وَإِن فَاتَكُمْ شَىْءٌ مِّنْ أَزْوَٰجِكُمْ إِلَى ٱلْكُفَّارِ فَعَاقَبْتُمْ فَـَٔاتُوا۟ ٱلَّذِينَ ذَهَبَتْ أَزْوَٰجُهُم مِّثْلَ مَآ أَنفَقُوا۟ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ٱلَّذِىٓ أَنتُم بِهِۦ مُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ayollaringizdan birortasi kofirlarga o`tib ketsa, urushda tushirilgan o`ljadan xotini ketib qolganga u nafaqa qilgan miqdorni beringiz. O`zingiz iymon keltirgan Allohdan qo`rqing.Агар аёлларингиздан бирортаси кофирларга ўтиб кетса, урушда туширилган ўлжадан хотини кетиб қолганга у нафақа қилган миқдорни берингиз. Ўзингиз иймон келтирган Аллоҳдан қўрқинг.Alauddin Mansour: Agar juftlaringizdan birontasi kofirlar tomonga oʻtib ketsa-yu, (ammo ular oʻsha xotin uchun berilgan mahrni uning eriga qaytarib bermasalar) soʻng sizlar oʻch olsangizlar (yaʼni, u kofirlar bilan urushib gʻalaba qilsangizlar va oʻljalar olsangizlar) u holda (oʻsha oʻljalardan) juftlari (kofirlar tomonga oʻtib) ketgan kishilarga ular sarflagan mahr miqdorini beringlar! Va oʻzlaringiz iymon keltirguvchi boʻlgan — Allohdan qoʻrqinglar!Агар жуфтларингиздан биронтаси кофирлар томонга ўтиб кетса-ю, (аммо улар ўша хотин учун берилган маҳрни унинг эрига қайтариб бермасалар) сўнг сизлар ўч олсангизлар (яъни, у кофирлар билан урушиб ғалаба қилсангизлар ва ўлжалар олсангизлар) у ҳолда (ўша ўлжалардан) жуфтлари (кофирлар томонга ўтиб) кетган кишиларга улар сарфлаган маҳр миқдорини беринглар! Ва ўзларингиз иймон келтиргувчи бўлган — Аллоҳдан қўрқинглар!
Bu oyati karima avvalgi oyatning uzviy davomi boʻlib, yangi bir holatda paydo boʻlgan masalani hal qiladi. Musulmon kishining xotini dindan qaytib, murtad boʻlib, kofirlar tarafga oʻtib ketsa, nima qilish kerak?
«Agar ayollaringizdan birortasi kofirlarga oʻtib ketsa, urushda tushirilgan oʻljadan xotini ketib qolganga u nafaqa qilgan miqdorni beringiz.»
Demak, xotin murtad boʻlib mushriklar tomonga oʻtib ketsa, uning eriga kofirlar bilan boʻlgan urushda tushgan oʻljadan oʻsha er xotiniga qancha mahr bergan boʻlsa, oʻshancha miqdorda mol berish kerak ekan.
Shu bilan birga, bu ishlar oʻta aniqlik bilan, hech kimga zarracha zulm boʻlmasligini eʼtiborga olib qilinishi lozim.
«Oʻzingiz iymon keltirgan Allohdan qoʻrqing.»
Ha, Allohdan qoʻrqilmasa, U zotga taqvo qilinmasa, odamlarga nisbatan zulm sodir boʻlishi turgan gap.
Shundan soʻng Qurʼoni Karim Islom dinida ayol kishining tutgan oʻrni haqidagi oyatlardan birini keltiradi. Diniy ishlarda ayolning er kishilarga oʻxshash oʻz oʻrni bor. Paygʻambar alayhissalom er kishilardan ahdnoma olardilar. Xuddi shuningdek, ayol kishilardan ham bayʼat(ahdnoma) olardilar. Erkaklardan olinadigan ahdnoma oʻziga xos, ayollardan olinadigani oʻziga xos boʻlardi. Kelgusi oyatda ayollardan olinadigan bayʼat(ahdnoma) haqida soʻz ketadi. Bu, hozirgi zamonning davlat boshligʻiga ahd berishga oʻxshagan narsa. Oʻsha paytda hech bir tuzum va din ayollarga bunchalik erkinlik va huquq bermagan edi.