۞ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَجْعَلَ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَ ٱلَّذِينَ عَادَيْتُم مِّنْهُم مَّوَدَّةً ۚ وَٱللَّهُ قَدِيرٌ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shoyadki, Alloh sizlar bilan ular ichidagi dushmanlaringiz o`rtasida do`stlik paydo qilsa, Alloh bunga qodirdir. Alloh kechiruvchi va rahiymlidir.Шоядки, Аллоҳ сизлар билан улар ичидаги душманларингиз ўртасида дўстлик пайдо қилса, Аллоҳ бунга қодирдир. Аллоҳ кечирувчи ва раҳиймлидир.Alauddin Mansour: Ehtimol Alloh sizlar bilan (Makka kofirlari orasidagi) sizlar dushmanlashib yurgan kimsalar oʻrtasida — (ularni ham iymon va Islomga muvaffaq qilish bilan) — bir doʻstlikni paydo qilib qoʻyar. Alloh (barcha ishga) qodirdir. Alloh magʻfiratli, mehribondir.Эҳтимол Аллоҳ сизлар билан (Макка кофирлари орасидаги) сизлар душманлашиб юрган кимсалар ўртасида — (уларни ҳам иймон ва Исломга муваффақ қилиш билан) — бир дўстликни пайдо қилиб қўяр. Аллоҳ (барча ишга) қодирдир. Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир.
Alloh taolodan «shoyadki» kalimasi sodir boʻlsa, albatta, voqelikda sodir boʻlishi shart.
«Shoyadki, Alloh sizlar bilan ular ichidagi dushmanlaringiz oʻrtasida doʻstlik paydo qilsa, Alloh bunga qodirdir.»
Bu vaʼda Makkai Mukarrama fath boʻlishi bilan amalga oshdi. Mushriklar toʻp-toʻp boʻlib Allohning diniga kirdilar va musulmonlar bilan doʻst-birodar boʻldilar. Qalblaridagi dushmanlik tuygʻulari ham koʻtarildi.
«Alloh kechiruvchi va rahiymlidir.»
Bu oyati karima Qurʼoni Karimning moʻʼjizalaridan biridir. Ushbu oyat tushgandan hech qancha vaqt oʻtmay unda aytilgan xabar hayotda sodir boʻldi.
Keyingi oyatda Alloh taolo boshqa dindagilar bilan boʻladigan aloqalarning bayonini qiladi: