وَإِذْ قَالَ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ يَـٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ إِنِّى رَسُولُ ٱللَّهِ إِلَيْكُم مُّصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَىَّ مِنَ ٱلتَّوْرَىٰةِ وَمُبَشِّرًۢا بِرَسُولٍ يَأْتِى مِنۢ بَعْدِى ٱسْمُهُۥٓ أَحْمَدُ ۖ فَلَمَّا جَآءَهُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ قَالُوا۟ هَـٰذَا سِحْرٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iyso ibn Maryam: «Ey, Bani Isroil, albatta, men o`zimdan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlash va mendan keyin keluvchi Ahmad ismli Rasulning bashoratini berish uchun Alloh sizlarga yuborgan Payg`ambarman», deganini esla. Qachonki u(Ahmad) ularga haq bilan kelgan vaqtda esa, bu ochiq-oydin sehrdir, dedilar.Ийсо ибн Марям: «Эй, Бани Исроил, албатта, мен ўзимдан олдин келган Тавротни тасдиқлаш ва мендан кейин келувчи Аҳмад исмли Расулнинг башоратини бериш учун Аллоҳ сизларга юборган Пайғамбарман», деганини эсла. Қачонки у(Аҳмад) уларга ҳақ билан келган вақтда эса, бу очиқ-ойдин сеҳрдир, дедилар.Alauddin Mansour: Eslang, Iyso binni Maryam: «Ey Bani Isroil, albatta men Allohning sizlarga (yuborgan) paygʻambaridirman. (Men) oʻzimdan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchi va oʻzimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir paygʻambar haqida xushxabar berguvchi boʻlgan holda (yuborildim)», degan edi. Bas, qachonki (Iyso) ularga (oʻzining haq paygʻambar ekanligiga) aniq-ravshan hujjat-moʻʼjizalar keltirgach, ular: «Bu ochiq sehr», dedilar.Эсланг, Ийсо бинни Марям: «Эй Бани Исроил, албатта мен Аллоҳнинг сизларга (юборган) пайғамбаридирман. (Мен) ўзимдан олдинги Тавротни тасдиқлагувчи ва ўзимдан кейин келадиган Аҳмад исмли бир пайғамбар ҳақида хушхабар бергувчи бўлган ҳолда (юборилдим)», деган эди. Бас, қачонки (Ийсо) уларга (ўзининг ҳақ пайғамбар эканлигига) аниқ-равшан ҳужжат-мўъжизалар келтиргач, улар: «Бу очиқ сеҳр», дедилар.
Ushbu oyatda Iyso alayhissalomning oʻz ummatlariga aytgan gaplari muhim gaplar boʻlib, diniy taʼlimotlardagi ulkan masalalarni oʻz ichiga oladi.
«Iyso ibn Maryam: «Ey Bani Isroil, albatta, men oʻzimdan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlash va mendan keyin keluvchi Ahmad ismli Rasulning bashoratini berish uchun Alloh sizlarga yuborgan Paygʻambarman», deganini esla.»
Birinchi masala: «Oʻzimdan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlash uchun...» kelganman, demoqdalar. Masiyhiy dini kitoblarida ham Iyso alayhissalom tilidan: «Men nomusni yoʻq qilish uchun emas, balki toʻldirish uchungina keldim», deyilgan ekan.
Ikkinchi masala: «...va mendan keyin keluvchi Ahmad ismli Rasulning bashoratini berish uchun...» kelganman, demoqdalar. Ahmad Paygʻambarimizning ismlaridir. Ahmad, Muhammad va Mahmud ismlari Paygʻambarimizga nom boʻlib, shukr, maqtov maʼnosini anglatuvchi «hamd» soʻzidan olingandir. Iyso alayhissalomning ushbu bashoratlari Injilda ham kelgan. Yuhanno Injilida: «Agar menga muhabbat qilsalaringiz, vasiyatlarimni tutinglar: men otadan sizlar bilan abadiy sobit boʻlish uchun forqilatni talab qilaman», deyilgan Lekin zamon oʻtishi bilan rohiblar keyingi nashrlarda bu soʻzning oʻrniga boshqa soʻz ishlatadigan boʻlishgan. Zamondoshlarimizdan ustoz Ahmad Najjor gʻarb olimlaridan biri doktor Karlu Nilinudan «Forqilat»ning maʼnosi nima?» deb soʻrasalar, u kishi:
«Rohiblar «mʼazi» deb aytishadi», debdi. Shunda ustoz Najjor:
«Men rohibdan emas, balki yunon tili fan doktori Karlu Nilinudan soʻrayapman», deb rad qilibdilar. Faqat shu gapdan keyingina ajnabiy doktor:
«Bu soʻzning asl maʼnosi «koʻp shukr»–hamd, debdi. Soʻngra ustoz Najjor «Arabcha «hamd» soʻzining «Ahmad» shaklida ishlatilishiga toʻgʻri keladimi?» desalar, doktor Karlu:
«Ha», deb javob qilibdi. Lekin shunchalik bashoratlar boʻlsa ham, «Ahmad», yaʼni Muhammad alayhissalom haq din bilan Paygʻambar boʻlib kelganlarida, ular iymon keltirmadilar. U kishiga cheksiz hurmatsizlik va dushmanliklar qildilar. U zotning Paygʻambarliklarini sehr deb, oʻzlarini sehrgar dedilar.
Uchinchi masala: Iyso alayhissalom oʻz tillari bilan,
«Alloh sizlarga yuborgan Paygʻambarman», demoqdalar, xudoman yoki xudoning oʻgʻliman, deganlari yoʻq. Iyso alayhissalomga kelgan masiyhiy diniga eʼtiqod qiluvchi kishilarning hozirgi aqiydasi boʻyicha, u zot xudo yoki xudoning oʻgʻli hisoblanadi. Bu esa, mutlaqo xato va adashuvdir.
Shuning uchun ham, Alloh taolo kelasi oyatida Islomni qabul qilmaganlarning buzuq niyatlarini fosh qilib, bunday deydi: