QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saff surasi · Oyatсураси · Оят7

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ وَهُوَ يُدْعَىٰٓ إِلَى ٱلْإِسْلَـٰمِ ۚ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Islomga da'vat qilinib turganida Allohga nisbatan yolg`on to`qigan kimsadan ham zolimroq kishi bormi? Holbuki, Alloh zolimlarni hidoyatga solmas.Исломга даъват қилиниб турганида Аллоҳга нисбатан ёлғон тўқиган кимсадан ҳам золимроқ киши борми? Ҳолбуки, Аллоҳ золимларни ҳидоятга солмас.Alauddin Mansour: Oʻzi Islomga daʼvat qilinayotgan holida, (u daʼvatni qabul qilish oʻrniga) Alloh shaʼniga («U zotning bolasi bor, sheriklari ham bor», deb, yoki Allohning oyat-moʻjizalarini «Bu sehr», deb) yolgʻon toʻqigan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Alloh bunday zolim qavmni hidoyat qilmas!Ўзи Исломга даъват қилинаётган ҳолида, (у даъватни қабул қилиш ўрнига) Аллоҳ шаънига («У зотнинг боласи бор, шериклари ҳам бор», деб, ёки Аллоҳнинг оят-мўьжизаларини «Бу сеҳр», деб) ёлғон тўқиган кимсадан ҳам золимроқ ким бор?! Аллоҳ бундай золим қавмни ҳидоят қилмас!

552-sahifa · 28-juz · 55-hizb552-саҳифа · 28-жуз · 55-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنْva kimва кимأَظْلَمُzolimroqзолимроқمِمَّنِkimsadanкимсаданٱفْتَرَىٰtoʻqiganтўқиганعَلَى-ga nisbatan-га нисбатанٱللَّهِAllohАллоҳٱلْكَذِبَyolgʻonniёлғонниوَهُوَholbuki, uҳолбуки, уيُدْعَىٰٓdaʼvat qilinmoqdaдаъват қилинмоқдаإِلَى-ga-гаٱلْإِسْلَـٰمِ ۚIslomgaИсломгаوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳلَاemasэмасيَهْدِىhidoyatga solurҳидоятга солурٱلْقَوْمَqavmniқавмниٱلظَّـٰلِمِينَzolimlarniзолимларни
TafsirТафсир

Yaʼni, inson Islomga daʼvat qilinsa, ikki dunyoning saodatiga erishtiruvchi dinga chaqirilsa, uni xursandlik bilan qabul qilishning oʻrniga, Allohga nisbatan yolgʻon toʻqisa, haqiqatan, u eng ashaddiy zolim hisoblanadi. Undaylarning Alloh taologa nisbatan toʻqigan yolgʻonlari turlicha boʻladi. Jumladan, Qurʼonni «sehr» yoki «sheʼr» deyishadi, Alloh bizni bunga buyurgani yoʻq, deyishadi, Muhammad Paygʻambar emas, deyishadi va boshqa koʻplab boʻhton va tuhmatlar qoʻllashadi. Alloh taolo esa, bunaqa zolimlarni hidoyatga boshlamaydi. Chunki, gunohkorligi tufayli hidoyatga noloyiq shaxslarni hidoyatga boshlamaslik U zotning sunnatidir. Bu zolimlarning niyati nima oʻzi? Ushbu savolga kelasi oyat javob beradi.