يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَىٰ تِجَـٰرَةٍ تُنجِيكُم مِّنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Sizlarni alamli azobdan najot toptiruvchi tijoratga dalolat qilaymi?Эй, иймон келтирганлар! Сизларни аламли азобдан нажот топтирувчи тижоратга далолат қилайми?Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, sizlarga alamli azobdan najot beradigan bir «tijorat»ni koʻrsataymi?Эй мўминлар, сизларга аламли азобдан нажот берадиган бир «тижорат»ни кўрсатайми?
Allohga iymon keltirish hayotda Uning yoʻrigʻi–Qurʼoni Karim taʼlimoti asosida yashashni taqozo qiladi. Allohning Rasuli Muhammad alayhissalomga iymon keltirish esa, hayotda u kishidan oʻrnak olib, sunnatlariga amal qilib yashashimizni talab etadi. Shartlardan eng muhimi–Alloh yoʻlida molu jonni tikib jihod qilishdir.
«Jihod» soʻzi jamiyki imkoniyatni ishga solish maʼnosini anglatadi. Shundan kelib chiqadigan boʻlsak, musulmon odam najotga erishmoqchi boʻlsa, oʻzining barcha kuch-quvvati, aql-zakovati va moddiy imkoniyatlarini Alloh yoʻlida, Uning dini uchun sarflashi kerak. Jihod ruhining yoʻqolishi kishilarni hoyi-havasga, oʻtkinchi hayot lazzatlariga berilib ketishlarga, maʼnaviy buzilishlarga olib keladi. Natijada, jamiyat tubanlikka yuz tutadi. Oyatda iymon va jihodning «tijorat» deb nomlanishiga sabab shuki, arablar oʻsha vaqtlarda eng koʻp foyda keltiradigan soha tijorat deb hisoblashardi. Mazkur tijoratning tez keladigan foydalari bor va keyin keladigan foydalari bor.
Keyin keladigan foydalari haqiqiy va afzal boʻlgani uchun kelgusi oyatda avval oʻshalar zikr qilinmoqda.
Ana shunda Alloh taolo