رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا فِتْنَةً لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَٱغْفِرْ لَنَا رَبَّنَآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey Robbimiz, bizni kofirlarga fitna qilib qo`ymagin va bizni kechirgin. Ey Robbimiz, albatta Sen, O`zing o`olibsan va Hakiymsan».«Эй Роббимиз, бизни кофирларга фитна қилиб қўймагин ва бизни кечиргин. Эй Роббимиз, албатта Сен, Ўзинг ўолибсан ва Ҳакиймсан».Alauddin Mansour: Parvardigoro, bizlarni bu kofir boʻlgan kimsalarga maftun-aldanguvchi qilib qoʻymagin, bizlarni(ng gunohlarimizni) magʻfirat qilgin. Parvardigoro, albatta Sen Oʻzing qudrat va hikmat Sohibidirsan».Парвардигоро, бизларни бу кофир бўлган кимсаларга мафтун-алдангувчи қилиб қўймагин, бизларни(нг гуноҳларимизни) мағфират қилгин. Парвардигоро, албатта Сен Ўзинг қудрат ва ҳикмат Соҳибидирсан».
«Fitna» soʻzi bir necha xil maʼnoda, jumladan, sinov, azob, adashuv va kufr maʼnolarida ishlatiladi. Shunga binoan, oyatning maʼnosi bir necha xil chiqishi mumkin.
«Ey Robbimiz, bizni kofirlarga fitna qilib qoʻymagin va bizni kechirgin.»
1. Ey Robbimiz, bizni kofirlarning yoʻldan toyishlariga sabab qilib qoʻyma. Yaʼni, bizni yomon ishlardan pok saqlagin, toki, ular dinga kirmoqchi boʻlib turganlarida aynab qolishmasin, degani.
2. Ey Robbimiz, bizni kofirlar qoʻlida azoblanishga duchor qilmagin.
3. Ey Robbimiz, ularni bizning ustimizdan hokim qilmagilki, bizni dindan chiqarmasinlar va hokazo.
«Ey Robbimiz, albatta, Sen, Oʻzing gʻolibsan va hakiymsan.»
Ey Robbimiz, Sen Oʻzing gʻoliblik sifating ila bizga kofirlar ustidan gʻalaba ato qilgin.
Ey Robbimiz, Sen Oʻzing hakiymlik sifating ila bizning ishlarimiz hikmatli boʻlishini nasib etgin.
Soʻngra, Ibrohim alayhissalom va ul kishiga ergashganlardan oʻrnak olishga chaqiriq yangitdan takrorlanadi.