إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلَّذِينَ يُقَـٰتِلُونَ فِى سَبِيلِهِۦ صَفًّا كَأَنَّهُم بُنْيَـٰنٌ مَّرْصُوصٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh O`z yo`lida xuddi jips binodek bo`lib, safda turib urush qiladiganlarni yaxshi ko`radir.Албатта, Аллоҳ Ўз йўлида худди жипс бинодек бўлиб, сафда туриб уруш қиладиганларни яхши кўрадир.Alauddin Mansour: Albatta Alloh Oʻzining yoʻlida goʻyo tutash binolardek bir safga tizilgan hollarida jihod qiladigan zotlarni sevar.Албатта Аллоҳ Ўзининг йўлида гўё туташ бинолардек бир сафга тизилган ҳолларида жиҳод қиладиган зотларни севар.
Alloh taolo moʻminlar jamiyatining doimo birdam, hamfikr va jipslashgan boʻlishini xohlaydi. Shuning uchun ham, namozni birgalikda, jamoat boʻlib, saflarni jipslashtirib oʻqishga targʻib etilgan. Bu oyatda esa, urushda ham birdam boʻlishga, jipslashib, dushmanni bir jabha boʻlib qarshi olishga buyurmoqda.
Alloh taolo musulmonlarni jipslikda mustahkam binoga oʻxshashga bejiz chorlamayapti. Chunki, binoning devorlari, shifti va boshqa taraflari bir-biriga yaxshi birlashib ketgan boʻlsa, bino oʻzi ham mustahkam boʻladi. Islom jamiyatida ham barcha tabaqalar, toifalar bir- biriga ana shunday kirishib, mustahkamlanishi zarur.
Keyingi oyatlarda urushga sabab boʻlgan holatlar bayon qilinadi. Jumladan, yahudiylar yoʻldan ozib, koʻp buzgʻunchiliklar qilgan edilar. Bu hol urushni keltirib chiqardi. Nasorolar ham yoʻldan adashib, koʻp buzgʻunchiliklar qilgan edilar. Bu ham urushga sabab boʻldi.