QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mumtahanah surasi · Oyatсураси · Оят12

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ إِذَا جَآءَكَ ٱلْمُؤْمِنَـٰتُ يُبَايِعْنَكَ عَلَىٰٓ أَن لَّا يُشْرِكْنَ بِٱللَّهِ شَيْـًٔا وَلَا يَسْرِقْنَ وَلَا يَزْنِينَ وَلَا يَقْتُلْنَ أَوْلَـٰدَهُنَّ وَلَا يَأْتِينَ بِبُهْتَـٰنٍ يَفْتَرِينَهُۥ بَيْنَ أَيْدِيهِنَّ وَأَرْجُلِهِنَّ وَلَا يَعْصِينَكَ فِى مَعْرُوفٍ ۙ فَبَايِعْهُنَّ وَٱسْتَغْفِرْ لَهُنَّ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Nabiy! Agar mo`minalar senga Allohga hech narsani shirk keltirmaslik, o`g`rilik qilmaslik, zino qilmaslik, bolalarini o`ldirmaslik, qo`llari va oyoqlari orasidan bo`hton to`qib keltirmaslik va senga yaxshilik ishda isyon qilmaslikka bay'at qilib kelsalar, ularning bay'atini qabul qil. Va Allohdan ularning gunohini kechishni so`ra. Albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi va mehribondir.Эй Набий! Агар мўминалар сенга Аллоҳга ҳеч нарсани ширк келтирмаслик, ўғрилик қилмаслик, зино қилмаслик, болаларини ўлдирмаслик, қўллари ва оёқлари орасидан бўҳтон тўқиб келтирмаслик ва сенга яхшилик ишда исён қилмасликка байъат қилиб келсалар, уларнинг байъатини қабул қил. Ва Аллоҳдан уларнинг гуноҳини кечишни сўра. Албатта, Аллоҳ гуноҳларни кечирувчи ва меҳрибондир.Alauddin Mansour: Ey paygʻambar, qachon sizning oldingizga moʻminalar kelishib, sizga oʻzlarining Allohga biron narsani sherik qilmasliklariga, oʻgʻirlik qilmasliklariga, zino qilmasliklariga, (kambagʻallik yoki sharmanda boʻlishdan qoʻrqib) oʻz bolalarini oʻldirmasliklariga va qoʻl-oyoqlari oʻrtasida toʻqib oladigan boʻhtonni qilmasliklariga (yaʼni, farzandsizlik sababli oʻz erlaridan ajralib qolmaslik uchun biron tashlandiq bolani topib, goʻyo u qoʻl-oyoqlari oʻrtasidan chiqqandek, yaʼni oʻzlari tuqqandek erlariga «Mana shu bola sendan boʻldi», deb boʻhton qilmaslikka) hamda biron yaxshi ishda sizga itoatsizlik qilmasliklariga qasamyod qilsalar, siz ularning qasamyodlarini qabul qiling va ular uchun Allohdan magʻfirat soʻrang! Albatta Alloh magʻfiratli, mehribondir.Эй пайғамбар, қачон сизнинг олдингизга мўминалар келишиб, сизга ўзларининг Аллоҳга бирон нарсани шерик қилмасликларига, ўғирлик қилмасликларига, зино қилмасликларига, (камбағаллик ёки шарманда бўлишдан қўрқиб) ўз болаларини ўлдирмасликларига ва қўл-оёқлари ўртасида тўқиб оладиган бўҳтонни қилмасликларига (яъни, фарзандсизлик сабабли ўз эрларидан ажралиб қолмаслик учун бирон ташландиқ болани топиб, гўё у қўл-оёқлари ўртасидан чиққандек, яъни ўзлари туққандек эрларига «Мана шу бола сендан бўлди», деб бўҳтон қилмасликка) ҳамда бирон яхши ишда сизга итоатсизлик қилмасликларига қасамёд қилсалар, сиз уларнинг қасамёдларини қабул қилинг ва улар учун Аллоҳдан мағфират сўранг! Албатта Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир.

551-sahifa · 28-juz · 55-hizb551-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلنَّبِىُّNabiy!Набий!إِذَاagarагарجَآءَكَsenga kelsalarсенга келсаларٱلْمُؤْمِنَـٰتُmoʻminalarмўминаларيُبَايِعْنَكَsenga bayʼat qilibсенга байъат қилибعَلَىٰٓ-ga-гаأَن(shuki)(шуки)لَّاemasэмасيُشْرِكْنَshirk keltirurlarширк келтирурларبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаشَيْـًۭٔاhech narsaniҳеч нарсаниوَلَاva emasва эмасيَسْرِقْنَoʻgʻrilik qilurlarўғрилик қилурларوَلَاva emasва эмасيَزْنِينَzino qilurlarзино қилурларوَلَاva emasва эмасيَقْتُلْنَoʻldirurlarўлдирурларأَوْلَـٰدَهُنَّbolalariniболалариниوَلَاva emasва эмасيَأْتِينَkeltirurlarкелтирурларبِبُهْتَـٰنٍۢboʻhton ilaбўҳтон илаيَفْتَرِينَهُۥoʻzlari toʻqib olganўзлари тўқиб олганبَيْنَorasidanорасиданأَيْدِيهِنَّqoʻllariқўллариوَأَرْجُلِهِنَّva oyoqlariва оёқлариوَلَاva emasва эмасيَعْصِينَكَsenga isyon qilurlarсенга исён қилурларفِى-da-даمَعْرُوفٍۢ ۙyaxshilik ishdaяхшилик ишдаفَبَايِعْهُنَّbas, bayʼatlarini qabul qilбас, байъатларини қабул қилوَٱسْتَغْفِرْva kechishni soʻraва кечишни сўраلَهُنَّular uchunулар учунٱللَّهَ ۖAllohdanАллоҳданإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳغَفُورٌۭgunohlarni kechiruvchiгуноҳларни кечирувчиرَّحِيمٌۭmehribondirмеҳрибондир
TafsirТафсир

Bayʼat berish Islom rahbariga oʻzining sodiqligini bayon qilib vaʼda berishdir. Bu ish Islomda nihoyatda muhim tadbir hisoblanadi.

Paygʻambar alayhissalom avvallari erkak musulmonlardan bayʼat olgan edilar. Ayollardan esa, ushbu oyat tushgandan soʻng ola boshlaganlar.

Imom Ahmad ibn Hanbal Umayma binti Roqiyqa ismli ayoldan rivoyat qiladilar: «Rasulullohning huzurlariga ayollar bilan bayʼat berishga keldik,–deydi Umayma,–u kishi bizdan Qurʼonda kelgani boʻyicha ahdnoma oldilar. Biz u kishiga: Ey, Allohning Rasuli, biz bilan qoʻl olishmaysizmi?–dedik. U kishi: Men ayollar bilan qoʻl olishmayman, bir ayolga aytgan soʻzim yuz ayolga aytganim,–dedilar. Shuni aytib oʻtish kerakki, Paygʻambar alayhissalom erkak kishilardan qoʻl ushlashib turib bayʼat qabul qilardilar».

«Ey Nabiy! Agar moʻminalar senga Allohga hech narsani shirk keltirmaslik, oʻgʻrilik qilmaslik, zino qilmaslik, bolalarini oʻldirmaslik, qoʻllari va oyoqlari orasidan boʻhton toʻqib keltirmaslik va senga yaxshilik ishda isyon qilmaslikka bayʼat qilib kelsalar, ularning bayʼatini qabul qil.»

Ayollardan eng avvalo,

«Allohga hech narsani shirk keltirmaslik», yaʼni, yagona Allohgagina ibodat va eʼtiqod qilishlik toʻgʻrisida ahdnoma olingan.

«...oʻgʻrilik qilmaslik...»

Keyin esa, ulardan oʻgʻrilik qilmaslik toʻgʻrisida ahdnoma olingan.

«...zino qilmaslik...»

Undan keyin, moʻminalardan zinoga yurmaslik toʻgʻrisida ahdnoma olingan.

«...bolalarini oʻldirmaslik...»

Yana, muslima ayollardan farzandlarini oʻldirmaslik toʻgʻrisida ahdnoma olingan. Islomgacha arablarda qizlarni kichiklik paytida tiriklay koʻmib tashlash odati bor edi. Bu yerda shu narsa koʻzda tutilgan.

«...qoʻllari va oyoqlari orasidan boʻhton toʻqib keltirmaslik...»

Yaʼni, birovdan boʻlgan bolani eriga, sendan boʻlgan, deb aytmaslik toʻgʻrisida. Islomdan avval bunaqa hodisalar uchrab turar edi.

«...…yaxshilik ishda isyon qilmaslik...…»

«Yaxshilik ish» deganda, Allohga toat-ibodat va yaxshi amallar, umuman olganda esa, dinda buyurilgan ishlarni qilish va qaytarilgan ishlarni qilmaslik nazarda tutilgan.

Moʻmina ayollar mazkur narsalarga vaʼda berib bayʼat qilsalargina Paygʻambarimiz alayhissalom ularning bayʼatlarini qabul qilganlar.