يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَوَلَّوْا۟ قَوْمًا غَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ قَدْ يَئِسُوا۟ مِنَ ٱلْـَٔاخِرَةِ كَمَا يَئِسَ ٱلْكُفَّارُ مِنْ أَصْحَـٰبِ ٱلْقُبُورِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Allohning g`azabiga uchragan qavmni do`st tutmanglar. Kofirlar qabr egalaridan umid uzganlaridek, ular ham oxiratdan umid uzganlar.Эй, иймон келтирганлар! Аллоҳнинг ғазабига учраган қавмни дўст тутманглар. Кофирлар қабр эгаларидан умид узганларидек, улар ҳам охиратдан умид узганлар.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, Allohning gʻazabiga duchor boʻlgan qavm bilan doʻst boʻlmanglar! Xuddi barcha kofirlar qabr egalari (yaʼni, oʻliklarning qayta tirilishlari)dan noumid boʻlganlaridek ularning ham Oxiratdan umidlari uzilgandir.Эй мўминлар, Аллоҳнинг ғазабига дучор бўлган қавм билан дўст бўлманглар! Худди барча кофирлар қабр эгалари (яъни, ўликларнинг қайта тирилишлари)дан ноумид бўлганларидек уларнинг ҳам Охиратдан умидлари узилгандир.
Bu oyat suraning soʻnggi oyatidir. Sura qanday amr bilan boshlangan boʻlsa, shunday amr bilan tugamoqda. Yaʼni, tirik kofirlar oʻlganlarning qaytib tirilishidan umid uzganlaridek, Allohning gʻazabiga uchraganlar ham oxirat savobidan umidni uzganlari qayta taʼkidlanyapti.