QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saff surasi · Oyatсураси · Оят8

يُرِيدُونَ لِيُطْفِـُٔوا۟ نُورَ ٱللَّهِ بِأَفْوَٰهِهِمْ وَٱللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْكَـٰفِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Og`izlari bilan Allohning nurini o`chirmoqchi bo`ladilar. Holbuki, Alloh, kofirlar yoqtirmasa ham, o`z nurini tugal etguvchidir.Оғизлари билан Аллоҳнинг нурини ўчирмоқчи бўладилар. Ҳолбуки, Аллоҳ, кофирлар ёқтирмаса ҳам, ўз нурини тугал этгувчидир.Alauddin Mansour: Ular Allohning nurini (yaʼni, Islomni) ogʻizlari (yaʼni, behuda gaplari) bilan oʻchirmoqchi boʻlurlar. Alloh esa, garchi kofirlar istamasalar-da, Oʻz nurini (yaʼni, dinini) toʻla (yaʼni, har tarafga) yoyguvchidir.Улар Аллоҳнинг нурини (яъни, Исломни) оғизлари (яъни, беҳуда гаплари) билан ўчирмоқчи бўлурлар. Аллоҳ эса, гарчи кофирлар истамасалар-да, Ўз нурини (яъни, динини) тўла (яъни, ҳар тарафга) ёйгувчидир.

552-sahifa · 28-juz · 55-hizb552-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يُرِيدُونَistarlarистарларلِيُطْفِـُٔوا۟oʻchirmoqniўчирмоқниنُورَnuriniнуриниٱللَّهِAllohningАллоҳнингبِأَفْوَٰهِهِمْogʻizlari bilanоғизлари биланوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳمُتِمُّtugal etguvchidirтугал этгувчидирنُورِهِۦOʻz nuriniЎз нуриниوَلَوْva garchiва гарчиكَرِهَyoqtirmasalarёқтирмасаларٱلْكَـٰفِرُونَkofirlarкофирлар
TafsirТафсир

Oyatdagi «Allohning nuri»dan murod Islom dinidir. Islom dinini yoʻq qilish uchun urinuvchilarning harakati quyoshning shuʼlasini ogʻiz bilan puflab oʻchirishga harakat qilishga oʻxshaydi. Undaylar qanchalik urinmasin, quyoshni soʻndira olmaganlaridek, Islom nurini ham oʻchira olmaydi.

Paygʻambarimiz alayhissalomga Qurʼoni Karimning birinchi oyati tushgan zamondan to hozirgacha Alloh taoloning dushmanlari Islomga, musulmonlarga qarshi qanchadan-qancha ishlar olib bordilar. Turli usullar va uslublar bilan dinimizga qarshi urushni bir daqiqa ham toʻxtatganlari yoʻq. Bu mashʼum urushni Makka mushriklari boshlagan boʻlsa, soʻng yahudiylar, munofiqlar davom ettirdilar. Keyinroq oʻsha zamonning ikki ulkan imperatorligi–rum va fors qarshi chiqdi. Qarshilar koʻpayib, dunyoning har tarafidan bosh koʻtara boshladilar. Salbchilar, sahyuniylar (sionistlar) musulmonlarga qarshi barcha vahshiyliklarni qildilar va qilmoqdalar. Shunday davr boʻldiki, aziz Islomiy vatanning barcha tuprogʻi mustamlakachilar oyogʻi ostida toptaldi. Lekin oyatda kelganidek:

«Alloh, kofirlar yoqtirmasa ham, oʻz nurini tugal etguvchidir».

Mana, Islom dushmanlarining hammasi oʻtdi, hammasi rasvoi raddi balo boʻldi, ikki dunyosi kuydi va tarixda nomlari yomonlik bilan zikr etiladigan boʻlib qoldi. Lekin Islom yuksakligicha, ulugʻvorligicha qolmoqda, Allohga shukr.

Ushbu oyati karimada siz bilan biz musulmonlarga ulugʻ bashorat bordir. Bu masalada ikki irodaning toʻqnashuvi koʻzga koʻrinmoqda.

Biri–Islom dushmanlarining irodasi.

Ikkinchisi–Alloh taoloning irodasi. Albatta, Allohning irodasi gʻolibligi hammaga maʼlum. Islom istiqbol dinidir.

Buni tushunish uchun kelasi oyatga eʼtibor beraylik. Islom hali kuchsiz, musulmonlar hali juda oz va turli dushmanlar atrofdan oʻrab turgan paytda tushgan bu oyatda Islomning kelgusida butun dinlardan ustun boʻlib, dunyoga tarqalishidan bashorat berilmoqda.