وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِۦ يَـٰقَوْمِ لِمَ تُؤْذُونَنِى وَقَد تَّعْلَمُونَ أَنِّى رَسُولُ ٱللَّهِ إِلَيْكُمْ ۖ فَلَمَّا زَاغُوٓا۟ أَزَاغَ ٱللَّهُ قُلُوبَهُمْ ۚ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَـٰسِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Muso o`z qavmiga: «Ey qavmim, Allohning Rasuli ekanimni bilib turib yana nima uchun menga ozor berasiz», deganini esla. Ular (haqdan) burilgan edilar, Alloh ularning qalbini burib qo`ydi. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.Мусо ўз қавмига: «Эй қавмим, Аллоҳнинг Расули эканимни билиб туриб яна нима учун менга озор берасиз», деганини эсла. Улар (ҳақдан) бурилган эдилар, Аллоҳ уларнинг қалбини буриб қўйди. Аллоҳ фосиқ қавмларни ҳидоят қилмас.Alauddin Mansour: Eslang, Muso oʻz qavmiga: «Ey qavmim, nega sizlar men Allohning sizlarga (yuborgan) paygʻambari ekanligimni bilgan hollaringizda menga ozor berursizlar?!», degan edi. Bas, qachonki ular (Haq yoʻlidan) ogʻishgach, Alloh ularning dillarini (hidoyatdan) ogʻdirib qoʻydi. (Zotan), Alloh fosiq-itoatsiz qavmni hidoyat qilmas.Эсланг, Мусо ўз қавмига: «Эй қавмим, нега сизлар мен Аллоҳнинг сизларга (юборган) пайғамбари эканлигимни билган ҳолларингизда менга озор берурсизлар?!», деган эди. Бас, қачонки улар (Ҳақ йўлидан) оғишгач, Аллоҳ уларнинг дилларини (ҳидоятдан) оғдириб қўйди. (Зотан), Аллоҳ фосиқ-итоатсиз қавмни ҳидоят қилмас.
Muso alayhissalomga qavmlari juda koʻp ozorlar yetkazgan. Jumladan: «Bizga Allohning oʻzini koʻrsat», deyishgacha borganlar. Din dushmanlariga qarshi, vatanlarini ozod etish uchun urush qilishga farmon kelganda, ular Muso alayhissalomga: «Sen va Robbing ikkovlaring borib urushinglar, biz bu yerda oʻtirib turamiz» deyishgan. Boshqa millatlarning but va sanamlarini koʻrib, Paygʻambarlari Muso alayhissalomga: «Bizga ham ularning xudolariga oʻxshash xudo qilib ber», deyishgan. Bundan boshqa yana koʻp ozorlar yetkazishgan. Ana oʻsha ozorlar eʼtiboridan,
«Muso oʻz qavmiga: «Ey qavmim, Allohning Rasuli ekanimni bilib turib yana nima uchun menga ozor berasiz», deganini esla».
Bani Isroilning ularni jaholat botqogʻidan, Firʼavnning zulmidan ozod qilish uchun butun vujudi bilan urinayotgan ulugʻ Paygʻambarga muomalalari mana shunaqa boʻlgan.
«Ular (haqdan) burilgan edilar Alloh ularning qalbini burib qoʻydi. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.»
Ular Allohning amrlaridan boʻyin tovlab, sarkashlik qilishgan. Oqibatda Alloh taolo ularning qalblarini hidoyat taʼsir qilmaydigan etib qoʻygan. Chunki, Alloh fosiqlarni hidoyat qilmaydi, balki hidoyat talabida yurgan bandalarini toʻgʻri yoʻlga soladi.
Muso alayhissalom oʻtganidan soʻng, vaqti-soati kelib Alloh taolo Isroil ahliga Iyso alayhissalomni Paygʻambar qilib yubordi: