QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mumtahanah surasi · Oyatсураси · Оят10

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا جَآءَكُمُ ٱلْمُؤْمِنَـٰتُ مُهَـٰجِرَٰتٍ فَٱمْتَحِنُوهُنَّ ۖ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِإِيمَـٰنِهِنَّ ۖ فَإِنْ عَلِمْتُمُوهُنَّ مُؤْمِنَـٰتٍ فَلَا تَرْجِعُوهُنَّ إِلَى ٱلْكُفَّارِ ۖ لَا هُنَّ حِلٌّ لَّهُمْ وَلَا هُمْ يَحِلُّونَ لَهُنَّ ۖ وَءَاتُوهُم مَّآ أَنفَقُوا۟ ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ أَن تَنكِحُوهُنَّ إِذَآ ءَاتَيْتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ ۚ وَلَا تُمْسِكُوا۟ بِعِصَمِ ٱلْكَوَافِرِ وَسْـَٔلُوا۟ مَآ أَنفَقْتُمْ وَلْيَسْـَٔلُوا۟ مَآ أَنفَقُوا۟ ۚ ذَٰلِكُمْ حُكْمُ ٱللَّهِ ۖ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Agar sizlarga mo`minalar hijrat qilib kelsalar, ularni imtihon qilib ko`ringlar. Alloh ularning iymonini bilguvchidir. Bas, mo`minaliklarini bilsangiz, ularni kofirlarga qaytarib yubormang. Bu(ayol)lar ularga halol emas va ular ham bularga halol bo`lmaslar. Va u(kofir)larga nafaqa qilgan narsalarini beringlar. Va agar u(ayol)larni mahrlarini berib, nikohlab olsangizlar, sizlarga gunoh bo`lmas. Kofir xotinlaringizni nikohlaringizda ushlab turmanglar. Nafaqa qilgan narsalaringizni so`ranglar, ular ham nafaqa qilgan narsalarini so`rasinlar. Bu, sizlarga Allohning hukmidir. U, orangizda hukm qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatlidir.Эй, иймон келтирганлар! Агар сизларга мўминалар ҳижрат қилиб келсалар, уларни имтиҳон қилиб кўринглар. Аллоҳ уларнинг иймонини билгувчидир. Бас, мўминаликларини билсангиз, уларни кофирларга қайтариб юборманг. Бу(аёл)лар уларга ҳалол эмас ва улар ҳам буларга ҳалол бўлмаслар. Ва у(кофир)ларга нафақа қилган нарсаларини беринглар. Ва агар у(аёл)ларни маҳрларини бериб, никоҳлаб олсангизлар, сизларга гуноҳ бўлмас. Кофир хотинларингизни никоҳларингизда ушлаб турманглар. Нафақа қилган нарсаларингизни сўранглар, улар ҳам нафақа қилган нарсаларини сўрасинлар. Бу, сизларга Аллоҳнинг ҳукмидир. У, орангизда ҳукм қиладир. Аллоҳ билгувчи ва ҳикматлидир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, qachon sizlarga (Makka kofirlarining qoʻli ostida qolgan) moʻminalar hijrat qilib kelsalar, sizlar ular(ning iymonlari)ni imtihon qilib koʻringlar (yaʼni, ular oʻz erlarini yomon koʻrib yoki sizlardan birontangizga ishqi tushib qolgani uchun emas, balki faqat dini Islom uchun hijrat qilganlari haqida sizlarga qasam ichsinlar). — Alloh ularning (dillaridagi) iymonlarini (ham) juda yaxshi bilguvchidir. — Bas, agar sizlar ularning (haqiqiy) moʻmina ekanliklarini bilsangizlar, u holda ularni kofirlarga qaytarmanglar! U moʻminalar (kofirlar) uchun ham halol emas va u (kofir)lar (moʻmina)lar uchun halol emasdir, va ularga (yaʼni, sizlarning oldingizda qolgan moʻminalarning Makkada qolgan kofir erlariga mana shu xotinlari uchun) sarflagan mahrlarini (qaytarib) beringlar. Qachon sizlar u (moʻminalarning er)lariga mahrlarini bersangizlar, sizlarga ularni nikohlaringizga olishda biron gunoh yoʻqdir. (Shuningdek) sizlar ham kofiralarning bilak-qoʻllaridan ushlamanglar (yaʼni, sizlarning xotinlaringiz kofira boʻlgan hollarida kofirlar bilan qolishni istasa, sizlar ularning yoʻllarini toʻsib nikohlaringizda saqlamanglar, balki ularga uylanmoqchi boʻlgan kofirlardan) oʻzlaringiz sarflagan mahrni talab qilinglar va ular ham (oʻzlarining nikohidan chiqqan va musulmonlarning oldiga hijrat qilib ketgan moʻminalarga) talab qilsinlar. Bu Allohning hukmidir. U sizlarning oʻrtangizda hukm qilur. Alloh bilguvchi va hikmat Sohibidir.Эй мўминлар, қачон сизларга (Макка кофирларининг қўли остида қолган) мўминалар ҳижрат қилиб келсалар, сизлар улар(нинг иймонлари)ни имтиҳон қилиб кўринглар (яъни, улар ўз эрларини ёмон кўриб ёки сизлардан биронтангизга ишқи тушиб қолгани учун эмас, балки фақат дини Ислом учун ҳижрат қилганлари ҳақида сизларга қасам ичсинлар). — Аллоҳ уларнинг (дилларидаги) иймонларини (ҳам) жуда яхши билгувчидир. — Бас, агар сизлар уларнинг (ҳақиқий) мўмина эканликларини билсангизлар, у ҳолда уларни кофирларга қайтарманглар! У мўминалар (кофирлар) учун ҳам ҳалол эмас ва у (кофир)лар (мўмина)лар учун ҳалол эмасдир, ва уларга (яъни, сизларнинг олдингизда қолган мўминаларнинг Маккада қолган кофир эрларига мана шу хотинлари учун) сарфлаган маҳрларини (қайтариб) беринглар. Қачон сизлар у (мўминаларнинг эр)ларига маҳрларини берсангизлар, сизларга уларни никоҳларингизга олишда бирон гуноҳ йўқдир. (Шунингдек) сизлар ҳам кофираларнинг билак-қўлларидан ушламанглар (яъни, сизларнинг хотинларингиз кофира бўлган ҳолларида кофирлар билан қолишни истаса, сизлар уларнинг йўлларини тўсиб никоҳларингизда сақламанглар, балки уларга уйланмоқчи бўлган кофирлардан) ўзларингиз сарфлаган маҳрни талаб қилинглар ва улар ҳам (ўзларининг никоҳидан чиққан ва мусулмонларнинг олдига ҳижрат қилиб кетган мўминаларга) талаб қилсинлар. Бу Аллоҳнинг ҳукмидир. У сизларнинг ўртангизда ҳукм қилур. Аллоҳ билгувчи ва ҳикмат Соҳибидир.

550-sahifa · 28-juz · 55-hizb550-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَoʻshalarўшаларءَامَنُوٓا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларإِذَاqachonkiқачонкиجَآءَكُمُsizlarga kelsalarсизларга келсаларٱلْمُؤْمِنَـٰتُmoʻminalarмўминаларمُهَـٰجِرَٰتٍۢhijrat qilibҳижрат қилибفَٱمْتَحِنُوهُنَّ ۖbas, ularni imtihon qilinglarбас, уларни имтиҳон қилингларٱللَّهُAllohАллоҳأَعْلَمُyaxshi bilguvchidirяхши билгувчидирبِإِيمَـٰنِهِنَّ ۖularning iymoniniуларнинг иймониниفَإِنْbas, agarбас, агарعَلِمْتُمُوهُنَّularni bilsangizуларни билсангизمُؤْمِنَـٰتٍۢmoʻminalar debмўминалар дебفَلَاbas, emasбас, эмасتَرْجِعُوهُنَّularni qaytarib yubormanglarуларни қайтариб юбормангларإِلَى-ga-гаٱلْكُفَّارِ ۖkofirlarкофирларلَاemasэмасهُنَّular (ayollar)улар (аёллар)حِلٌّۭhalolҳалолلَّهُمْulargaуларгаوَلَاva emasва эмасهُمْular (erkaklar)улар (эркаклар)يَحِلُّونَhalol boʻlarlarҳалол бўларларلَهُنَّ ۖu(ayol)largaу(аёл)ларгаوَءَاتُوهُمva ularga beringlarва уларга берингларمَّآnarsaniнарсаниأَنفَقُوا۟ ۚular nafaqa qilganулар нафақа қилганوَلَاva emasва эмасجُنَاحَgunohгуноҳعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаأَنagarагарتَنكِحُوهُنَّularni nikohlasangizуларни никоҳласангизإِذَآqachonkiқачонкиءَاتَيْتُمُوهُنَّularga bersangizуларга берсангизأُجُورَهُنَّ ۚmahrlariniмаҳрлариниوَلَاva emasва эмасتُمْسِكُوا۟ushlab turmanglarушлаб турмангларبِعِصَمِnikoh rishtalariniникоҳ ришталариниٱلْكَوَافِرِkofir ayollarningкофир аёлларнингوَسْـَٔلُوا۟va soʻranglarва сўрангларمَآnarsaniнарсаниأَنفَقْتُمْsiz nafaqa qilganсиз нафақа қилганوَلْيَسْـَٔلُوا۟va ular soʻrasinlarва улар сўрасинларمَآnarsaniнарсаниأَنفَقُوا۟ ۚular nafaqa qilganулар нафақа қилганذَٰلِكُمْana shuана шуحُكْمُhukmidirҳукмидирٱللَّهِ ۖAllohningАллоҳнингيَحْكُمُhukm qiladirҳукм қиладирبَيْنَكُمْ ۚorangizdaорангиздаوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳعَلِيمٌbilguvchidirбилгувчидирحَكِيمٌۭhikmatlidirҳикматлидир
TafsirТафсир

Dushman tarafdan kelgan har bir kishini ham quchoq ochib kutib olinavermaydi. Chunki, dushman josus yuborishi ham mumkin. Shuning uchun, Alloh taolo imtihon qilib koʻrishni amr qilmoqda.

«Ey, iymon keltirganlar! Agar sizlarga moʻminalar hijrat qilib kelsalar, ularni imtihon qilib koʻringlar.»

Iymon daʼvosi bilan oʻzining shaxsiy manfaatlarini koʻzlovchilar doimo boʻlganlar. Shuning uchun ham, imtihon qilishda quyidagi jihatlar eʼtiborga olingan. Abu Nasrdan qilingan rivoyatda, Ibn Abbos «Rasululloh ayollarni qanday imtihon qilganlar?» degan savolga, «Allohga qasamki, erimni yomon koʻrib chiqqanim yoʻq», «Allohga qasamki, yer-joyga ragʻbat qilib chiqqanim yoʻq», «Allohga qasamki, mol-dunyo orzusida chiqqanim yoʻq», «Allohga qasamki, faqat Allohga va Paygʻambarga muhabbat qilib chiqdim», deb aytishlarini soʻrab imtihon qilganlar», deb javob bergan ekanlar.

Demak, shaxsiy iqror va Allohning nomi bilan qasam ichish imtihon hisoblanar ekan. Banda oʻzi koʻrib-eshitib turgan narsalarga qarab hukm chiqaraveradi. Aslini, kishining dilidagisini faqat Alloh biladi. Shuning uchun ham, jumla davomida:

«...Alloh ularning iymonini bilguvchidir», deyiladi.

Imtihondan oʻtganlar kofirlarga qaytarib yuborilmaydilar.

«Bas, moʻminaliklarini bilsangiz, ularni kofirlarga qaytarib yubormang. Bu(ayol)lar ularga halol emas va ular ham bularga halol boʻlmaslar.»

Chunki, shartnomada ayollar alohida qayd qilinmagan. Muslima ayol kofir erini tark etib hijrat qilib kelganda, er unga bergan mahrini talab qilishi mumkin, bunday holat yuzaga kelsa, nima qilinadi?

«Va u(kofir)larga nafaqa qilgan narsalarini beringlar.»

Adolat yuzasidan, musulmonlar unga mahrini qaytarib beradilar. Ora ochiq boʻlgandan soʻng, moʻmin-musulmonlardan birortasi u ayolga mahrini berib uylanib olsa, boʻladi.

«Va agar u(ayol)larni mahrlarini berib, nikohlab olsangizlar, sizlarga gunoh boʻlmas.»

Muslima ayollarning eri mushrik boʻlsa, muomala qanday boʻlishining bayoni oʻtdi. Hayotda uning aksi, yaʼni musulmon erkakning xotini mushrika boʻlishi ham mumkin edi. Islom yangi kelgan paytda bunaqa holatlar koʻp uchrardi. Bir oilada ota musulmon boʻlib, farzand mushrik yoki uning aksi, er musulmon boʻlib, xotin mushrika yoki, aksincha, ayol muslima boʻlib, eri mushrik boʻlardi. Ayni chogʻda, hammalari birga yashab yurishaverardi. Islom jamiyati shakllanib, musulmonlar alohida davlatda yashay boshlab, mushriklar goh urushlar qilib, goh sulhlar tuzilib, xullas, xalqaro aloqalar rivojlanib borgan sari yangidan-yangi muammolar, savollar chiqa boshladi. Masalan, er musulmon boʻlsa-yu, xotin mushrika boʻlsa, nima boʻladi, degan savol. Bunga javob ushbu oyatda tushdi:

«Kofir xotinlaringizni nikohlaringizda ushlab turmanglar».

Ushbu oyati karima tushguncha musulmonlardan baʼzilari mushrika xotinlari bilan birga yashayotgan edilar. Oyat tushgandan soʻng, ularni taloq qildilar. Bunday holatda, yaʼni musulmon kishi mushrika ayoli bilan ajrashadigan boʻlsa, bergan mahrini qaytarib olishi5–3733 mumkinligi, shuningdek, muslima xotin mushrik eridan ajrashib, oʻz dindoshlariga qoʻshilib ketsa, olgan mahrini qaytarib berishi lozimligining bayoni kelishi shundan:

«Nafaqa qilgan narsalaringizni soʻranglar, ular ham nafaqa qilgan narsalarini soʻrasinlar».

Bu hukmlar oddiy hukmlar emas, balki Alloh taoloning hukmi ekanligi, Alloh hamma narsani biluvchi Zot ekanligi va dunyoni faqat hikmat bilan tasarruf qilishi oyat oxirida taʼkidlanadi.

«Bu, sizlarga Allohning hukmidir. U, orangizda hukm qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatlidir.»

Kelasi oyatda ham oʻtgan oyatdagi masalalarning davomi bayon etiladi.