QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saff surasi · Oyatсураси · Оят9

هُوَ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ رَسُولَهُۥ بِٱلْهُدَىٰ وَدِينِ ٱلْحَقِّ لِيُظْهِرَهُۥ عَلَى ٱلدِّينِ كُلِّهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْمُشْرِكُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot O`z Rasulini hidoyat va haq din bilan barcha dinlardan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir. Garchi mushriklar yoqtirmasalar ham.У зот Ўз Расулини ҳидоят ва ҳақ дин билан барча динлардан устун қилиш учун юборган Зотдир. Гарчи мушриклар ёқтирмасалар ҳам.Alauddin Mansour: U (Alloh) Oʻz paygʻambarini hidoyat va haq din bilan — garchi mushriklar istamasalar-da — barcha dinlarga gʻolib qilish uchun yuborgan Zotdir.У (Аллоҳ) Ўз пайғамбарини ҳидоят ва ҳақ дин билан — гарчи мушриклар истамасалар-да — барча динларга ғолиб қилиш учун юборган Зотдир.

552-sahifa · 28-juz · 55-hizb552-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُوَU zotУ зотٱلَّذِىٓ...dirki...диркиأَرْسَلَyubordiюбордиرَسُولَهُۥOʻz RasuliniЎз Расулиниبِٱلْهُدَىٰhidoyat bilanҳидоят биланوَدِينِva diniва диниٱلْحَقِّhaqҳақلِيُظْهِرَهُۥuni ustun qilish uchunуни устун қилиш учунعَلَىustidanустиданٱلدِّينِdinдинكُلِّهِۦbarchasiбарчасиوَلَوْva garchiва гарчиكَرِهَyoqtirmasalarёқтирмасаларٱلْمُشْرِكُونَmushriklarмушриклар
TafsirТафсир

Allohning soʻzi, vaʼdasi haq. Islomni boshqa barcha dinlardan ustun boʻlishi uchun tushirganini ushbu oyat ila xabar bergan ekanmi, shunday boʻlishi muqarrar.

Darhaqiqat, Paygʻambar alayhissalomning vafotlaridan soʻng bu vaʼda amalga oshdi–Islom dunyoga tarqaldi. Bu haqiqat ham Qurʼoni Karimning ulkan moʻʼjizasidir va Muhammad alayhissalomning haq Paygʻambar ekanliklariga yorqin dalildir. Inshoalloh, bu vaʼda oxirigacha roʻyobga chiqadi. Islom barcha dinlardan ustun boʻlib, jahon xalqlarini ikki dunyo saodatiga erishtiradi. Uning haqiqatlari jamiyki insoniyatga yetib borishi uchun esa, avvalo, musulmonlar oʻzlari Islomni toʻgʻri tushunib, hayotlariga tatbiq qilib, soʻngra oʻzgalarga ham yetkazmoqlari lozim.

Iymon gʻolib, Islom ustun boʻlishining bayonini qilib boʻlgandan soʻng, Alloh taolo moʻminlarni azobdan qutqaruvchi va koʻplab yaxshiliklarga yetkazuvchi «tijorat»ga targʻib qiladi.