لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِيهِمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِّمَن كَانَ يَرْجُوا۟ ٱللَّهَ وَٱلْيَوْمَ ٱلْـَٔاخِرَ ۚ وَمَن يَتَوَلَّ فَإِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, kimning Allohdan va qiyomat kunidan umidi bo`lsa, shular uchun ularda yaxshi o`rnak bor edi. Lekin kim yuz o`girsa (bilib qo`ysinki), Alloh behojat, maqtalgan Zotdir.Албатта, кимнинг Аллоҳдан ва қиёмат кунидан умиди бўлса, шулар учун уларда яхши ўрнак бор эди. Лекин ким юз ўгирса (билиб қўйсинки), Аллоҳ беҳожат, мақталган Зотдир.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, sizlar uchun — Alloh va Oxirat Kunidan umidvor boʻlgan kishilar uchun ularda (Ibrohim paygʻambar va u zot bilan birga boʻlgan moʻminlarning tutgan yoʻllarida) goʻzal namuna bordir. Kim (Islomdan va mana shu pand-nasihatlardan) yuz oʻgirib ketsa, u holda albatta Alloh (unday kimsalardan) behojat va maqtovga loyiq Zotdir.Дарҳақиқат, сизлар учун — Аллоҳ ва Охират Кунидан умидвор бўлган кишилар учун уларда (Иброҳим пайғамбар ва у зот билан бирга бўлган мўминларнинг тутган йўлларида) гўзал намуна бордир. Ким (Исломдан ва мана шу панд-насиҳатлардан) юз ўгириб кетса, у ҳолда албатта Аллоҳ (ундай кимсалардан) беҳожат ва мақтовга лойиқ Зотдир.
Yaʼni, Ibrohim alayhissalom va u kishiga ergashgan moʻminlardan bu dunyoyu u dunyoda Alloh taolodan yaxshilik umid qilganlar oʻrnak oladi. Agar kimki iymondan yuz oʻgirsa, oʻgiraversin, Allohning biror joyi kamayib qolmaydi. Chunki, bandalarga Uning hojati tushmaydi va U shundoq ham maqtovga sazovor Zot. Odamlarning iymondan yuz oʻgirishlari oʻzlariga ziyon.
Bunday daʼvatlardan soʻng baʼzi kishilarda «Boshqa dindagilar bilan umuman aloqa qilib boʻlmas ekan-da», degan fikr paydo boʻlishi turgan gap. Shunga oʻxshash fikrlarni rad etish uchun kelgusi oyatlar nozil qilingan.