إِنَّمَا يَنْهَىٰكُمُ ٱللَّهُ عَنِ ٱلَّذِينَ قَـٰتَلُوكُمْ فِى ٱلدِّينِ وَأَخْرَجُوكُم مِّن دِيَـٰرِكُمْ وَظَـٰهَرُوا۟ عَلَىٰٓ إِخْرَاجِكُمْ أَن تَوَلَّوْهُمْ ۚ وَمَن يَتَوَلَّهُمْ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّـٰلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh sizlarni diniy urush qiluvchilar, diyoringizdan chiqaruvchilar va chiqarilishingizga yordam berganlarga do`stlik qilishdan qaytaradir. Ularni do`st tutganlar zolim kishilardir.Албатта, Аллоҳ сизларни диний уруш қилувчилар, диёрингиздан чиқарувчилар ва чиқарилишингизга ёрдам берганларга дўстлик қилишдан қайтарадир. Уларни дўст тутганлар золим кишилардир.Alauddin Mansour: Alloh sizlarni faqat dinlaringiz toʻgʻrisida sizlar bilan urushgan va sizlarni oʻz diyorlaringizdan haydab chiqargan hamda sizlarni haydab chiqarishda bir-birlariga yordamlashgan kimsalardan — ular bilan doʻstlashishlaringizdan qaytarur. Kimki ular doʻstlashsa, bas, ana oʻshalar zolim kimsalarning oʻzidir.Аллоҳ сизларни фақат динларингиз тўғрисида сизлар билан урушган ва сизларни ўз диёрларингиздан ҳайдаб чиқарган ҳамда сизларни ҳайдаб чиқаришда бир-бирларига ёрдамлашган кимсалардан — улар билан дўстлашишларингиздан қайтарур. Кимки улар дўстлашса, бас, ана ўшалар золим кимсаларнинг ўзидир.
Ammo, kimki musulmonlarga diniy adovat tufayli urush ochsa, ularni diyorlaridan chiqarsa yoki dushmanlariga ularni diyorlaridan chiqarishda yordam bersa, albatta, unday kishilarni doʻst tutib boʻlmaydi.
«Albatta, Alloh sizlarni diniy urush qiluvchilar, diyoringizdan chiqaruvchilar va chiqarilishingizga yordam berganlarga doʻstlik qilishdan qaytaradir.»
Bu ham ayni adolatdir. Chunki, hech qachon, hech kim oʻzi uchun eng aziz narsa boʻlgan dinidan qaytarishga uringan va u bilan jang qilgan odamga doʻstlik qila olmaydi.
Hech kim, hech qachon, oʻzini aziz diyoridan chiqarib yuborgan yoki chiqarilishiga yordam qilgan odamga doʻstlik qila olmaydi.
«Ularni doʻst tutganlar zolim kishilardir.»
Oʻz diniga qarshi u bilan jang qilgan odamni doʻst tutganlar zolim boʻlmasa, kim zolim boʻlar edi!
Oʻzini aziz diyoridan chiqarib yuborgan yoki chiqarilishiga yordam qilgan odamni doʻst tutganlar zolim boʻlmasa, kim zolim boʻlar edi!.
Soʻngra, Qurʼoni Karim Islom diyoriga kofir erini tark etib, koʻchib kelgan musulmon ayollarning hukmini bayon qiladi.
Ammo oyati karimaning tafsiriga oʻtishdan avval uning nozil boʻlishiga sabab boʻlgan voqealar, jamiyatdagi oʻzgarishlar va boshqa jarayonlarni oʻrganib chiqsak, yaxshi boʻladi.
Hudaybiya degan joyda musulmonlar va Makka mushriklari oʻrtasida sulh tuzilgan edi. Bu sulh tarixda «Hudaybiya sulhi» nomi bilan mashhur. Mazkur sulh bir necha banddan iborat boʻlib, sirtdan mushriklar foydasiga, musulmonlar zarariga boʻlib koʻrinar edi. Jumladan, sulhning bir bandida: «Agar bizdan senga (Ey Muhammad) biror kishi borsa (sening diningda boʻlsa ham), bizga qaytarasan», deyilgan edi. Boshqa bandlar qatori bu bandga ham amal qilinib turildi. Lekin vaqt oʻtishi bilan yangi masala paydo boʻldi. Mushriklar tarafdan ayol kishilar Islomni qabul etib, hijrat qilib Makkadan Madiynaga kela boshladilar. Sulhda ayollar zikr qilinmagan edi. Umumiy bandga binoan ularni ham erkaklarga oʻxshab qaytarib yuborishga imkon yoʻq. Chunki, ayol kishilar nozik, qiynoqlarga chiday olmaydilar.
Ummu Gulsum Binti Uqba ismli ayol Makkadan Madiynaga hijrat qilib kelganda, uning akalari Ammora bilan Valid Paygʻambar alayhissalomning huzurlariga kelib, uni qaytarishni talab qilishadi. Shunda Alloh taolo ushbu oyatni tushirib, bu masaladagi barcha hukmlarni bayon qilgan.