قَدْ كَانَتْ لَكُمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ فِىٓ إِبْرَٰهِيمَ وَٱلَّذِينَ مَعَهُۥٓ إِذْ قَالُوا۟ لِقَوْمِهِمْ إِنَّا بُرَءَٰٓؤُا۟ مِنكُمْ وَمِمَّا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ كَفَرْنَا بِكُمْ وَبَدَا بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمُ ٱلْعَدَٰوَةُ وَٱلْبَغْضَآءُ أَبَدًا حَتَّىٰ تُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَحْدَهُۥٓ إِلَّا قَوْلَ إِبْرَٰهِيمَ لِأَبِيهِ لَأَسْتَغْفِرَنَّ لَكَ وَمَآ أَمْلِكُ لَكَ مِنَ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍ ۖ رَّبَّنَا عَلَيْكَ تَوَكَّلْنَا وَإِلَيْكَ أَنَبْنَا وَإِلَيْكَ ٱلْمَصِيرُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Haqiqatan, sizlarga Ibrohim va u bilan birga bo`lganlarda yaxshi o`rnak bor. Ular: «Biz sizdan va siz ibodat qilayotgan narsadan bezormiz, sizga kufr keltirdik, endi, toki yagona Allohga iymon keltirmagunlaringizcha, oramizda doimiy adovat va kuchli nafrat paydo bo`ldi», dedilar. Ammo, Ibrohimning otasiga qarata: «Albatta, sen uchun istig`for aytaman. Sendan Alloh(azobi)dan biror narsa qaytarishga molik emasman», degan so`zida (o`rnak yo`q). «Ey Robbimiz, faqat Senga tavakkal qildik, faqat Sengagina qaytdik va qaytib boradigan joy ham faqat Sengaginadir».Ҳақиқатан, сизларга Иброҳим ва у билан бирга бўлганларда яхши ўрнак бор. Улар: «Биз сиздан ва сиз ибодат қилаётган нарсадан безормиз, сизга куфр келтирдик, энди, токи ягона Аллоҳга иймон келтирмагунларингизча, орамизда доимий адоват ва кучли нафрат пайдо бўлди», дедилар. Аммо, Иброҳимнинг отасига қарата: «Албатта, сен учун истиғфор айтаман. Сендан Аллоҳ(азоби)дан бирор нарса қайтаришга молик эмасман», деган сўзида (ўрнак йўқ). «Эй Роббимиз, фақат Сенга таваккал қилдик, фақат Сенгагина қайтдик ва қайтиб борадиган жой ҳам фақат Сенгагинадир».Alauddin Mansour: Sizlar uchun Ibrohim va u bilan birga boʻlgan kishilarda (ularning kofirlarga qilgan munosabatlarida) goʻzal namuna bordir. Eslangiz, ular oʻz qavmlariga: «Darhaqiqat, bizlar sizlardan va sizlar Allohni qoʻyib ibodat qilayotgan butlaringizdan bezormiz. Bizlar sizlar (ishonib, «ibodat» qilayotgan but-sanamlar)ni inkor etdik. Toki sizlar yolgʻiz Allohga iymon keltirgunlaringizcha sizlar bilan bizning oʻrtamizda mangu adovat va yomon koʻrish zohirdir», dedilar. Faqat Ibrohim oʻz(ining kofir boʻlgan) otasiga: «Albatta men (Allohdan) sen uchun magʻfirat soʻrayman, (lekin) senga Alloh tomonidan boʻladigan biron narsani (azobni qaytarishga) molik emasman», (degan soʻzlarigina sizlarga namuna boʻlmasin)! (Ibrohim va u bilan birga boʻlgan moʻminlar yana shunday duo qilgan edilar): «Parvardigoro, yolgʻiz Oʻzingga tavakkul qildik va Oʻzingga inobat-tavba qildik. Yolgʻiz Sengagina qaytishimiz bordir.Сизлар учун Иброҳим ва у билан бирга бўлган кишиларда (уларнинг кофирларга қилган муносабатларида) гўзал намуна бордир. Эслангиз, улар ўз қавмларига: «Дарҳақиқат, бизлар сизлардан ва сизлар Аллоҳни қўйиб ибодат қилаётган бутларингиздан безормиз. Бизлар сизлар (ишониб, «ибодат» қилаётган бут-санамлар)ни инкор этдик. Токи сизлар ёлғиз Аллоҳга иймон келтиргунларингизча сизлар билан бизнинг ўртамизда мангу адоват ва ёмон кўриш зоҳирдир», дедилар. Фақат Иброҳим ўз(ининг кофир бўлган) отасига: «Албатта мен (Аллоҳдан) сен учун мағфират сўрайман, (лекин) сенга Аллоҳ томонидан бўладиган бирон нарсани (азобни қайтаришга) молик эмасман», (деган сўзларигина сизларга намуна бўлмасин)! (Иброҳим ва у билан бирга бўлган мўминлар яна шундай дуо қилган эдилар): «Парвардигоро, ёлғиз Ўзингга таваккул қилдик ва Ўзингга инобат-тавба қилдик. Ёлғиз Сенгагина қайтишимиз бордир.
Maʼlumki, Ibrohim alayhissalomga va u kishiga ergashgan moʻminlarga oʻz qavmlari koʻp ozor yetkazishgan. Dinga uzoq daʼvat etishlariga qaramay, kufrda qolaverishgan. Boz ustiga, Ibrohim Paygʻambar ularning butlarini sindirganlari uchun u zotni oʻtda yoqishga harakat qilishgan. Ibrohim alayhissalom va u kishiga ergashgan moʻminlar esa, qarindoshlik va oilaviy aloqalardan koʻra iymon aloqasini yuqori qoʻyganlar. Din yoʻli bilan qarindosh-urugʻchilik va oilaviy manfaatlar toʻqnashganda, hech ikkilanmay, din ishlarini tanlaganlar.
Bu tarix keyingi moʻminlar avlodiga oʻrnak boʻlishi lozim.
«Haqiqatan, sizlarga Ibrohim va u bilan birga boʻlganlarda yaxshi oʻrnak bor. Ular: «Biz sizdan va siz ibodat qilayotgan narsadan bezormiz, sizga kufr keltirdik, endi, toki yagona Allohga iymon keltirmagunlaringizcha, oramizda doimiy adovat va kuchli nafrat paydo boʻldi», dedilar.»
Ibrohim alayhissalom va u kishi bilan birga boʻlgan moʻminlar johil qavmga qarata: «Sizdan va sizning butlaringizdan bezormiz, sizning diningizga kufr keltirdik», deganlar va oʻzlari yagona Allohga ibodat qilganlar. Demak, moʻminlar kofirlardan va ularning butu sanamlaridan chetda boʻlmoqlari darkor. Oʻrnak olishimiz lozim boʻlgan yana bir hol, ularning: «Toki yagona Allohga iymon keltirmagunlaringizcha, oramizda doimiy adovat va kuchli nafrat paydo boʻldi», degan soʻzlaridir.
Ibrohim alayhissalomdan oʻrnak olmaydigan bitta narsa bor.
«Ammo, Ibrohimning otasiga qarata, albatta sen uchun istigʻfor ayturman, Sendan Alloh(azobi)dan biror narsa qaytarishga molik emasman, degan soʻzida (oʻrnak yoʻq).»
U kishining otalari Ozar ham kofirlardan edi. Farzandchilik, Ibrohim Paygʻambar otalariga rahimlari kelib: «Albatta, sen uchun istigʻfor aytaman», yaʼni, Allohdan gunohingni kechishini soʻrayman, deya vaʼda berganlar. Lekin otaning iymonga kelmasligiga koʻzlari yetgach, «Sendan Allohning azobini qaytarishga molik emasman», deb qoʻshib qoʻyganlar.
Oyatning oxirida Ibrohim alayhissalom bilan u kishiga ergashgan moʻminlarning shu hodisadan keyin Alloh taologa qilgan iltijolari keltirilgan.
«Ey Robbimiz, faqat Senga tavakkal qildik, faqat Sengagina qaytdik va qaytib boradigan joy ham faqat Sengaginadir».
Yaʼni, ey Robbimiz, biz barcha ishlarimizda faqat Sening Oʻzinggagina suyandik. Gunohlarimizdan tavba qilib, faqat Sening Oʻzinggagina qaytdik. Va oxiratda ham qaytib boradigan joyimiz faqat Sening Oʻzingginadir.
Ibrohim alayhissalom bilan u kishiga ergashgan moʻminlarning Alloh taologa iltijolari keyingi oyatda ham davom etadi.