (Qiyomat Kunida) sizlarga qarindosh-urugʻlaringiz ham, bola-chaqalaringiz ham hargiz foyda bermas! Qiyomat Kunida (Alloh) oʻrtalaringizni ajratib qoʻyur. (Bas, nechun oʻsha urugʻ-avlodingizni himoya qilish uchun Allohga gunohkor boʻlmoqdasizlar?!) Alloh qilayotgan amallaringizni koʻrib turguvchidir.(Қиёмат Кунида) сизларга қариндош-уруғларингиз ҳам, бола-чақаларингиз ҳам ҳаргиз фойда бермас! Қиёмат Кунида (Аллоҳ) ўрталарингизни ажратиб қўюр. (Бас, нечун ўша уруғ-авлодингизни ҳимоя қилиш учун Аллоҳга гуноҳкор бўлмоқдасизлар?!) Аллоҳ қилаётган амалларингизни кўриб тургувчидир.
Inson qarindosh-urugʻ va bola-chaqa uchun dinga qarshi ish qilmasligi kerak. Ularning foydasini koʻzlash Islomga qarshi ish qilishga bahona boʻla olmaydi. Qiyomat kuni bu bahona zinhor hisobga olinmaydi.
«Qarindoshlaringiz va farzandlaringiz sizga hech manfaat bera olmaslar. Qiyomat kuni U zot oralaringizni boʻladir.»
Demak, qiyomat kuni hamma oʻzi bilan ovora boʻlib qoladi. Qarindosh-urugʻ, farzandlar hech yordam bera olmaydilar. Shuning uchun, ularni deb dinga zarar yetkazish, Allohga gunohkor boʻlish har kimning oʻziga ziyon.
«Alloh nima qilayotganingizni koʻrib turguvchidir.»
Jumladan, qarindoshim, bola-chaqam deb, hech kimga bildirmay kofirlarga sir aytgan boʻlsangiz ham, Alloh taolo koʻrib turuvchidir.
Kelasi oyatlarda kofirlarni doʻst tutmaslik fikriga tagʻin eʼtibor qaratilib, oʻrnak uchun tarixdan misol keltiriladi. Bu misol ulugʻ Paygʻambar Ibrohim alayhissalom va u kishiga ergashgan moʻminlar siymosida namoyon boʻladi.