لَّا يَنْهَىٰكُمُ ٱللَّهُ عَنِ ٱلَّذِينَ لَمْ يُقَـٰتِلُوكُمْ فِى ٱلدِّينِ وَلَمْ يُخْرِجُوكُم مِّن دِيَـٰرِكُمْ أَن تَبَرُّوهُمْ وَتُقْسِطُوٓا۟ إِلَيْهِمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُقْسِطِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizlarni diniy urush qilmagan va diyorlaringizdan quvib chiqarmaganlarga yaxshilik va adolat qilishdan qaytarmas. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni yaxshi ko`radir.Аллоҳ сизларни диний уруш қилмаган ва диёрларингиздан қувиб чиқармаганларга яхшилик ва адолат қилишдан қайтармас. Албатта, Аллоҳ адолат қилувчиларни яхши кўрадир.Alauddin Mansour: Alloh sizlarni dinlaringiz toʻgʻrisida sizlar bilan urushmagan va sizlarni oʻz diyorlaringizdan haydab chiqarmagan kimsalardan — ularga yaxshilik qilishlaringizdan va ularga adolatli boʻlishlaringizda qaytarmas. Albatta Alloh adolat qilguvchilarni sevar.Аллоҳ сизларни динларингиз тўғрисида сизлар билан урушмаган ва сизларни ўз диёрларингиздан ҳайдаб чиқармаган кимсалардан — уларга яхшилик қилишларингиздан ва уларга адолатли бўлишларингизда қайтармас. Албатта Аллоҳ адолат қилгувчиларни севар.
Alloh taolo bu oyati karimada moʻmin-musulmonlarni boshqa millat va diyonat vakillari bilan, agar ular musulmonlarga diniy adovat ila urush qilmasa va ularni siquvga olib oʻz diyorlaridan chiqarib yuborishga urinmasa, yaxshi aloqada boʻlishga buyurmoqda va ularga nisbatan adolatli boʻlishni taʼkidlamoqda. Ha, ey musulmonlar,
«Alloh sizlarni diniy urush qilmagan va diyorlaringizdan quvib chiqarmaganlarga yaxshilik va adolat qilishdan qaytarmas».
Ushbu hukm Islom dinining naqadar insonparvar va kengbagʻir din ekanining yorqin dalilidir. Bu din boshqa dindagilarga yaxshilik va adolat qilishdan hech kimni manʼ qilmaydi.
«Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni yaxshi koʻradir.»
Bunday ulugʻvor hukmni oʻzga tuzum va dinlar joriy eta olmaganlar.